5-mavzu: qonun ustuvorligi fuqarolik jamiyatining muhim omili



Download 41,57 Kb.
bet8/9
Sana27.02.2021
Hajmi41,57 Kb.
#60349
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5- mavzu

Birinchidan,  qabul  qilinayotgan  qonunlar  va  boshqa  normativ  huquqiy  hujjatlar  adolat  prinsipiga,  inson huquqi va manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak.  

Ikkinchidan, barcha  qonunlar  va  boshqa  normativ  huquqiy  hujjatlar  talabi barcha  davlat  organlari,  mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qat’iy bajarilishi shart.

Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo‘lishi shart. Demak, demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo‘lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir.

5.Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati. Istiqlol  tufayli  mamlakatimiz  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  yuz  bergan  keng  qamrovli  o‘zgarishlar yurtimizda  yangi  demokratik  qadriyatlar  ildiz  otganini,  inson  huquqlari  va  uning  erkini  ta’minlashga qaratilgan  huquqiy-demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatiga  xos  zamonaviy  tuzilmalar  shakllangani bilan xarakterlanadi.

Albatta,  erkin  va  adolatli  jamiyat  qurish  uchun  qonunga  tayanishimiz  va  qonun  ustuvorligiga erishishimiz  lozimdir.  CHunki  har  qanday  davlatning  qudratli  va  mustahkam  bo‘lishi,  xalqining  tinch  va farovon hayoti amaldagi qonunlarning ustuvorligiga bog‘liqdir.

SHunday  qilib,  huquq  -  davlat  tomonidan  belgilanadigan  yoki  ruxsat  etiladigan  va  uning  kuchi bilan  himoya  qilinadigan  umummajburiy  hulq-atvor  qoidalari  tizimidir.  Huquq  ijtimoiy  munosabatlarni tartibga  soluvchi  regulyator  bo‘lib,  uning  ushbu  xususiyati  ijtimoiy  munosabatlar  bilan  bo‘ladigan muntazam aloqadorligini ta’minlaydi.

Erkinlik – insonga qonun bilan ruxsat etilgan u yoki bu harakatni amalga oshirishi va hayot uchun zarur bo‘lgan ne’matlardan foydalanishda ijtimoiy to‘siqlarning bo‘lmasligi tushuniladi. SHu  o‘rinda  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  —  jamiyat  tayanchi  va  yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohishirodasining  qonuniy  ifodasi  hisoblanadi.  Konstitutsiyaning  X  bob  43-46  moddalari  inson  huquq  va erkinliklariga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  davlat  fuqarolarining  Konstitutsiya  va  qonunlarda  mustahkamlangan huquq  va  erkinliklarni  ta’minlashi,  har  bir  shaxsga  o‘z  huquq  va  erkinliklarini  sud  orqali  himoya  qilish, davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalarining  g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlari  ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan  taqdim  etilgan  «Mamlakatimizda  demokratik islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi»da  ham  bu masalaga  alohida  e’tibor  qaratilib,  yurtimizda  huquqiy  davlat  asoslarini  tobora  takomillashtirish  va aholining  huquqiy  ongi  va  madaniyatini  yuksaltirish hal  qiluvchi  vazifa  bo‘lib  qolishi  ta’kidlangan.  Zero,  jamiyatning  demokratiya  yo‘lidan  jadal  rivojlanishi  va  bu  boradagi  islohotlarning  samarasi  ko‘p  jihatdan odamlarning  huquqiy  ongi  va  madaniyati  darajasiga  bog‘liq.  Odamlarning  huquqiy  ongi  va  madaniyati davlatimiz  rahbarining  2011  yil  23  avgustda  qabul  qilingan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligifaoliyatini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qaroriga  muvofiq  vazirlik  zimmasiga aholining  huquqiy  ongi  va  madaniyatini  oshirish,  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalarining  huquqiy targ‘ibot  va  ma’rifat  sohasidagi  faoliyatini  muvofiqlashtirish  vazifalari  yuklatilgan.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 23 iyuldagi qarori asosida tasdiqlangan Huquqiy targ‘ibot va  ma’rifat  bo‘yicha  davlat  organlari  ishlarini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  idoralararo  kengash to‘g‘risidagi  nizom  bu  boradagi  faoliyatni  tartibga  solishda  muhim  huquqiy  asos  bo‘ladi.  Avvalambor odamlarning  huquqiy  ongi  va  madaniyati  shakllantirishda  insonlarga  o‘zlarining  huquq  va  burchlarini, o‘zlari  yashab  turgan  joyda  o‘rnatilgan  qonunlarga  asosan  ularning  shaxsiy  va  fuqarolik  huquq  va burchlari kafolatlab qo‘yilgan asosiy qonun, ya’ni konstitutsiya va uning normalari tanishtirilishi kerak. Buni  mazkur  hujjatning  birinchi  moddasidan  to  oxirgi  moddasigacha  inson  huquq  va  erkinliklari,  qonuniy  manfaatlarini  ta’minlash,  vatan  ravnaqi  hamda  jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qilib  kelayotgan umumbashariy  g‘oyalar  singdirilganida  ham  ko‘rish  mumkin.  Asosiy  qonunimizda  buyuk  ne’matlar orasida  eng  ulug‘i  -  “inson  uchun”  degan  g‘oya  ilgari  surilib,  uni  ulug‘lash,  uning  erkin  kamol  topishi uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  o‘z  aksini  topgan.  Boshqacha  aytganda, “fuqaro  -  jamiyat  -  davlat”  o‘rtasidagi izchil hamkorlikning huquqiy echimi asoslab berilgan.

Demokratik  davlatda  jamiyat  a’zolarining  huquq  va  erkinliklari  kafolati  doimiy  harakatdagi mexanizmga o‘xshashi lozim. Konstitutsiyaning 19-moddasida “hech kim sud qarorisiz fuqarolarni huquq va  erkinliklaridan  mahrum  etishga  yoki  ularni  cheklab  qo‘yishga  haqli  emas”ligi  belgilab  qo‘yilganki,  bu qoida  huquqbuzar  kim  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  javobgarlikka  tortish  mumkinligini  bildiradi.  Kafolat tizimida  iqtisodiy  omilga  keng  o‘rin  berilgan.  CHunki  iqtisodiy  hayot  qanchalik  farovon  bo‘lsa,  huquqning amaldagi kafolat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Bugungi  Asosiy  qonunimizda  esa  davlat  ham,  jamiyat  ham,  avvalo,  inson  manfaatlariga  xizmat qilishi,  uning  haq-huquqlarini  himoya  etishi  ustuvor  tamoyil  sifatida  aniq  belgilab  qo‘yilgan.  Prezidentimiz  ta’kidlaganidek,  “Biz  boshlagan  islohotlarimizning  pirovard  maqsadi  bitta  -  adolatli jamiyat  barpo  etish.  Islohot  islohot  uchun  emas,  avvalo  inson  uchun,  inson  manfaatlarini  ta’minlash uchun”.  O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  sharoitida  inson  huquq  va  erkinliklarini ta’minlash  borasidagi  konstitutsiyaviy  kafolatlar  tizimini  hayotga  tatbiq  etishga  qaratilgan  islohotlar jamiyatning  shu  maqsad  yo‘lidagi  vazifalariga  to‘liq  mos  kelmoqda,  inson  huquqlarini  kafolatlovchi milliy  mexanizm  yaratilmoqda.  Inson  huquq  hamda  erkinliklarini  ta’minlovchi  va  kafolatlovchi  davlat organlari  tizimi  tashkil  etilib,  ixtisoslashgan  nodavlat  tashkilotlarining  paydo  bo‘lishiga ko‘maklashmoqda.  Hozirgi  paytda  insonning  huquq  hamda  erkinliklarini  ta’minlash  mexanizmini  yanada takomillashtirish  maqsadida  inson  va  fuqaro  huquq  hamda  erkinliklarining  kafolatlari  to‘g‘risida  qonun qabul qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Inson  huquqlari  g‘oyasi  milliy  parlamentimiz  faoliyatida  doimiy  o‘rin egallashi  darkor.  Har  qanday  qonun  ishlab  chiqilayotgan  va  muhokama  etilayotgan  paytda  insonning asosiy  huquqlariga  qanchalik  mos  kelishiga  alohida  e’tibor  qaratish  zarur.  Ana  shu  prinsiplarga og‘ishmay rioya etilgan taqdirdagina chinakam fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish mumkin.




Download 41,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish