5.3. Mehnat resurslarining sifat ko’rsatkichlari
Moddiy nehmatlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish ikkita zaruriy tarkibiy qismdan: bir tomondan, moddiy resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va h.k.)dan va ikkinchi tomondan, inson resurslaridan, yahni kasb malakalari va bilimlariga ega bo’lgan xodimlardan iborat. Boshqacharoq qilib aytganda, mamlakat aholisining bir qismi bo’lgan inson resurslari moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo’ladi. Biroq, bu omillar o’z xususiyatlariga qarab, bir-biridan muhim belgilari bilan farqlanadi.
Mehnat resurslari faqat moddiy nehmatlar yaratibgina qolmay, nehmatlarni istehmol ham qiladilar. Odamlar o’zlarining moddiy va mahnaviy ehtiyojlari jihatidan bir xil emaslar. Bunga ularning jinsi, yoshi, soғliғi, oilaviy ahvoli, mahlumot darajasi va boshqa ijtimoiy, psixo-fiziologik sifatlari sabab bo’ladi. SHuning uchun biri ikkinchisiga o’xshamaydi.(4.1-chizma)
1- chizma. Mehnat resurslari tavsifi
Mehnat sohasida odamlarning muhim ehtiyojlari amalga oshadi, lekin hamma ehtiyojlari ham ro’yobga chiqavermaydi. SHu boisdan inson mehnatidan samarali foydalanish uchun uning shaxs sifatidagi talablarini ham esda tutish muhimdir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi shuni taqozo qiladiki, murakkab xo’jalik mexanizmining amal qilishi inson resurslarining sifat darajasi bilan belgilanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o’zgarishlarni tahminlash, texnik jihatdan qayta jihozlash, boy tabiiy, mineral-xom ashyo va qishloq ho’jalik resurslaridan, mehnat va intellektual salohiyatidan to’liq foydalanib, xaridorbop, raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarish, dunyoda munosib o’rin egallash, shuning hisobidan siyosiy va iqtisodiy mustaqilligimizni tahminlaydigan tizimni vujudga keltirish bugungi kunda bizning muhim vazifamiz. Har bir inson o’zi tanlagan biror faoliyat sohasida ishlay olishi uchun muayyan jismoniy va mahnaviy rivojlanish darajasiga ega bo’lishi kerak. Jismoniy rivojlanish darajasi bir tomonda, iqtisodiyotning ehtiyojlari bilan, ikkinchidan, jamiyatning o’z fuqarolari soғliғini muhofaza qilish va mustahkamlashdan manfaatdorligi bilan belgilanadi, chunki fuqorolar kishilik jamiyatining eng muhim boyliklaridan biri hisoblanadi. Mahnaviy rivojlanish darajasi deganda, umumtahlim va kasbiy bilimlar hamda ko’nikmalar, shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar ularning tanlagan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi. Mehnat resurslarining har ikkala sifati – jismoniy va mahnaviy rivojlanishi, tasavvurlarining ahamiyati iqtisodiyot rivojlanib borishiga qarab o’zgarib boradi. Bu hol, o’z navbatida, mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini to’liq aks ettiradi, iqtisodiyotda va umuman, jamiyatda tez va chuqur o’zgarishlar bo’lib turgan davrda, kishilardagi jismoniy va mahnaviy fazilatlarning roli, ayniqsa, ortadi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar insonning tashabbuskor va faol bo’lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o’zining yangi iqtisodiy tizimga singib, u bilan hamohang bo’lib ketish mahoratiga boғliq. Insonning jismoniy imkoniyatlari, mahlumotlilik darajasi, tajribasi qanchalik yuqori, u mahnaviy jihatdan qanchalik yetuk bo’lsa, bu jarayon shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash, kichik korxonalarni izchil rivojlantirish aholi farovonligi va daromadlarining ortishida, ishsizlik muammosini yechishda salmoqli manba vazifasini bajarmoqda.
Hozirgi zamon va yaqin kelajak hususiyati iqtisodiyot uchun zarur va asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo’lgan mehnat resurslarining shaxsiy va ijtimoiy sifatlariga boғliqdir. Bu tendentsiya turli shakllarni olmoqda. Avvalam bor, nazariya va amaliyotga u yoki bu shakldagi bilim, malaka ko’nikma, tajriba, shaxsiy sifatlar kabi ko’rsatkichlar kirmoqda, hamda sifat va son jihatdan kengaytirilgan xolda iqtisodiy baholanmoqda. Yirik ishlab chiqarish, xo’jalik va ijtimoiy tizimlarni boshqarishning murakkabligi, xato va yanglishish havfi, texnik, tabiiy va ijtimoiy jarayonlar nazoratining izdan chiqishi mumkinligi kabi omillar kasbiy talablar tarkibida shaxsiy qiziqishlarning ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga boғliqligini tushunishni birinchi o’ringa qo’ymoqda.
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanuvchi inson omili, o’z navbatida, uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda hal qiluvchi asos hisoblanadi.
Jamiyatning mehnat salohiyatini kuchaytirish, undan samarali foydalanish muammolari iqtisodiy islohotlar davrida birmuncha murakkablashadi va ularning yechimini topish iqtisodchi olimlar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bunga texnikani yangilash va boshqaruvni o’zgartirish bilan erishib bo’lmaydi. Bunday sharoitda, avvalo, iqtisodiyotning tarkibiy tizimi tubdan o’zgarishi, jumladan, zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanish, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi inson resurslari sifat jihatidan yaxshilanishini obhektiv tarzda taqozo etadi.
Mehnat resurslari ijtimoiy mehnatning yuqori samarasini tahminlaydigan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning optimal imkoniyatini ifodalaydigan, mehnat faoliyatiga muvofiq keladigan sharoitlar birligidir. Mehnat resurslari mehnat qobiliyatlarining jamini (ularning miqdor va sifat jihatdan munosabatlarini), yahni alohida ishchining va jami ishchi kuchining mehnat faoliyatida qatnashish imkoniyatlarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |