5-mavzu. Qonun ustuvorligi demokratik, fuqarolik jamiyati qurishning asosi



Download 58 Kb.
Sana26.10.2019
Hajmi58 Kb.
#24346
Bog'liq
Qonun ustuvorligi

5-MAVZU. QONUN USTUVORLIGI DEMOKRATIK,

FUQAROLIK JAMIYaTI QURIShNING ASOSI

1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati

2. Huquqiy demokratik davlat barpo etishda Ombudsman instituti

3. Jinoiy jazolarni liberallashtirish - qonun ustuvorligining muhim sharti

4. Qonun ustuvorligini ta'minlash - huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni


1-savol. Ma'lumki, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’lini - ya'ni bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat qurish vazifasini asosiy maqsad qilib belgilab oldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlab o’tganidek: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz… Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart(1 Karimov I A. O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma'ruza. 1995 yil 23 fevral. «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» kitobida, 3-j., -T., O’zbekiston, 1996, 10-b.).

Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi chambarchas bog’liqdir. Yurtboshimiz belgilab berganlaridek, qabul qilinayotgan qonunlarimizning zamirida adolat yotishi lozim. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.

Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlar adolatli bo’lishi, o’zida xalq manfaatlarini ifoda etishi shart. Bunday qonunlarga og’ishmay itoat etilsagina, jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo’ladi. Chunki barcha demokratik institutlar, inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.

Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri - jamiyat a'zolarining qonun oldidagi tengligini, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta'minlanganligidir. Shu bilan birga Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta'minlashdan iborat bo’lmog’i lozim.

«Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo’ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi»( Karimov I.A. Adolat qonun ustuvorligida. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasidagi ma'ruza. 2001 yil 29 avgust. «Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak» kitobida, 10-j., -T., O’zbekiston, 2002, 28-bet).

Qonun ustuvorligining mohiyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qator moddalarida belgilab berilgan. Konstitutsiyaning III bobi ikkita 15 va 16-moddalaridan iborat bo’lib, Konstitutsiya va qonun ustunligiga bag’ishlangan.

Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar».

O’z faoliyatini Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab o’tilgan sub'ektlarning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Agarda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o’zlarining bu burchlarini bajarmasalar, ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin.

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etmagan shaxslarning javobgarligi Konstitutsiyaning o’zida yoki tegishli qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan bo’ladi. Masalan, Konstitutsiya 93-moddasining 12-bandiga muvofiq Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan tuman va shahar hokimlarini Respublika Prezidenti o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.

Bu borada shuni ham aytib o’tish lozimki, Konstitutsiyaning normasi boshqa qonunlarning normalariga nisbatan ustunlik xarakteriga ega. Chunki Konstitutsiya barcha boshqa qonunlar uchun poydevordir.

Shuning uchun ham Konstitutsiyaning 16-moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «Birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas». Agarda birorta normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid keladigan bo’lsa, u bekor qilinishi lozim.

O’zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini ta'minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va amalda qo’llaniladi.

Xo’sh, Konstitutsiyaning bu moddasiga binoan qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug’ilishi tabiiydir.

Normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishni uning qaysi bosqichda amalga oshirilishiga qarab, quyidagi ikki turga bo’lish mumkin:

Birinchidan, dastlabki nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar loyiha shaklida tayyorlangan vaqtida ularni huquqiy ekspertizadan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan qonunining 18-moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin».

Ikkinchidan, keyingi nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin amalga oshiriladi. Keyingi nazoratning o’zini ham ikki turga bo’lish mumkin.

a) normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan keyin, ammo u hali kuchga kirishidan avval amalga oshiriladigan nazorat. Bu nazorat ham Adliya vazirligi tomonidan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar qabul qilgan umummajburiy xarakterga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishdan avval amalga oshiriladi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyingina kuchga kiradi.

O’zbekiston Respublikasida vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning umummajburiy xarakterdagi normativ-huquqiy hujjatlarining Konstitutsiya va qonunlarga mosligini ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 17 iyunda «Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» va 1997 yil 9 oktyabrda «Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar me'yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida» qarorlar qabul qildi.

Bu qarorlarning mohiyati shundaki, ular umummajburiy xarakterdagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilishining majburiyligini ta'minlab berdi. 1997 yil 9 oktyabrdagi qarorda belgilanishicha, agar shunday hujjatlar davlat ro’yxatidan o’tkazilmasa, ular yuridik kuchga ega bo’lmaydi. Konstitutsiya yoki qonunga zid bo’lganlari esa davlat ro’yxatiga olinishi mumkin emas. Ana shunday yo’l bilan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligi ta'minlanmoqda.

b) kuchga kirgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligi yuzasidan nazorat. Bunday nazoratni barcha davlat organlari amalga oshiradilar.

Umuman olganda, qonunlarning ijro etilishi va normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mos bo’lishini nazorat qilish qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan olib boriladi.

Qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilib borish Oliy Majlis faoliyatida o’ziga xos o’rin tutadi. Oliy Majlis tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish, ularning ta'sirchanligini o’rganish, qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etish maqsadini ko’zlaydi. Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalari har yili qariyib 50 ta qonunning ijrosini o’rganadilar. Qonun hujjatlari talablari qanday bajarilayotganligi deyarli barcha vazirliklar va idoralarda, viloyatlarda tekshiriladi.
2-savol. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta'minlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) instituti muhim rol o’ynaydi(Xalilov E.?. O’zbekiston Respublikasining Parlamenti: Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning faoliyati. -T.: O’zbekiston, 1999, 11-17 betlar). Er yuzida inson borki, u doimo o’z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun imkoniyat izlagan, Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro o’rtasidagi munosabatlarga yanada aniqlik kiritdi. Ombudsman fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi, munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir. Ombudsman (Hombutsmen) shvedcha so’z bo’lib, hukumat idoralari faoliyatini taftish, nazorat qiluvchi mansabdor shaxs yoki vakil ma'nosini anglatadi(Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lu?ati. -T.: Sharq. 1998, 179-b).

Ushbu faoliyat turiga oid ma'lumotlar hozirgi zamon huquqiy adabiyotlarida keng tarqalgandir. Biroq jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashda Ombudsman institutining o’ziga xos talqini va tarixiy ildizlari mavjud. Shu nuqtai nazardan, amerikalik mutaxassis Din Gottererning bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir. U shunday deb yozadi: Ombudsman institutining ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ombudsmanning tarixiy ildizlaridan biri Qur'oni Karim va islom mafkurasining bir qismi sifatida odillik tamoyillaridan kelib chiqadi(Gotterer D. Ombudsman haqida Demokratlashtirish va inson huquqlari jurnali. 1999, 1-son, 27-b.). O’sha payt inson huquqi va erkinliklarini himoya qilish, mulkiy, oila va nikohga oid huquqlarni tartibga soluvchi hamda shikoyatlarni qabul qilish va nizolarni hal qilish uchun muxtasib mansabi dastlab halifa Umar tomonidan tashkil etilgan edi. Keyinchalik ana shunday muxtasib mansabi Movarounnahrdagi mavjud xonliklarda ham tashkil etilgan bo’lib, ular asosan fuqarolarning shikoyatlarini adolat nuqtai nazaridan hal etishga intilganlar.

Shunday qilib, Ombudsman institutining ildizlari Din Gotterer ta'kidlaganidek, Sharq mamlakatlari davlatchiligiga borib taqaladi. Biroq, Er yuzida rasmiy ravishda esa, birinchi marotaba Ombudsman instituti 1709 yil Shvetsiya qirolligi huzurida tashkil topgan. 1709 yili Shvetsiya qiroli Karl XII Poltava janglarida mag’lubiyatga uchrab, Turkiya davlatiga qochib ketadi. Qirolsiz qolgan Shvetsiyada tartibsizlik boshlanadi. Bundan xabar topgan Karl XII Turkiyada turib, 1713 yil Shvetsiya qirolligi huzurida Ombudsman tashkil qilish haqidagi qonunga imzo chekadi. Bugungi kunda deyarli barcha demokratik mamlakatlarda Ombudsman instituti tashkil etilgan. Ombudsmanning muhim xususiyatlaridan biri uning mustaqilligidir.

Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) demokratik yo’ldan borayotgan jamiyatimizdagi inson huquqlari bilan bog’liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili Ombudsman 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan qonunda berilgan vakolatlariga muvofiq faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda.

O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonuni 26-moddasining birinchi qismiga muvofiq «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarori O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi».

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 1-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti «fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir».

Bu normaga ko’ra, Prezident birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilayotganligini, ikkinchidan esa, ularning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilib boradi.

Konstitutsiyaga ko’ra, qonunlar Respublika Prezidenti tomonidan imzolanadi, boshqacha qilib aytganda, o’zining rasmiy tasdig’ini topadi. Agar Prezident qabul qilingan qonunda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilmagan yoki u Konstitutsiyaga zid deb hisoblasa, Konstitutsiya 93-moddasining 14-bandiga muvofiq qonunga o’z e'tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agarda boshqa normativ-huquqiy hujjat, masalan, Vazirlar Mahkamasining qarori, vazirning buyrug’i, hokimning qarori Konstitutsiyaga yoki qonunlarga zid bo’lsa, Respublika Prezidenti shu moddaning 13-bandiga muvofiq uni to’xtatishga yoki bekor qilishga haqli.

«Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi Qonunni 26-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq «Hokimlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to’xtatiladi va bekor qilinadi».

Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, qonun ustuvorligini ta'minlashda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi asosida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar loyihalarining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega.


3-savol.Keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan insonparvarlik, adolatparvarlik g’oyalariga asoslangan jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o’zining samarasini bermoqda.

Masalan, Respublikamiz Prezidenti tomonidan loyihasi kiritilib, 2001 yil 29 avgustda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish haqiqida»gi Qonun bilan jinoyatlarni tasniflash engillashtirish ma'nosida takomillashtirildi, yarashuv instituti joriy etildi, Jinoyat kodeksidagi o’lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirildi, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo’llanildi.

O’zbekiston Respublikasining «Prokuratura to’g’risida»gi 2001 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan Qonunining 20-moddasiga muvofiq «Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi».

4-savol. Huquqiy davlat tushunchasi demokratik davlat tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, demokratik, huquqiy davlat kuch, inqilob bilan emas, balki tabiiy-tarixiy evolyutsion yo’l bilan barpo etiladi. Albatta, har qanday jamiyatda huquqiy davlat tushunchasi u yoki bu qonunlarning mavjudligi bilan belgilanmaydi. Negaki, qonunlar huquqiy normalar majmui sifatida har bir davlatda mavjud va har qanday hokimiyat ulardan foydalanadi. Hamma gap o’sha qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarilishidadir.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma'ruzalarida «Huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini belgilaydigan amaldagi kodekslar, qonunlar, me'yoriy hujjatlarni tanqidiy baholagan holda huquqiy davlatni shakllantirish borasida birinchi galda qabul qilishimiz zarur bo’lgan yangi qonun va me'yoriy hujjatlarni aniqlab olishimiz kerak» deb ta'kidlab o’tdilar(Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. -T.: O’zbekiston, 29-b.).

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlashda yurtboshimizning 1996 yil 31 oktyabrdagi «Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi»ni tuzish to’g’risidagi farmoni alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. Bugungi kunda Milliy markaz mamlakatimiz va butun jahondagi inson huquqlari, erkinliklarini jahon xalqaro huquq normalari asosida himoya etishning ta'sirli vositasi sifatida faoliyati ham ibratli bo’lmoqda. Biroq bu borada demokratik tamoyillarni hayotga to’liq joriy etilishida jiddiy ayrim muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma'nodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, «Sudlar tom ma'nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat'iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz ta'minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar»(Karimov I.A. Biz tanlagan y?l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik y?li. T. II. –T.: O’zbekiston, 2003, 31-b.). Darhaqiqat qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta'minlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday asos qolmaydi.


Sudlar tomonidan davlat organlari huquqiy hujjatlarining Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligini nazorat qilinishi - sud organlarining vakolatlaridan biri hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasi «Davlat organining yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish», deb nomlangan bo’lib, uning birinchi qismiga muvofiq «Davlat organlarining yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin».

Sud huquqiy hujjatni haqiqiy emas, deb qaror chiqargan taqdirda, bu qaror hamma davlat organlari va boshqalar uchun ham majburiydir. Chunki Konstitutsiyaning 114-moddasida «Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir», deb mustahkamlab qo’yilgan.

Sud qaroriga ko’ra haqiqiy emas deb e'lon qilingan huquqiy hujjat - yuridik kuchga ega emas. Agarda biron-bir hujjatning qonuniyligi to’g’risida sud qarori mavjud bo’lsa, o’sha hujjat yuzasidan fuqarolar yoki tashkilotlar sudga yana shikoyat qilishlari mumkin emas.

Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviyligini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga yuklatilgan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonunlarning va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan boshqa hujjatlarning, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumat qarorlarining, davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi.

Konstitutsiyaning ushbu moddasida ko’rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga yoki qonunlarga mosligini umumiy yurisdiktsiya yoki xo’jalik sudlari nazorat qilishga haqli emaslar. Ularning Konstitutsiyaga mosligini aniqlash Konstitutsiyaviy sudning mutlaq vakolatiga kiradi.

Shu erda yana bir savol tug’iladi. Konstitutsiyaviy sud faqatgina normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qiladimi yoki normativ bo’lmagan individual huquqiy hujjatlarning ham Konstitutsiyaga mosligini nazorat qiladimi? Bu to’g’rida Konstitutsiyada ham, boshqa qonun hujjatlarida ham aniq ko’rsatilmagan. Ammo, O’zbekiston Respublikasining «Prokuratura to’g’risida»gi Qonunining 13-moddasini oxirgi qismiga muvofiq «O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega bo’lgan hujjatlar bundan mustasno) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi» degan norma mustahkamlangan.

Agar shu norma asos qilib olinadigan bo’lsa, fikrimizga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi respublika Prezidentining individual xarakterga ega bo’lgan farmonlarining yoki Vazirlar Mahkamasining individual xarakterga ega bo’lgan qarorlarining Konstitutsiyaga mosligini ham nazorat qilmasligi lozim.

Prokuror qabul qilgan qarorlar ustidan, shuningdek, respublika Bosh prokurori qabul qilgan individual xarakterga ega bo’lgan buyruqlar va boshqa hujjatlar ustidan amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, sudga shikoyat qilish mumkin emas. Chunonchi, «Prokuratura to’g’risida»gi qonunning 7-moddasida prokuror qabul qilgan «qaror ustidan yuqori turuvchi ppokypopga shikoyat qilinishi mumkin» degan qoida mustahkamlab qo’yilgan.

Fikrimizcha, bu normaning o’zi Konstitutsiyaga mos emas. Konstitutsiyaning 44-moddasida «Har bir shaxcga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayri-qonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi», deb ko’rsatilgan.

Agarda umumiy yurisdiktsiya sudlarida yoki xo’jalik sudlarida Konstitutsiyaning 109-moddasida sanab o’tilgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligiga shubha bo’lsa yoki bu masalada fuqarolarning shikoyatlari bo’lsa, Oliy sudning raisi, Oliy xo’jalik sudining raisi ushbu normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga mosligini aniqlab berishni co’pab, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishi mumkin.

Bunday holda ular Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishlari shartmi yoki bu ularning huquqlarimi, degan o’rinli savol tug’iladi. «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida»gi qonuniing 19-moddasiga muvofiq bu ularning huquqlaridir. Demak, ular xohlasalar Konstitutsiyaviy sudga masalani ko’rib chiqish uchun murojaat etadilar, xohlamasalar yo’q.

Normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishda ko’rsatib o’tilgan organlarning, jumladan, Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari muhim ahamiyat kasb etadi va mamlakatimizdagi islohotlarning keyingi bosqichlarida yana ham takomillashib boradi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qonun ustuvorligi quyidagi uchala holat bo’lgandagina, o’zining to’liq ifodasini topadi.

Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar adolat printsipiga, inson huquqi va manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy asoslangan bo’lishi shart.

Ikkinchidan, barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talabi barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan qat'iy bajarilishi zarur.

Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo’lishi – qonun ustuvorligini ta'minlashning asosiy mexanizmlarini tashkil etadi. Demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo’lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir. Albatta, demokratik jamiyat qurish faqat qonun ustuvorligi bilan cheklanib qolmaydi, balki xalqimizning milliy-ma'naviy negizlariga tayanishni taqozo etadi va zaruriy sharti qilib qo’yadi.

ADABIYoTLAR:
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2003.

2. Karimov I.A.Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8.-T.: O’zbekiston, 2000.

3. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T.9.-T.: O’zbekiston, 2001.

4. Karimov I.A Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10.-T.: O’zbekiston, 2002.

5. Karimov I.A Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.11.-T.: O’zbekiston, 2003.

6. Karimov I.A El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish – har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. //Ishonch. 2004 yil 26 may

7. Azizxo’jaev A.A Demokratiya – xalq hokimiyati demakdir. – T.: 1996.

8. Azizxo’jaev A.A.Davlatchilik va ma'naviyat. – T.: Sharq, 1997.

9. Amir Temur jahon tarixida. YuNESKO. Parij – 1996.

10. Gadoyboev A. Obod mahalla – adolatli, demokratik jamiyat tayanchi. –Demokratlashtirish va inson huquqlari, 2003, №1.

11. Devid Bitem, Kevin Boyl. Demokratiya: 80 savolga 80 javob. T., 2001.

12. Jalilov Sh. Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari: Tajriba, tahlil, amaliyot. –T., «O’zbekiston», 2001.

13. Jo’raev S. Fuqarolik jamiyati: nazariya va amaliyot (ilmiy-tahliliy maqolalar to’plami). T., 2003.

14. Jumaev R.Z. Davlat va jamiyat: demokratlashtirish yo’lida. -T.: «Sharq», 1998.

15. Otamurotov S. Hokimiyat va demokratiya mutanosibligi. – Ta'lim tizimida ijtimoiy- gumanitar fanlar. №1-2 sonlar, 2003.

16. Otamurotov S., Quvvatov N. Kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga: Oliy o’quv yurtlar uchun o’quv qo’llanma (mualliflar jamoasi) Istiqlol, demokratiya fuqarolik jamiyati. Toshkent, 2003.

17. Sagdullaev A. «Avesto» - tarixiy geografiyani o’rganish manbasi sifatida. «Avesto» kitobi tariximiz va ma'naviyatimizning ilk yozma manbai. -T., 2000.

18. Ergashev I. va boshqalar. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. Darslik. T., “Navro’z” nashriyoti, 2005.

19. Ergashev I., Sharipov B., Jakbarov M. Jamiyatni erkinlashtirish va ma'naviyat. -T.: «Akademiya», 2002.

20. Ergashev I. Demokratiya – milliy va umumbashariy qadriyat. Jamiyat va boshqaruv, №2, 2004.



21. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh. -T.: «O’zbekiston», 2001 y.

22. G’ulomov M. Mahalla - fuqarolik jamiyatining asosi. -T.: Adolat, 2003.
Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish