5-mavzu polimer materiallarning asosiy xossalari. Polimir materiallari va buyumlar (pmb). Plastmassalar reja



Download 26,43 Kb.
bet3/10
Sana01.04.2022
Hajmi26,43 Kb.
#522928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5 maruza Polimer materiallari (1)

Qotirgichlar (katalizatorlar) plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallar qotish jarayonini tezlashtiradi va yuqori mustahkamlikdagi mahsulotlar olishni ta’minlaydi. Qotirgichlar sifatida kislotalar va ishqorlar, orgono-mineral komplekslar va sh.k. ishlatiladi.
Qotirgichlar (katalizatorlar) polimerlar qotishi jarayonida reaksiyaga kirishib yangi modda hosil qilmasdan faqat jarayonni tezlashtirish xossasiga egadir. Ular qo‘llanilishi tufayli polimerlanish jarayonlari atmosfera bosimi va xona harorati sharoitida qisqa muddat ichida yuz beradi va mahsulot tannarxini keskin kamayishiga sabab bo‘ladi.
Stabilizatorlar plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallarning vaqt bo‘yicha eskirishini oldini oladi. Ular plastmassalarni quyosh nuri, havodagi kislorod va boshqa gazlar, issiqlik va sh.k. muhitlar ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Bo‘yoqlar plastmassalarga ma’lum rang beradi. Bo‘yoqlar sifatida organik moddalar (nigrozin, xriozoidin) va mineral pigmentlar (oxra, mo‘miyo, ultramarin, belila, umbra va boshq.) ishlatiladi.
Poroforlar (g‘ovak hosil qiluvchi) plastmassa tarkibida polimerlarni (ko‘paytirish) usulida engil materiallar olish uchun xizmat qiladi.
Plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallar tarkibi uchun komponentlarni to‘g‘ri tanlash va ular orasidagi mutanosiblikni saqlash ular asosida tayyorlanadigan buyum va konstruksiyalar xossalarini va ishlatilish sohalarini belgilaydi.
Plastmassalarning asosiy xossalari
Plastmassalar qurilish materiallari ichida konstruktiv sifat ko‘rsatkichi yuqori, ya’ni xususiy massasi kam, mustahkamligi esa yuqori material hisoblanadi. Ular alyuminiydan 2 marta, po‘latdan 5-6 marta engil. Plastmassalarning zichligi 0,8-1,8 gsm3, o‘rtacha zichligi esa 20 dan 2200 kgm3 gacha o‘zgaradi.
Plastmassalar mustahkamligi keng chegaralarda o‘zgaradi. Kukun va tolasimon to‘ldirgichli plasmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 120160 MPa, yog‘och shponli plastiklarniki 200-220 MPa, SVAM niki (shisha tolali anizotrop material) esa 420 MPa. Poroforli plastmassalarning siqilishdagi mustahkamligi odatda 0,1-10 MPa atrofida bo‘ladi.
Tolasimon va qatlamli to‘ldirgichli plastmassalarning uzilishdagi mustahkamlik chegarasi yuqori bo‘ladi. Masalan, tekstolitniki 150 MPa, yog‘och shponli plastmassalarniki 350 MPa.
Plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanligi uning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ta engil plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,03 Vt(m.0S).
Plastmassa turiga qarab ishqor, kislota, tuz eritmalari va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi. YUqori zichlikdagi va mustahkamlikdagi plastmassalar edirilishda va zarbga bardoshlidir.
Plastmassalar tarkibiga bo‘yoqlar qo‘shilib turli rangli mahsulotlar olish mumkin.
Organik shisha (polimetilmetakrilatlar) shaffof bo‘lib, 1% dan kam ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi, oddiy oyna esa 70% dan ko‘p nurni o‘tkazadi.
Plastmassalarni arralash, teshish, frezerlash, randalash, charxlash va boshqa texnologik ishlov berish oson. Plastmassa buyumlarni o‘zaro va boshqa materiallar (metall, yog‘och, mato va sh.k.) bilan elimlash mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanib turli xususiyatlarni o‘ziga mujassam qilgan elimlangan qurilish buyumlari, konstruksiyalari va qismlari tayyorlanadi.
Plastmassa buyumlarni payvandlash osonligi ular asosida mustahkam yig‘ma konstruksiyalar tayyorlash imkonini beradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash usulida truboprovodlar, korroziya muhitidan himoyalovchi gidroizolyasiya qatlamlari hosil qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin.
Ba’zi plastmassalarning (polimerlar) yoriqlarisiz o‘ta yupqa pardalar hosil qilish imkoniyati ular asosida korroziyaga bardoshli va pardozlash bo‘yoqlari va loklari tayyorlashga zamin yaratadi.
Plastmassalar va boshqa kompozitsion polimer materiallar o‘ziga xos kamchiliklarga ega. Plastmassalarning issiqqa bardoshliligi yuqori bo‘lmay, 700S dan 2000S gacha bo‘ladi.
Issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti yuqoriligi plastmassalarning asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi. Odatda 25-120.10-6 atrofida bo‘lib, po‘latning ushbu ko‘rsatkichidan 2,5-10 marta ko‘pdir. Plastmassalarning bu kamchiligini boshqa materiallar bilan kombinatsiyalashgan buyum va konstruksiyalar olishda, antikorrozion qoplamalar hosil qilishda, katta o‘lchamdagi konstruksiyalarni yig‘ishda (masalan, truboprovodlar, havoyi konstruksiyalar) hisobga olish zarur. Plastmassalarning bu kamchiligini tarkibiga imkon qadar to‘ldirgichlar kiritish usuli bilan bartaraf etish mumkin.
Plastmassalarning kamchiliklaridan biri yuklama ta’sirida vaqt davomida deformatsiyaning ortib borishidir (polzuchest). Bu kamchilik plastmassalar asosida yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan konstruksiyalar tayyorlashda hisobga olinishi kerak.
Ba’zi plastmassalar yuqori harorat ta’sirida va yonganda zararli gazlarni ajratib chiqaradi va atrof-muhit yoki xonalarda toksinlashgan sharoitni hosil qiladi. Polivinilxlorid singari termoplastik polimerlar xona harorati va namligi sharoitida ham inson uchun zararli xlor moddasini ajratadi. Plastmassalardan zararli gaz va suyuqliklar ajrlishini bartaraf etish uchun tarkibiga stabilizatorlar qo‘shiladi.
Plastmassalarning umumiy kamchiligiga quyosh nuri va kislorod ta’sirida eskirishi kiradi.
Plastmassalardan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning asosiy xossalari va muayyan muhitlarga bardoshliligi ularning ishlatilish sohalarini belgilaydi.
Plastmassalarning xossalarini tarkibiga turli modifikatorlar kiritib o‘zgartirish, yaxshilash va boshqarish mumkin.
3. Polimer bog‘lovchi moddalar

Download 26,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish