1. Ilmiy natija nima? Tadqiqot natijalari qanday umumlashtiriladi?
Ilmiy xulosalar qanday shakllantiriladi? Ilmiy tadqiqot natijalari qanday shakllarda e’lon qilinadi?
Tanlab tadqiqot o‘tkazish? Tanlama to‘plam va bosh to‘plam tushunchalarining mazmuni?
Reprezentativ tanlama to‘plam deganda niani tushunasiz? Reprezentativlik xatosi deganda nimani tushunasiz?
Fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini baholashning qanday qanday uslublari bor?
Tadqiqot natijalari iqtisodiy samaradorligining qanday turlari mavjud? Ularni tavsiflang?
Qishloq xo‘jaligiga oid tadqiqotlar natijalarining samaradorligini baholash qanday xususiyatlarga ega?
Ilmiy-adabiy til nima? Uning oddiy muloqat tilidan farqi? Ilmiy - adabiy tilni rivojlantirishda badiiy adabiyotning ahamiyati qanday? Ilmiy ishlarni ilmiy-adabiy til bayon deganda nimani tushunasiz?
Ilmiy nutq madaniyati nima? Ilmiy ish materiallarini rasmiylashtirishda qanday umumiy qoidalarga rioya qilish lozim?
Ilmiy ishni taqdimot qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
A m a l i y m a sh q l a r 1-MASHQ. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyatini tariflang?
3-MASHQ.Ilmiy tadqiqotning asosiy natijalari qanday? 4-MASHQ. Fundamental nazariy tadqiqotlar samaradorligi mezonlarini yozing?
5-MASHQ. Iqtisodiy samaradorlikning nechta turi bor?
6-MASHQ. Universitetda issiqxona sabzavotlariga ishlov berish bo‘yicha yangi texnologiya yaratildi. Uni ishlab chiqish uchun qilingan kapital xarajatlar 420 000,0 ming so‘m; 1 tonna mahsulot tannarxi: eski texnologiya bo‘yicha – 6 500,0 ming so‘m; yangi texnologiya bo‘yicha – 3 400,0 ming so‘m.
Talab qilinadi: Quyidagi formulalar asosida yangi texnologiyaning iqtisodiy samardorligini aniqlang. Kutilayotgan yoki haqiqiy iqtisodiy samaradorlik (IS) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
IS=KX2 - KX1, ( 1 )
Bunda, KX2 va KX1 – mos ravishda eski va yangi variantdagi mahsulotlar birligi uchun keltirilgan xarajatlar.
Keltirilgan xarajatlar quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi:
KX= T+NKis*K, ( 2 )
Bunda, T - mahsulot birligi tannarxi, so‘m;
NKis-iqtisodiy samaradorlikning normativ koeffitsienti (NKis = 0,15)
K-ilmiy-texnik mahsulotni yaratish uchun kapital qo‘yilmalar, so‘m.
7-MASHQ.«Fayz-baraka» fermer xo‘jaligida tomchilatib so‘g‘orish bo‘yicha yangi texnologiya joriy etildi. Fermer xo‘jaligining yalpi foydasi: joriy etishdan oldin (YaFb) 520 000,0 ming so‘m; joriy etishdan oldin (YaFya) 980 000,0 ming so‘m. 1 ga yerga qilingan bevosita xarajatlar: joriy etishdan oldin (Xb) 480 000,0 ming so‘m; joriy etishdan oldin (Xya) 320 000,0 ming so‘m.
Talab qilinadi: Quyidagi formulalar asosida yangi texnologiyaning iqtisodiy samardorligini aniqlang va sharhlang. Yalpi foydaning qo‘shimcha o‘sishini aniqlash samaradorlik darajasini hisoblab chiqarish uchun eng sodda usul bo‘lib, shartli bir yillik iqtisodiy samara (ISshy) deb ham ataladi.
ISshy = (YaFya− YaFb) − (Xya – Xb), (1)
Bunda, YaFya va YaFb − texnologiyalar (usullar, vositalar) ning yangi va bazis variantlari bo‘yicha yalpi foyda, ming so‘m/ga;
Xya va Xb − yangi va bazis variantlar bo‘yicha 1 ga yerga qilingan bevosita xarajatlar.
(Hisob-kitoblarni soddalashtirish uchun taqqoslash variantlarida umum ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinmaydi).
8-MASHQ.Ilmiy-tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va taqdim etish shakllarini tariflang.