5. Mavzu: Strategik tovarlarla savdosini tartibga solish



Download 18,22 Kb.
bet1/3
Sana08.02.2022
Hajmi18,22 Kb.
#437835
  1   2   3
Bog'liq
5.mavzu


5. Mavzu: Strategik tovarlarla savdosini tartibga solish.
Tovarlar savdosida sotish va sotib olish tushunchalari mavjud. Bu jarayon bozor tushunchasida ham ifoda etiladi. Demak bozor sotuvchi va xaridorlar o’rtasida tovarni to’la ayirboshlash munosabatidir.
Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi toʼgʼrisidagi Nizom.
Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasining «Raqobat toʼgʼrisida»gi Qonuniga muvofiq Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar davlat reestriga kiritilgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar (keyingi oʼrinlarda subʼekt deb ataladi) tomonidan sotiladigan, ular boʼyicha ushbu subʼektning ustun mavqei eʼtirof etilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlar aniqlanishi tartibini nazarda tutadi.
Ushbu Nizom talablari narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar koʼrsatuvchi) (keyingi oʼrinlarda tovar deb ataladi) xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Tovarning monopol yuqori narxi, agar ushbu narx:
bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʼlgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori boʼlsa;
asossiz xarajatlarning oʼrnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qoʼshimcha foyda olishga yoʼnaltirilgan boʼlsa, tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan belgilanadigan tovarning narxi hisoblanadi.
Аgar tovar narxi birja savdolari yakunlari boʼyicha shakllangan boʼlsa, bunday narx monopol yuqori narx deb eʼtirof etilmaydi. Bunda, ushbu Nizom normalari birja savdolarida narxlar boshlangʼich narx sifatida qoʼllanilishiga tatbiq etiladi.
Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.
Subʼektlarning ular boʼyicha mavqei ustun deb eʼtirof etilgan tovarlariga monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar davlat reestriga kiritilgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar har chorakda chorak birinchi oyining 10-kuniga qadar monopoliyaga qarshi organga Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar davlat reestriga kiritilgan tovarlariga qoʼllaniladigan narxlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi (keyingi oʼrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) subʼektlar tovarlariga narxlarning oʼzgarishi dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda:
Har chorakda subʼektlar tomonidan taqdim etilgan Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar davlat reestriga kiritilgan tovarlarga qoʼllaniladigan narxlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni;
statistika organlari maʼlumotlarini (maʼlumotnomalar, byulletenlar va boshqalarni);
ommaviy axborot vositalari maʼlumotlarini;
belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat funktsiyalari materiallarini (oʼrganishlar natijasida tekshirish boʼyicha dalolatnomalar va maʼlumotnomalar, berilgan koʼrsatmalar va boshqalarni);
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar maʼlumotlarini tahlil qiladi.
Subʼektlar tovarlariga narxlar oʼzgarishi holati aniqlanganda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan monopol yuqori va monopol past narxlar qoʼllanilganligi holati toʼgʼrisida murojaatlar tushgan taqdirda monopoliyaga qarshi organ uch kun muddatda davlat organlariga, xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga va boshqa tashkilotlarga:
tovarlarning ishlab chiqarilishi, sotilishi, importi va eksporti hajmi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni;
ushbu Nizomning 12 va 13-bandlariga muvofiq narx oʼzgarishi belgilarini aniqlash, shuningdek, tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bogʼliq zarur xarajatlar va foydani aniqlash uchun zarur boʼlgan hisob-kitob va tasdiqlovchi hujjatlarni;
tovar bozorining oʼziga xosligidan kelib chiqib boshqa hujjatlarni olish uchun yozma soʼrovlar yuboradi.

Download 18,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish