Tayanch so’z va iboralar: og’zakivayozma muloqot, kommunikatsiya ,kooperatsiya,
muloqot, verbal kommunikatsiya,noverbal kommunikatsiya,nutq faoliyati,
interiorizatsiya,eksteriorizatsiya,kinestetik,monolog,dialog,polilog.
Mavzu bо‘yicha savollar
1.Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
2.Yozma muloqot haqidagi fikringiz?
3.Verbal muloqot nima?
4.Noverbal muloqot-chi?
5.Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari haqida ma’lumot bering.
TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.Hikmatli so‘zlarni o‘qing. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» bilan uyg‘un tomonlarini belgilang.
G!aflatda yotgan xalqni uyg'otish uchun uning tarixini targ‘ibot etish zarur. (Avgustin) Dunyoda bilmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo'lur. (Mahmudxoja Behbudiy) Dunyoda ilmdan boshqa najot yo"q va bo‘lmag‘ay. (Imon al-Buxoriy) Faqat bir ezgulik bor — bilim va faqat bir yomonlik bor — jaholat. (Suqrot) Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. (Amur Temur)Bilimga eltuvchi yagona vo`l bu faolivatdir. (Bernard Shou) Odamlar o'qishdan to'xtashlari bilan flkrlashdan ham to'xtaydilar (Deni Didro).Oz bo'lsa ham bilmoq uchun,ko'p o'qimoq zarur (Monteskye) Insonning qiymati emas siym-u zar, Insonning qiymati ilm ham hunar. (Bedil) Kimki o'rganishni uyator demas, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos. (Nizomiy Ganjaviy)
2-topshiriq.Herman Vamberining «Turkiy xalq» asaridan olingan parchani o’qing. Savollarga javob qaytaring.
«O'zbek, degan so'z qaysi ma’noni bildiradi deganda, eng awalo, shuni aytib o'tish kerakki, bu so'z «o'z» va «bek» so'zlaridan iborat bo'lib, shulardan birinchisi «asl», «ajoyib», «tagi mustahkam», «sardor» ma'nolarini bildiradi. Demak, bu so'zning ma’nosi asl bekdir.
«O'zbek» degan nom ancha oldindan ma’lum bo’lib, «musulmoncha tarbiyalangan» degandek tushunilgan, ya’ni ular musulmon Osiyo madaniyatiga yo'l ochishgan; o'troq va asl dehqon: harbiymillat; savdodaog'ir, vazmin, sanoatdamo'tadil; ochiq ko'ngil, mard, jiddiy, haqiqiy turkey himmatga ega; sovuqqonlikni odob-axloqnamunasi hisoblaydi... O'zbek o'ylabroq gapirishga moyil, u buni tabiiy deb biladi; sadoqatli va dovyiirak; to'g’ri gapiradigan, ko'zga tik qaraydigan erkakni mukammallik namunasi deb biladi; davlat himoyasini o'z zimmasiga olgan; o'zbeklarning oilaviy munosabatlarini asl namuna hisoblasa bo'ladi; o’rta yoshga borib qolgan farzandlar ham o'z ota-onalariga juda hurmat-ehtiromda bo'lishadi; o' yoshlarga borib qolgan o'g’il ham otasining bir qarashida yoq sergak tortadi va hech qachon otasi bor paytda birinchi o'tirmaydi; birinchi gapirmaydi; turkey shevada gapiradilar; o'zbeklar xudojo‘ylar va bolalardan shuni talab qilishadi; mug'ombirlik kamdan-kam bo’ladi.
3- topshiriq. Matnni o‘qing, so‘zlaming yozilishiga diqqat qiling.
Xatda gap ko'p. Maktubda maktubnavisning o'zi. ichki ruhiy olami to‘la-lo‘kis namoyon bo'ladi. Yozgan xatiga qarab turib bexato aytish mumkin: bu odam sermulohaza. latif, dono, ishonuvchan, dilgir, kuyunchak, mehribon yo bo`lmasa shoshqaloq, ziqna, asabiy, qo'pol, qo‘rs, dag'al, to‘qimtabiat, befarosat, dali-g‘uli, loqayd va hokazo.
Barmoqlarning ruhi va sehri bo!ladi. Ana shu sehr barmoqlar hamda qog'oz orqali boshqalarga ham o tadi, ta’sir ko‘rsatadi.
Xat o‘zining nimasi bilan qadrli? Bu mujda, sog‘inch. umid. Odamlar bir-birlaridan mehr-oqibat, taskin, tasalli qalb malhami kutib yashaydilar. Bir-birlarining nonday arzanda so'zlarini, shevalarini, islarini sog‘inadiiar.
Birovga xat yozish botiniy, ruhiy ehtiyojdan tug'iladi. Bu juda ham o'ziga xos dil izhoridir.
Maktubnavislikning o‘zi san’at.
(G ‘aybulla as-Salom)
Do'stlaringiz bilan baham: |