Bog'liq таваккалчилик 5 mavzu ВАР Монте Карло ИЧТБ
Blek-Shoulz modelida nazarda tutilishi lozim bo'lgan omillar. 1) Optsion tugashiga qadar bazaviy aktsiyalarga dividentlar to'lanmaydi. Ko'pgina kompaniyalar o'zlarining aktsionerlariga dividentlar to'lashadi, shu sabali ushbu modelda mazkur omil yuqori darajadagi dividentlar koll optsiolar bo'yicha mukofot qiymatini tushirish yuborishini inobatga olganda juda muhim hisoblanadi. Bu holatda modelga tuzatishlar kiritish uchun oddiy yo'l bu bazaviy aktsiyaning kelgusi qiymatidan diskontlashgan qiymatni ayirish hisoblanadi. 2) Yevropa optsionlarida vaqtinchalik muddatlardan foydalaniladi. Yevropa optsionlari faqatgina o'z muddatini oxirgi kunida amalga oshirilsa, amerika optsionlari amal qilish muddatining hohlagan vaqtida amalga oshirilishi mumkin va bu amerika optsionlarining egiluvchanligini sababli boshqalarga qaraganda jozibaliroq qiladi. Bu cheklov asosiy kamchiliklardan hisoblanmaydi chunki o'z muddatidan oldin amalga oshiriladigan koll optsionlar juda kam hisoblanadi. Bu holat bir qaraganda to'g'ri hisoblanadi chunki siz koll optsionni amalga oshirganizda uni amalga qilish muddatining qolgan qismidagi qiymatidan maxrum qilasiz va faqatgina ichki narx bilan chegaralanasiz. Optsionni amalga oshirishi muddati yaqinlagani sari uning vaqtinchalik qiymati kamayib boradi va ichki qiymat o'sha darajada qoladi. 3) Bozorlar samarali hisoblanishadi. Bu omil odamlar har doim ham bozorning yoki alohida olingan aktsiyaning yo'nalishini oldindan aytib bera olishliligi bilan izohlanadi. Fond bozori xarakati to'xtovsiz xarakat qonuni asosida ishlaydi deb hisoblanadi bunday to'xtovsiz jarayonning mohiyatini tushunish uchun Markov jarayoni bilan tanishish lozim-» t holatdagi kuzatish oldingi holatlardagi kuzatishlar natijasiga bog'liq bo'ladi». Jarayon Markov jarayonidan o'zining vaqt bo'yicha to'xtovsiz xarakat qilishi bilangina farq qiladi. Misol uchun rasm chizish davomiyligi bu qalamni qog'ozdan uzmasdan xarakat qilish demakdir. Aktsiyaning narxiining to'satdan xarakatlanishi Blek-Shoulz modelining asosiy omili hisoblanadi. U bozorning samadorligi nazariyasiga asosan shakllanadi, narxlarning tebranishi investorlarning bilimlari va kutishlarini to'liq ifodalaydi shu sababli trend yoki inertsion aktsiyalar mavjud bo'lmaydi. (trending stock or momentum stock – kuchli inertsion sifatlarga ega bo'lgan aktsiyalar). Bazaviy aktsiyalarning joriy qiymatiga yaqin strayk qiymatga ega bo'lgan optsionlar baholanayotgan bozorda katta miqdorda sotilishi ob'ektiv holat hisoblanadi Yuqoridagi holatlardan quyidagicha xulosaga kelish mumkin: agar optsionning bozor qiymati haqqoniy va ob'ektiv hisoblansa u Blek-Shoulz formulasida ko'rinadi va bunda volatillik noma'lum o'zgaruvchi sifatida namoyon bo'ladi. Shu sabali optsion bilan shug'ullanadigan ko'pgina investorlar mumkin bo'lgan «bozor volatilligi» (implied volatility) tushunchasini kiritadilar, ya'ni kam tebranuvchi optsionlarni sotib olib, bazaviy aktivga nisbatan nobarqaror o'zgarishga ega bo'lgan optsionlarni sotib yuborishadi.
4)Undiriladigan komision to'lovlarning yo'qligi. Odatda optsionlarning savdosida bozor ishtirokchilaridan ma'lum komission to'lovlar olinadi. Hatto zaldagi treyderlar ham oz miqdorla bo'lsa ham to'lovlarni amalga oshirishadi. Investorlarga to'lanadigan mukofotlar sezilarli miqdorda katta bo'lganidan modelni qo'llashda yuzaga keladigan natijadan chetlanish holatlari ham kuzatiladi. 5) Foiz stavkalari darajasi o'zgarmas bo'lib qoladi va avvaldan aniq bo'ladi. Blek-Shoulz modelida o'zgarmas va aniq bo'lgan o'zgaruvchi sifatida tavakkalchilik siz aktivlarning foiz stavkasi olinadi. Amaliyotda bunday tavakkalchiliksiz aktivlarning foiz stavkasi bo'yicha aniq raqam mavjud emas va odatda bunday maqsadlar uchun so'ndirilishiga 30 kun qolgan kaznacheylik biletlari foiz stavkalari olinadi. Foiz stavkalarining tezda o'zgarish davrida 30 kunlik stavkalar ham o'zgaradi.
6) Model aktsiya narxlarining lognormal taqsimlanshiga asoslanadi. Normal taqsimlanish modelning ajralmas qismi bo'lsa ham eksponentlar taqsimlanishni logronormal holatga kelttiradi. Normal taqsimlanishdan foydalanishning kamchiligi shundaki u aktsiya narxinning salbiy ko'rsatkichlaridan foydalanish imkoniyatini beridi. Bunda logronormal taqsimotlan foydalanish aktsiya qiymatining noldan cheksizlikka qadar bo'lgna intervalda o'zgarishini nazarda tutadi.