Misol 2. Elektr va magnit tebranishlarini boshqarish imkoniyatining paydo boʻlishi radio va televideniyedan ommaviy foydalanishni berdi, bunda axborotni uzatish tezligi yorugʻlik tezligiga borib yetdi; telekanalning oʻtkazuvchanlik qobiliyati telefon kanalining oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan taqqoslanganda taxminan 2000 marta,
qayta ishlash tezligi esa million marta oʻsdi. Axborotning qisqaligi va koʻproq ma’lumotga egaligi ham oshdi.
Misol 3. Eshbi tamoyili ma’lum: tizimning boshqaruvchi ichki tizimi boshqariluvchi ichki tizimga nisbatan tashkil etishning ancha yuqori darajasiga (yoki koʻproq turli-tumanlikka, katta tanlovga) ega boʻlishi kerak. Masalan, firma menejeri firma sotuvchisiga nisbatan koʻproq tayyorgarlikka, yuqoriroq bilimga, yaxshiroq tashkilotchilikka, qarorlar qabul qilishda koʻproq erkinlikka ega boʻlishi kerak. Kichik, oʻrta firmalar, MChJ – turli-tumanlikning, biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishning zaruriy faktoridir, chunki ular ancha dinamik, egiluvchan, bozorga moslashuvchan. Rivojlangan bozor tizimlarida ular katta salmoqqa ega, masalan, AQSh da katta korporatsiyalar hissasi 10% dan katta emas.
Misol 4. Tizimni boshqarishning asosiy vazifalari va masalalari:
Tizimni tashkil qilish – ichki tizimlarni ajratish, ularning oʻzaro harakatining va tizim tasnifining bayoni;
Tizim tabiatini prognozlash;
Tizim maqsadiga erishish uchun zarur boʻlgan (optimal rejalashtirishda yetarli boʻlgan) tizim resurslari va elementlarini, tizim tasnifini rejalashtirish;
Tizimning u, yoki bu kerakli holatiga olib keluvchi resurslarni hisobga olish va nazorat etish.
Tizimni boshqarishning vazifalari va masalalari oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq. Masalan, iqtisodiy tizimda bozorning asosiy boshqaruvchilari - resurslarni prognoz qilmasdan, hisobga olmasdan va nazorat qilmasdan, talab va taklifni tahlil qilmasdan turib toʻla rejalashtirishni amalga oshirib boʻlmaydi. Har qanday davlatning iqtisodiyoti – boshqarish ichki tizimlari har xil tashkil qilingan boʻlsa ham, har xil elementlarga, maqsadlarga, tasnifga, munosabatlarga ega boʻlsa ham, hamma vaqt boshqariladigan tizimdir.
Boshqaruvchi parametrlarni topish va ulardan tizimni boshqarishda foydalanish ham tizim murakkabligini kamaytirishi mumkin. Oʻz navbatida, tizim murakkabligining kamayishi, tizimni toʻlaligicha boshqariladigan qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |