5-mavzu: rasmiy-idoraviy uslub va uninguslubiy xususiyatlari



Download 100,25 Kb.
bet7/27
Sana31.12.2021
Hajmi100,25 Kb.
#261430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
5-мавзу (1)

TOPSHIRIQLAR

1-topshiriq. Matnni o‘qing, termin va iboralarning ma’nosini izohlang. Matndagi asosiy fikrni so‘zlab bering

HUQUQIY MADANIYAT

Huquqiy madaniyat- umumiy madaniyatning muhim qismi bo‘lib, quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

1. Davlat tomonidan xalq va jamoat birlashmalari nuqtayi nazarlarini ham ifodalovchi huquqiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi. Bu siyosat davrning ruhini huquqda ifodalashi lozim. Masalan, mustaqillik va bozor munosabatlari bilan bog‘liq masalalar va vazifalar huquqiy siyosatdagi bosh yo‘nalishlardandir.

2. Yuksak darajada rivojlangan yuridik fanlarning bir qismi bo‘lib, u davlat va huquqiy madaniyatning muhim qismidir.

3. Keng va faol huquqiy ong huquqiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, u davlat va huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkura jiddiy o‘rin tutadi.

4. Huquqiy madaniyat - bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egalab olganlik darajasidir.

5. Ilgari erishilgan va to‘plangan barcha huquqiy tajriba, huquqiy yodgorliklar va ularning ommaga tarqatilishi huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.

6. Amaldagi me‘yoriy huquqiy hujjatlar: Konstitusiya, qonunlar, kodekslar, farmonlar, qarorlar va boshqa huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.

7. Huquq ijodkorligi madaniyati, huquq me’yorlarini yaratish masalasi, yuridik texnika darajasi, masalan, deputatlar va apparat xizmatchilarining huquqqa yondashuvi qanchalik yuqori va xolisona bo‘lsa, huquqiy madaniyat ham shunchalik yuksak bo‘ladi.

8. Huquqni amalga oshirish ishlarining tashkil etilishi qanchalik yuqori bo‘lsa, u huquqiy madaniyatga ham o‘z ijodiy ta'sirini ko‘rsatadi va aksincha.

9. Huquqiy madaniyatning yana bir qismi - huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning huquq me'yorlari talablari darajasida hamda doirasida o‘z huquqi, burchlarini bajarishi, ularni anglab olishidir.

10. Mamlakatning davlat va jamiyat hayotidagi qonunchilik darajasi, hammaning qonun va sud oldida tengligi huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir.

Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarni tayyorlab borish; barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, maktab, litsey va kollejlarda huquq haqidagi bilimlarni o‘rgatish-o‘rnanish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televideniye , vaqtli matbuotda huquqiy bilimlarni keng targ‘ib va tashviq qilish:

aholining mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o‘rganishi uchun qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasi ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag‘batlantirish. Xullas, Huquqiy madaniyat inson madaniyatining muhim qismi, uning bilan o‘zaro bog‘liqdir. Huquqiy madaniyat tarixan asta-sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo‘lib, hozirgi davrda rivojlangan huquqiy davlatlarning va ular fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylandi. Rivojlangan mamlakatlar bu borada sezilarli yutuqlarga erishdilar va ularning har bir fuqarosi har bir masalada qonunlarga suyanib ish olib boradi, o‘z haq va huquqlari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda, ularning darajasi va mavqeidan qat’iy nazar, sud orqali adolatli yechimga erishadi.



Download 100,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish