Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Statistik ko’rsatkichlar deganda nimani tushunasiz
va ular qanday turlarga
bo’linadi?
2.
Respublikadagi talabalar soni, umumiy
aholi sonida ayollar hissasi,
avtomobillar soni, umumiy ishlab chiqarilgan bug’doy miqdori, bir sigirdan sog’ib
olingan sut,
qazib olingan oltin hajmi, bir gektardan
olingan hosil miqdori qaysi
miqdorlarga misol bo’la oladi?
3. Mutlaq miqdorlarni qanday usullarda aniqlash mumkin?
4. Mutlaq miqdorlar nega bir necha o’lchov birliklarida ifodalanadi?
5. Samarqand va Qarshi konserva zavodlari bir oyda 500 ming bankadan tomat
pastasi ishlab chiqargan. Shartli banka hajmi 353,4 sm3.
Samarqand konserva
zavodida ishlab chiqarilgan banka hajmi 600 grammni, Qarshi - 258 grammni
tashkil etgan. Shartli bankalar sonini aniqlab, zavodlarni oylik ishiga baho bering.
6. Mutlaq miqdorlarning kamchiligi nimada?
7. Nisbiy miqdorlar qanday shakllarda ifodalanadi?