5-mavzu. Ta’lim tashkilotini strategik boshqarish


Taktik va strategik boshqaruv hisobini taqqoslama tavsifi



Download 41,75 Kb.
bet4/4
Sana27.01.2023
Hajmi41,75 Kb.
#904054
1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu

Taktik va strategik boshqaruv hisobini taqqoslama tavsifi.



Ko’zlangan maqsad

Strategik boshqaruv hisobi

Taktik boshqaruv hisobi




Korxonani doimiy va ayniqsa inqiroz sharoitida barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, inqirozga qarshi siyosatni amalga oshirish, iqtisodiy rivojlanish potentsialidan maksimal foydalanilishiga yordam berish

Korxonada likvidlilik va ko’zlangan foydaga erishishni ta’minlash

Belgilangan vazifalar

- korxonada strategik maqsadlarni belgilash va amalga oshirishga xizmat qilish;

korxona faoliyatini rejalashtirish va byudjetlar tuzish;

strategik rejalashtirish bo’yicha javobgarlik;

- taktik boshqaruv uchun korxona faoliyatini «tor» va kuchsiz tomonlarini aniqlash;

korxona rivojlanishini muqobil strategiyalarini shakllantirish; -

belgilangan joriy maqsadlardan kelib chiqib nazorat ko’rsatkichlarini aniqlash;

strategik rejaga asos bo’ladigan ichki va tashqi sharoitlarni aniqlash;

joriy rejalarni bajarilishiga chetlanishlarni ta’sirini tahlil qilish;

korxonani iqtisodiy rivojlanishini «tor» va kuchsiz tomonlarini aniqlash;

- motivatsiya va joriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun axborot tizimini shakllantirish

Funksional vazifasi

korxonani uzoq istiqbolda rivojlantirishni belgilovchi boshqaruv qarorlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish; - analitik hisob-kitoblar va o’zaro bog’liqlikdagi reja ko’rsatkichlar mustaqil tizimini yaratish

axborot ta’minoti; - nazorat va tartibga solish; - avval qabul qilingan boshqaruv qarorlari natijalarini baholash va ularni bajarilishi bo’yicha javobgarlik

E’tibor qaratiladigan soha

korxonaning ichki va tashqi muhiti

Korxona faoliyati rentabelligi va iqtisodiysamaradorligi










Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilish strategik boshqaruv hisobi quyidagi 3 ta funksiyani bajarayotganligini ko’rsatmoqda:


- strategik boshqaruv hisobi qarorlar qabul qilinishiga yordam beradi;
- strategik boshqaruv hisobi korxona xodimlarini ma’lumotlar bilan ta’minlovchi tizim hisoblanadi;
- strategik boshqaruv hisobi korxonadagi ma’lumotlar olishningmavjud metodlari ehtiyojni qondirmagan xollarda ma’lumotlarni taqdim etish yo’llarini o’zgartirish imkoniyatini beradigan tehnologiya hisoblanadi. Strategik boshqaruv hisobi keng yo’nalish hisoblanganligi uchun hisobning ushbu turini amaliyotda joriy etish uchun ma’lum bir tizimga ega bo’lish lozim. Strategik boshqaruv hisobi tizimini ishlab chiqishda zarur bo’ladigan asosiy omillar xorijiy adabiyotlarda batafsil yoritilgan.
Unga ko’ra “strategik boshqaruv hisobini samarali joriy etish uchun quyidagi 10 ta omillar bo’lishi kerak: strategik boshqaruv hisobi strategik qarorlarni qabul qilinishi va bajarilishiga xizmat qilishi lozim; strategik boshqaruv hisobi ma’lumotlarni uzatish jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan bo’shliqlarni yopishi kerak; strategik boshqaruv hisobi qarorlar turini aniqlashda yordam berishi lozim; strategik boshqaruv hisobi korxona faoliyati samaradorligi uchun mos bo’lgan moliyaviy ko’rsatkichlarni tanlash imkoniyatini yaratishi kerak; strategik boshqaruv hisobi nafaqat samaradorlikning moliyaviy ko’rsatkichlarini hisobga olishi kerak; strategik boshqaruv hisobi menejerlarga faqat muhim va ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar yetkazib berishga xizmat qilishi kerak; strategik boshqaruv hisobi tizimida xarajatlar tartibga solinadigan va kelishilgan(yoki majburiy) xarajatlarga turkumlanishi lozim; strategik boshqaruv hisobi tizimi xarajatlarni diskretsion va texnologik jarayonlar xarajatlari kabi turkumlash imkoniyatini yaratishi kerak; strategik boshqaruv hisobi tizimida standart kosting metodini qo’llanilishi strategikxarakterga ega bo’lishi lozim; strategik boshqaruv hisobi tizimi mamlakatda bo’layotgan o’zgarishlardan xabardor bo’lishi imkoniyatini yaratishi kerak». Xar qanday samarali strategik boshqaruv hisobi tizimini asosiy maqsadi barcha bo’g’inlardagi boshqaruvchilarni faoliyati samaradorligini izohlaydigan va biznesni umumiy strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan ko’rsatkichlarni belgilashdan iboratdir. Strategik boshqaruv hisobini roli strategik vazifalar va faoliyat ko’rsatishni strategik rejalarini aks ettirishi kerak. «Strategik boshqaruv hisobi boshqaruv hisobini yo’nalishi hisoblanib, strategik qarorlar qabul qilish uchun axborot ta’minotini shakllantirishga xizmat qiladi. Strategik boshqaruv hisobida korxona faoliyat ko’rsatayotgan, bozordagi strategik xolati, maxsulotini differentsiatsiyasi e’tiborga olinadigan xamda mazkur korxonani qiymatni to’liq zanjiri shakllantirilishi lozim bo’lgan tashqi biznes-muhiti (mol yetkazib beruvchilar, raqobatchilar, tashqi iqtisodiy sharoitlar, xaridorlar, hukumatni xatti-harakatlari) batafsil tahlil qilinishi kerak».
Download 41,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish