3-bosqich. Yelimlash.
Tayyor qirqib olingan tasvirlar bir-biriga elim orqali yopishtiriladi. Ushbu
jarayonda ikkala nushaning bir-biriga tekis va atroflari teng ustma-ust tushishiga
e’tibor qaratish zarur.
4-bosqich. Pardozlash.
Tayyorlangan qo‘g‘irchoqqa pardoz berish jarayonida rangli qalamlardan yoki
rangli qog‘oz va turli bo‘yoqlardan foydalanish mumkin. Ushbujarayonda estetik
did muhim o‘rin tutadi. Bezakni tanlash qo‘g‘irchoqning xarakter xususiyatlaridan
kelib chiqadi.
5-bosqich. O‘rnatish.
Yapaloq (tekis) qo‘g‘irchoq yasash jarayonida ushbu bosqich muhim ahamiyat
kasb etadi. O‘rnatishda qo‘g‘irchoqning pastki qismidagi qoq yopishgan yeridan
qisman ochib, ostiga muvozanat saqlashi uchun muayyan o‘lchovda yanada
qalinroq karton qog‘ozi yopishtirish mumkin.Yoki bo‘lmasa, plastilindan ham
foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |