1.Psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch
muammosi
• 2.Yosh tushunchasi. Psixologik yosh
va psixik rivojlanishni
davrlashtirish
3. Insonning hayot yo‘li va
hayot tarzi
• 4.Temperamentga oid qarashlar tarixi, asosiy yondashuvlar
Reja:
Turning rivojlanishidan-filogenezdan farqli
ravishda individning taraqqiyoti “ontogenez”
tushunchasi bilan ishlatiladi. Bu tushunchani
nemis biologi E.Gekkell taqdim etgan. Psixika
ontogenezi insonning tug‘ilganidan to umrining
yakunigacha davom etadigan uzluksiz
rivojlanishi sanaladi.
Psixik taraqqiyot haqidagi masala boshqa so‘z
bilan, ya’ni psixik taraqqiyotning
harakatga
keltiruvchi kuch masalasi orqali psixologiyadagi
eng muhim muammolardan bir sanaladi. Uzoq
yil davomida olimlar
ushbu muammoga
yondashgan bo‘lsalarda, ammo yagona bir
to‘xtamga kelmadilar. Yosh psixologiyasi –
psixologiyaning alohida sohasi bo‘lib, inson
taraqqiyotining dalillari va qonuniyatlarini
o‘rganadi.
Psixik taraqqiyotni belgilovchi ikkita an’anaviy
kategoriya mavjud: biologik va sotsial.
Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland,
Michigan, 2010. - Р.173
Psixik taraqqiyotni harakatga
keltiruvchi kuch muammosi
“Muhit”, jamiyat taraqqiyotini asosiy belgilovchi roli to‘g‘risidagi
tasavvur tarafdorlari mavjud bo‘lib, ular
sotsiogenetiklar deb
nomlanadi
. Ushbu yo‘nalish vakillaridan bir ingliz filosofi Dj. Lokk
hisoblanadi. Uning talqinicha bolaning qalbi nimani xohlasa
yozish mumkin bo‘lgan toza doskaga (tabula rasa) o‘xshaydi.
Olimlar shaxsning har qanday qirrasi shaxs tajribaga bog‘liq,
tug‘ma omillar katta ahamiyatga ega emas degan g‘oyani qo‘llab
quvvatladilar. Insonning psixik taraqqiyotida ta’lim va
tarbiyaning ahamiyati bilan bog‘lovchilar hozirgacha mavjud.
Masalan, shaxs nazariyasining “vaziyatlilik” yondashuviga ko‘ra
insonlar boshidan pok va pok emas, mehribrn yoki vahshiy,
fidoiy va egoist bo‘lmaydilar, ular vaziyatning bosimi ostida
tarkib topadilar degan g‘oyaga tayanadilar.
Yuqoridagi yondashuvga qarama-qarshi g‘oyani ilgari surganlar
esa fransuz faylasuflari R.Dekart va
Jan-Jak Russolardir. Bu
yo‘nalish vakillari biologizatorlar hisoblanadilar
.
Ularning fikricha
shaxs taraqqiyotida belgilovchi rolni nasliy, genetik omillar
belgilashi ta’kidlanadi. Bola tabiat qonuniyatlariga muvofiq
rivojlanadi
Shaxs rivojlanishida har ikkala yondashuvni
uyg‘unligini ta’minlovchi qarashlar mavjud
bo‘ldiki, bu
konvergensiya nazariyasi deb
ataladi va
V. Shternga tegishli
.
U psixik
taraqqiyot tug‘ma
xususiyatlarni va tashqi
ta’sirlarni oddiy namoyon bo‘lishi emas,
balki ichki imkoniyatlarni taraqqiyotning
tashqi shart-sharoitlari bilan o‘zaro
konvergensiyasi deb hisobladi.
Konvergensiya nazariyasiga ko‘ra psixik
taraqqiyot X – nasliy element va
U-muhit
elementlari ostida to‘planuvchi jarayon
sifatida qaraladi. Bu g‘arb psixologiyasida
eng keng tarqalgan konsepsiya sanaladi.
Masalan, ingliz psixologi
G. Ayzenk 80%
muhit ta’sirida , 20% irsiyat ta’sirida