5 - MAVZU. STATISTIK KO’RSATKICHLAR.
1.Amaliy mashg`ulotlarni bajarish uchun qisqacha metodik ko’rsatmalar.
Statistik ko’rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o’zaro bog’lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi. Statistik ko’rsatkichlar tizimi deganda ommaviy jarayonlarni va ularning belgilarini o’zaro bog’lanishda aks ettiruvchi bir-biri bilan bog’langan ko’rsatkichlar majmuasi tushuniladi.
Statistik ko’rsatkichlarni shakllantirishda, hisoblashda, o’rganilayotgan
hodisalarni adekvat ifodalash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul:
1) iqtisodiy nazariya va statistika metodologiyasiga suyangan holda
hisoblangan ko’rsatkichlar iloji boricha o’rganilayotgan hodisalarning
mohiyatini ifodalab, ularga miqdoriy baho bersin, umummilliy tushunchalar
bilan bog’liqligi;
2) ko’rsatkichlar hisoblanayotgan asos ma’lumotlarning har tomonlama
to’liqligi;
3) boshlang’ich asos ma’lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo’yicha ularni
taqqoslash mumkinligini va ishonchliligini ta’minlash;
4) hodisa va predmetlarni o’rganish, tushunish uchun uni yoymoq, tuzuvchi
bo’laklarga bo’lmoq, uni ayrim belgilarini ajratmoq, ya’ni tahlil
qilish.Ma’lumki, o’rganilayotgan predmetni xayolan bo’laklarga bo’lish
tahlil deyiladi;
5) tahlil(analiz) bilan sintez qilishni ta’minlash;
6) induktsiya va deduktsiyani ta’minlanish, ya’ni ko’rsatkichlarni hisoblashda
fikrni yakkalikdan umumiyga qarab(yoki teskarisi) harakatni ta’minlash.
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning hajmi, soni, miqdori va darajasini ta’riflovchi ko’rsatkichlar mutloq (absolyut) miqdorlar deb ataladi.
Masalan. O’zbekiston Respublikasida 2012 yilda o’rtacha aholi soni 28233,9 ming kishini. 2012 yili fermer xo’jaliklari tomonidan yetishtirilgan paxta 3422,2 ming tonnani, ishlab chiqarilgan go’sht 37,9 ming tonnani, sut 205,0 ming tonnani va tuxum 288,1 mln. donani tashkil etdi.
Ifodalanishiga qarab mutloq miqdorlar yakka va umumiy miqdorlarga bo’linadi.
YAkka mutloq miqdorlar kuzatilayotgan to’plamning alohida birliklarini ifodalaydi, umumiy mutloq miqdorlar esa kuzatilayotgan to’plamni ta’riflaydi. Mutloq miqdorlar naturada, shartli naturada, pul va kompleks o’lchov birliklarida ifodalanishi mumkin.
Natura o’lchov birligi deganda o’rganilayotgan hodisaning iste’mol qiymatini, uning ichki hususiyatini ifodalovchi og’irlik, uzunlik, hajm va boshqa birliklar tushuniladi (gramm, gektar, tonna, metr, m3, dona, kishi va hakozo).
SHartli - natura o’lchov birligi deganda bir xil turdagi iste’mol qiymatga ega bo’lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o’lchov birliklari tushuniladi (shartli banka, shartli yoqilgi va hakozo).
Ba’zi bir murakkab hodisalarni ikkita va undan ortiq o’lchov birliklarini o’zaro birikma bilan ifodalashga to’g’ri keladi. (tonna kilometr, kilometr - soat, kishi - kuni va hakozo). Bunday o’lchov birliklari kompleks o’lchov birliklari deyiladi.
Har x il turdagi odisalarni o’zaro ta oslashda iyinchiliklarh qq q paydo bo’ladi. Bunday hollarda xodisalarning umumiy miqdori pulda (tiyin, so’m, dollar, rubl, marka va hakozo) ifodalanadi.
Mutloq miqdorlar ijtimoiy - iqtisodiy xodisalarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega bo’lsa ham, ammo ular hodisa va jarayon qanday tezlikda rivojlanayotganligini, uning uchrashish jadalligini aniqlashga imkon bermaydi.
Buning uchun nisbiy miqdorlar qo’llanadi. Ular qiyosiy iqtisodiy tahlilni chuqurlashtirish va tafakkurimizni boyitish uchun xizmat qiladi.
Statistikada nisbiy miqdorlar deganda bir miqdorni ikkinchisiga bo’lish natijasida olingan hosila tushuniladi.
Nisbiy miqdorlar har xil shakllarda ifodalanadi. Ularning ifodalanish shakli bazis miqdorning qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog’liqdir. Agar taqqoslash asosi 1 ga tenglashtirib olinsa, u holda nisbiy miqdorlar koeffitsientda, asosi 100 ga teng bo’lsa foizda (%) va asosi 1000 ga tenglashtirib olinsa, nisbiy miqdorlar promilleda (%0) ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |