5-mavzu. Ta’lim tashkilotini strategik boshqarish



Download 41,75 Kb.
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi41,75 Kb.
#904054
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu


5-mavzu. Ta’lim tashkilotini strategik boshqarish.
Reja:

  1. Operativ va strategik boshqaruvning o’zaro munosabati.

  2. Strategik rejalashtirish.

  3. Strategik boshqarish.

Mustaqil ta’lim: AQShda ta’lim muhiti
Ta’lim muassasasi rahbari boshqaruv faoliyatining asosiy vazifasi ta’lim jarayonini tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun jamoada zaruriy sharoitlarni yaratish, rakobatbardosh bitiruvchilar tayyorlash va yaxlit ta’lim tizimini rivojlantirish hisoblanadi va o’z navbatida rahbarning boshqarish samaradorligini ta’minlay olish qobiliyatiga bog’liqdir.
Boshqarish samaradorligini ta’minlay olish - bu birinchidan, ta’lim muassasasi jamoasini uyushtira bilish, ya’ni jamoada ahillik, birdamlik va hamkorlikni vujudga keltirish, jamoa a’zolarini jipslashtira olish va ikkinchidan o’zining shaxsiy ishini to’g’ri tashkillashtira olish qobiliyatidir. Rahbarning o’z ishini tashkil qila bilishi deganda uning boshqaruv faoliyatini to’g’ri rejalashtirishi, ya’ni buyruq berish, topshiriq ijrosini tekshirish, xodimlar faoliyatini baholash hamda turli xil qarorlar qabul qilishi va uni nazorat qila olishi;
boshqarishni kollegial tarzda ta’minlay olish qobiliyati;
ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilishi;
turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish madaniyati;
ish haqida qisqa va aniq gapirish, nutq qobiliyati, tinglay bilish madaniyati;
asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish, maqsadlarga erishishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash qobiliyatlari;
yuqori tashkilotlar qarorlarini bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish, boshqarish jarayonini
Boshqaruv uslubi - bu muassasa oldiga qo`yilgan maqsadlarga erishishda xodimlarni boshqarish xamda boshqaruv jarayonida o`ziga xos yondashuv bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga transformatsiyalashuvi sharoitida ta’lim xizmatlari soha-
sida marketingni shakllanishi va rivojlanishi muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim xizmatlari bozori iqtisodiyotning tez rivojlanuvchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlari bozorining shakllanishi va rivojlanib borishi malakali mutaxassislarga talabning oshishini ta’minlovchi vosita hisoblanib, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi esa ularning bozordagi mavqei orqali baholana boshlandi. Bundan kelib chiqqan holda, yuzaga kelayotgan yangi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarga mos holda kadrlar tayyorlash borasida nodavlat ta’lim muassasalarini shakllanishi va ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishlari va strategiyalarni ishlab chiqish zaruriyati paydo bo’lmoqda.
Ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari bozoridagi faoliyatini samarali tashkil etish va ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida o’zaro manfaatli, innovatsion korporativ hamkorlik aloqalarini o’rnatish, tez va qulay usullarda korxonalar va tashkilotlar uchun zaruriy kadrlarni o’qitish hamda malakasini oshirish bo’yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini kengaytirishga esa so’ngi yillarda yuqori etibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
harakatlar strategiyasi to’g’risida"gi farmoni bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” muhim yo’nalishlardan biri sifatida belgilab berildi. Ta’lim sifatini tubdan oshirish,intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish hamda yoshlarga ta’lim berishni yangi sifat darajasiga ko’tarish 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan maqsad va vazifalarga ham hamohangdir. Shunga ko’ra, innovatsion rivojlanish sharoitida xususiy ta’lim xizmatlari bozorini samarali shakllantirishga respublikada alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’limning yuqori sifatini ta’minlashda davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ham asosiy yo’nalishlardan hisoblanib, ushbu bozorda samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish asosiy yo’nalish hisoblanadi.
Shu jihatdan, nodavlat ta’lim hizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, nodavlat ta’lim muassaslari faoliyatini zamonaviy marketing tamoyillari asosida tashkil etish, ular faoliyatini diversifiktsiyalash hamda raqobatbardoshlgini oshirish, ta’lim olishga talabi yuqori bo’lgan korxona va tashkilotlarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash muammolarini yechishda “ta’lim hizmatlari bozori marketingi” va uning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish zaruriyati yo’zaga chiqmoqda.
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega” ekanligi ta’lim olishning mamlakatda xuquqiy kafolatlanganligini belgilab beradi. Ta’lim xizmatlari bozori – marketingi esa yangi istiqbolli sohasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, ta’lim xizmati sohasidagi bozorshunoslik va uni monitoring muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningek, ta’lim muassasasi buyurtmachining ehtiyoji va talabalarni qanchali qondirishga erishsa, uning raqobatdoshligi va samaradorligi shanchalik yuqori bo’lishi nazariyalarda asoslangan. Vaholanki, ta’lim marketingni tadbiq etish sohasi sifatida yaqin orada mutaxassislar uchun o’rganish ob’ekti bo’ldi. Ular
orasida ta’lim muassasasining tovari yoki mahsuloti bo’lib nima hisoblanadi, bu mahsulotlar “qanday tarzda qaysi bozorga chiqariladi”, “kim ta’lim muassasalarining iste’molchisi bo’ladi” degan fikrlar borasida yagona qarash mavjud emas. Ta’lim muassasasi jamiyatga bir vaqtning o’zida ta’lim xizmati ko’rsatadi va o’z faoliyatining natijasini mehnat bozoriga chiqaradi, unda korxona va tashkilotlar iste’molchi sifatida namoyon bo’ladi. So’ngggi paytlarda ta’lim xizmati marketingida nafaqat mehnat bozoriga bir tomonlama yondashuv balki, S.A.Mamontovning fikricha, mehnat bozorining kasb-hunar ta’limi bozoriga ham mazmunan ta’siri pasaymoqda, bevosita talabalarning – maktab o’quvchilari va ota-onalarining ahamiyati oshayotganligi, bu esa ta’lim bozoridagi faoliyati kengayishining asosiy omili sifatida namoyon bo’lmoqda.
Ko’pchilik marketologlar esa ta’lim muassasa marketingining asosi talabalarni jalb etish bo’lmog’i kerak deb hisoblaydilar. Ta’lim muassasasi o’z mahsulotini indivudial iste’molchilar, ya’ni talabalar bozoriga chiqarishi kerak, shuning uchun uning asosiy vazifasi ular ehtiyoji va hohishini yuqori darajada qondirishdan iborat. Xorijiy tajribalar davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o’rtasida sog’lom raqobat fuqarolarning sifatli ta’lim olishga bo’lgan huquqini ro’yobga chiqarishga xizmat qilishini ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham bir qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarda nodavlat ta’lim sektorining umumiy o’rta ta’limdagi ulushi yuqori bo’lib, Germaniyada 12 foizni, Fransiyada 17 foizni, AQShda 18 foizni, Buyuk Britaniyada 20 foizni, Ispaniya, Irlandiya va Gollandiyada 30 foizni tashkil etadi.
Respublikamizda ham xususiy ta’limni rivojlantirishga keyingi yillarda ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda respublikada 43 ta nodavlat umumiy o’rta ta’lim maktabi tegishli litsenziyaga ega bo’lib, xalq ta’limi tizimidagi 9680 ta maktabga nisbatan ularning ulushi 0,4 foizni tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasida ham nodavlat ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish bo’yicha keyingi yillarda keng islohatlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat
ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan nodavlat ta’lim muassasalariga o’zoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish va avval ajratilgan kreditlar muddatini o’zaytirish, ta’lim va
unga tegishli xizmatlar bo’yicha barcha soliq turlari to’lovlaridan 2021 yilgacha ozodetish, fanlarni chet tilida chuqurlashtirib o’qitish va bu orqali ta’lim sifatini oshirish maqsadida ta’lim jarayoniga xorijlik o’qituvchi va mutaxassislarni keng jalb etish nazarda tutilgan.
Zamonaviy marketingning asosiy komponenti, avvalo, o’zoqni ko’ra olish, ya’ni strategiya va rejalardan iborat bo’lib, ular asosida marketing faoliyati tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasalarini ta’lim xizmatlari bozorida samarali faoliyatini ta’minlash bo’yicha nodavlat ta’limining marketing faoliyatini boshqarishning ko’p bosqichli modeli tavsiya etiladi .Modeldagi nodavlat ta’lim muassasalarining marketing faoliyatini boshqarishning asosiy maqsadlari «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi», O’zbekiston Respub-
likasining «Ta’lim to’g’risida»gi va «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi Qonunlari talablari, shuningdek, O’zbekiston respublikasida nodavlat ta’lim xizmatlarini rivojlantirishning maqsad va vazifalariga mutanosib amalga oshirilishi lozim.
Jumladan korporativ mijozlar uchun asosiy e’tibor o’quv kurslarini moliyalashtirish muammolari asosiy omil sifatida qaralib, korxonalar tomonidan moliyalashtirilsa, xususiy mijozlar esa shaxsiy mablag’lari asosida ta’lim oladi. Nodavlat ta’lim muassasasining marketing faoliyatini boshqarishning 1-2-bosqichi ta’lim xizmatlari bozoradi samarali marketing tadqiqotlarini amalga oshirish va strategik tahlil usularidan foydalanishni nazarda tutadi. Nodavlat ta’lim muassasasining raqobatda ustunlikni ta’minlashga qaratilgan strategiyalar belgilash uchun asosan SWOT tahlildan foydalansa, BKG matritsasidan bozor ulushini oshirishga qaratilgan strategiyalar belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlilda foydalanish mumkin. Shuningdek, ta’lim xizmatlari bozorida samarali xisoblangan statistik tahlil usullardan, dispertsion taxlil, klaster tahlil, omilli taxlil, diskriminant tahlil kabi usullardan foydalanish ham tavsiya etiladi. Bunday usullardan foydalanish ta’lim xizmatlari bozorida maqsadli strategik yo’nalishlarni aniq belgilashga imkon beradi.
Nodavlat ta’lim muassasalarida marketing boshqaruvini amalga oshirishning 3-bosqichi maqsadli bozorga yo’naltirilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi. Nodavlat ta’lim muassasasi asosiy strategik yo’nalishlar ta’lim sifatini oshirish, ta’lim xizmatlari turlarini ko’paytilish, jumladan masofali ta’lim xizmatlarini ko’rsatish, xorijiy mutahassislarni jalb qilish kabilar asosiy yo’nalish sifatida belgilab beriladi. Ma’lumki har qanday bozorda samarali faoliyatni ta’minlash esa Marketing MIKS startegiyalaridan samarali foydalanishdir. Marketing-miks ishlatiladigan shaklda o’z ichiga to’rt submiksni oladi.

  1. Bular-tovar miksi.

  2. Kommunikatsiya miksi.

  3. Shartnomaviy miks.

  4. Taqsimot miksi.

Har bir sibmiks alohida tadbirlarni o’z ichiga olib, ta’lim xizmatlari ko’rsatuvchilarning marketing faoliyatida o’ziga xos siyosatni shakllantiradi. Shuningdek, Marketing MIKSning zamonaviy shaklis sifatida “4S” elamentlaridan foydalanishni nazarda chetda qoldirmaslik lozim.
Robert Loterbornning “4S” modelidagi marketing komponentlari, strategik marketing kontseptsiyasida ta’lim muassasalarining marketing maqsadlari emas, balki ularning iste’molchilari hisoblangan ta’lim oluvchilarning talab va ehtiyojlarining qondirilishi muhim marketing maqsadi sifatida qaralishi lozim. Maqsadli bozorga yo’naltirilgan marketing samarali marketing strategiyalaridan yana bilan integratsiyalashuv strategiyasidir. Ta’lim xizmatlari ko’rsatishda interatsiyalashgan strategiya sifatida Davlat xususiy sherikchilik (DXSh)dan samarali foydalanish tavsiya etiladi. Ta’lim sohasidagi DXShda ta’lim muassasasi, davlat va xususiy sektor o’rtasida manfaatlar taqsimlanishini yo’zaga chiqaradi. Nodavlat ta’lim muassasasining marketing faoliyatini boshqarish 4-bosqichi raqobatbardoshlikni boshqarish va nazorat qilish hisoblanadi. Ma’lumki zamonaviy marketing kontseptsiyalari raqamli transformatsiya bilan o’zaro mutanosiblashmoqda. Xizmat ko’rsatishda CRM (Customer Relationship Management), ERP (Enterprise Resource Planning), MRP (Material Requirements Planning) kabi tizimlar va ularning modullaridan foydalanish nafaqat ta’lim sifatini balki, bozorda ustunlikni ta’minlashning asosiy vositasiga aylangan. Rivojlanishning asosiy “kaliti” ichki biznes-jarayonlarning axborot-texnologik ta’minoti va yagona axborot muhitini yaratish bo’lib qolmoqda. Bu masalalar xizmatlar sohaning o’ziga xosligi aks etgan zamonaviy ERP tizimlarni tatbiq etish orqali hal etiladi. Nodavlat ta’lim muassasosining marketing faoliyatini boshqarish 5-bosqichi B2B va B2C sohasida samarali kommunikatsiya kanallarini tanlash va ulardan foydalanishdir.
Nodavlat ta’lim muassaslarining marketing faoliyatini boshqarish modelining barcha bosqichlaridagi vazifalar o’zaro o’zviy
bog’liq bo’lib, yakuniy bosqichda nodavlat ta’lim muassalari faoliyati ta’lim oluv-chilarda samarali kommunikatsiya vositalari hisoblangan raqamli marketing texnologiyalari hisoblangan SEO – qidiruv tizimlarini optimallashtirish tizimidan samarali foydalanish, talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish bo’yicha faoliyatlarni yo’lga qo’yish, kontent va internet reklamalardan samarali foydalanishni talab etiladi. Xizmat ko’rsatish korxonalari axborot ta’minotini ta’minlovchi muhim tashkiliy bo’g’in bu reklama faoliyatidir. Uning ushbu soha uchun ahamiyati xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni turli xil shakllarda omma orasida tarqatishdan iborat, shu bilan bir qatorda reklama nafaqat axborot manbai, balki u xizmatlarga yangi ehtiyojlar va aholini to’lov qobiliyatini rag’batlantiruvchi muhim tashkiliy mexanizmdir.

Download 41,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish