5-mavzu. Paxtani qo’lda va mashinada terish qoidalari Reja



Download 205,08 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi205,08 Kb.
#729806
Bog'liq
5.docxмаруза


5-mavzu. Paxtani qo’lda va mashinada terish qoidalari
Reja:
1.Paxtani qo’lda terish. Texnik paxtalarni terish, topshirishga tayyorlash.
2.Urug’lik paxtalarni topshirishgacha bo’lgan jarayonlarning bajarilishini nazorat qilish.
3. Paxtani mashinada terish. Paxtani mashinada terish uchun muljallangan dalalarni tayyorlash.
4.Terim mashinalarining tayyorligi.
5.Mashina tiplari va markasi. Mashinada teriladigan dalalarning paxtasini ochilish mikdori va barglarining defoliatsiya o’tkazilgandan sunggi tuqilishi darajasi.


Respublikamizda paxta etishtirishdagi mehnat sarfi gektariga 900-1000 odam-soatga, ya’ni AQShga nisbatan 10 marta ortiq. Buni traktor va qishloq xo’jalik mashinalarining texnik darajasi pastligi, ulardan Qoniqarsiz foydalanish bilan tushintirish mumkin.Bizning paxtachilikda sarflanadigan mehnatning deyarli yarim hosil yig’ib olish davriga to’g’ri keladi. Agar respublikamizda bitta 2 qatorlik paxta terish mashiiasiga mavsum davomida o’rtacha 100 tonna paxta to’g’ri kelsa, AQSh da bitta shunday mashinaga 200-300 tonna paxta to’g’ri keladi. Mana shundan ko’rinib turibdiki,_mashinalardan foydalanish bo’yicha AQSh dan qanchalar orqadamiz. Paxta etishtirishda industrial texnologiyaning asosiy ilmiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:
ekish oldi ishlaridan 4 gildirakli 2-sinfdagi traktorlaming hamda keng qamrovli agregatlarni ishlatish; go’zani tomchilatib sugorish texnologiyasini Qo’llash. Bunda paxta hosili 20 -30% ga oshadi va suv 50 % tejab qolinadi; paxta terish o ‘chun yangi texnologiya va mashinalarni ishlab chiqish vama vjudlarini takomillashtirish.
Mashinada paxta terishga qo’yidagi agrotexnik talablar qo’yilagan.
1. O’simlik barglari sun’iy to’ktirilgan bo’lishi kerak. Bunda to’kilgan barglar miqdori 90% kam bo’lmasligi kerak.
2. G’o’za mashina bob qilib yetishtirilgan bo’lishi kerak. Bir gektardagi tup son 85000 donadan kam bo’lmasligi kerak, g’o’zaning balandligi 105 sm dan baland 85 sm dan kam bo’lmasligi kerak.
3. Mashina terimiga ajratilgan dala begona o’tlardan tozalangan bo’lishi kerak.Yotib qolgan g’o’zalar miqdori 3 % ko’p bo’lmasligi kerak. G’o’za qator orasiga oxirgi marta sifatli kultivatsiya o’tkazilgan bo’lishi kerak. 
4. Mashina terimiga ajratilgan dalaning bosh va etak qismida eni 8 metrdan kam bo’lmagan qayrilib olish polosalari tayyorlangan bo’lishi kerak. 
5. Vertikal shpedelli paxta terish mashinasida birinchi mashina terimi ko’saklarning 65…70 % ochilganda boshlanadi. Ikkinchi mashina terimi 10…12 kun o’tgandan so’ng o’tkaziladi. Gorizontal shpedelli paxta terish mashinadalarida paxtani terish ko’saklarning 90…95% ochilganda bir marta amalga oshiriladi. 
6. Mashinalar ochilgan ko’saklarning barchasidagi paxtani ifloslantirmasdan terib olishi kerak. Bunda to’kilgan paxta miqdori 
3 % ko’p bo’lmasligi kerak. Bunkerdagi paxtaning iflosligi va namligi paxtani qabul qilishning davlat standaratlariga mos kelishi kerak. 
2. Paxta terish mashinalari: 1) ishlash prinsipiga ko’ra-mexanik, pnevmomexanik va pnevmatik bo’ladi;
2) traktor bilan agregatlanib ishlatilishiga qarab: a) o’rnatma; b) yarim o’rnatma;
v) o’zi yurar;
3) teriladigan qatorlar soniga qarab:
a) bir qatorli;
b) ikki qatorli;
v) to’rt va olti qatorli.
4) Shpindelli (pnevmomexanik) paxta terish mashinalari asosiy ish organining joylashishiga qarab: a) vertikal shpindelli; b) gorizontal shpindelli (bu mashinalar murakkab konstruksiyada bo’lganligi sababli bizning sanoatimiz ishlab chiqarmaydi) mashinalarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda fakat vertical va gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari ishlab chiqarilmoqda.
Vertikal shpendlli paxta terish mashinasida apparat karkasi (ramasi) terish apparatining barcha qismlarini o’ziga birlashtiradi.Shuning uchun ham uning konstruksiyasi ancha murakkabdir.
Shpindelli baraban mashinaning asosiy ish organi bo’lgan shpindellarni malum vaziyatda tutib turib, harakatlantirish uchun xizmat qiladi.Har bir qatordagi g’o’za tuplariga ishlov berish uchun terish apparatiga to’rtta (ikkita o’ng va ikkita chap) shpindelli baraban o’rnatilgan bo’ladi. Barabanlar podshipniklarining yuqorigi va pastki korpuslari bilan apparat ramasiga mahkamlanadi. Shpindellar paxta terish mashinasining asosiy ish organi.Hozir qishloq xo’jaligimizda ishlatilayotgan paxta terish mashinalarida ikki xil shpiidel ko’proq ishlatiladi:
1.O’zida maxsus to’rt qator tishlar qirqilgan sterjen shaklidagi shpindel.
2.Tarkibiy shpindel (bunday shpindellarni mexanizatorlar yuvilmaydigan shpindellar deb atashadi).
Shpindellar tishlarining yo’nalishi bo’yicha o’ng va chap shpindellarga bo’linib, o’zlariga mos barabanlarga o’rnatiladi.Shpindellar tishlarining yo’nalishi bo’yicha o’ng yoki chapligini bilish uchun uning rolik qismidan qaraladi.Bunda tishlarining yo’nalishi soat strelkasi bo’yicha yo’nalgan bo’lsa, u o’ng va, aksincha bo’lsa, chap shpindel deb ataladi.Shpindellar diametri 24 mm, uzunligi 631 mm li trubadan tayyorlangan bo’lib, sirtiga chuqurligi va qadami 2 mm li to’rt qator tishlar ochilgan. Trubaning yuqorigi uchiga aylantirish roligi presslangan.Sharikli podshipnik shpindel qapqog’i bilan birga shpindelning yuqorigi tayanchini hosil qiladi, pastki tayanchi esa himoya kosachali barmoq va shpindelga presslab o’tkazilgan metall-keramik vtulkadan tuzilgan.
Oxirgi paytlarda olimlarimiz tarkibiy deb nomlangan shpindellarni yaratdilarki, bu shpindellar tishli shpindellarga nisbatan o’zining qator ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.Ammo bu xildagi shpindellarning kamchiligi ham bor: ularning tishli spiralining tebranishi tufayli tolani qirqib yuborishini ko’rsatish mumkin.
Cho’tkali ajratgichlar: shpindellarga ilashgan paxtani ajratib olish va uni’ qabul kamerasiga uzatishga xizmat qiladi.Cho’tkali ajratgichlarning asosiy ish organi plankali cho’tka hisoblanadi.Sakkizta cho’tkali planka valga to’rt separator tutkichlari orqali boltlar bilan maxkamlangan bo’lib, cho’tkali ajratgich barabanini tashkil etadi.Ajratgichlar barabani harakatni Z=12 shesternyalar orqali oladi.
Terish apparatining osmasi apparatlarni yagona blokka birlashtirib, ularni bir butun holda ko’tarib tushirishga imkon beradi. Tarqatish reduktori traktorning ketingi quvvat olish validan mashinaning asosiy ish organlari: terish apparatlari, ventilyatorlar va suv nasosiga harakat uzatish uchun xizmat qiladi.Tarqatish reduktorining konstruksiyasi ventilyator va suv tizimlarining ham bir vaqtda ishga tushishiga imkon beradi Paxta terish mashinasining pnevmatik tizimi markazdan qochma tipdagi o’ng va chap ventilyator, so’rish va haydash trubalaridan iborat. Boshqarish maydonchasida mashina ishini boshqaruvchi organlar joylashgan. Mashina bunkeri terilib to’plangan paxtani qop qonorsiz tashish mashinalariga to’kishga mo’ljallangan.Bunkerning yuqorigi qismiga uning ichkarisiga tushib, xizmat ko’rsatib turish uchun maxsus lyuk qo’yilgan. Mashinaning barcha ish organlariga harakat;traktorning quvvat ajratish validan tarqatish reduktori yordamida uzatiladi.
Mashina asosiy ish organi - shpindellarni yuvish uchun suv tizimi bilan jihozlangan.Elektr jihozlari kechasi ham ishlashga imkon beradi.
Boshqarish maydonchasining mashina old qismiga joylashishi mexanik haydovchi tomonidan uning ish jarayonini nazorat qilib borishiga imkoniyat yaratadi.
Paxta terish mashinasining texnologik ish jarayoni quyidagicha kechadi.
Mashina g’o’za egatlari bo’ylab harakatlanayotganda paxtasi terilayotgan qatorlardagi g’o’za tuplari tup ko’targich va tup yo’naltiruvchi chiviqlar yordamida terish apparatining ikki ko’shni (o’ng va chap) juft barabanlari orasiga, ish tirqishiga yo’naltiriladi.Bu yerda bir qatordagi g’o’za tuplariga to’rtta (ikkita o’ng va ikkita chap) shpindelli juft barabanlar hosil qilgan oldingi va orqa juft barabanlar xizmat qiladi.Mashina shu to’rtta shpindelli baraban bitta terish apparatini tashkil etadi.
Shpindelli barabanlar ish tirqishi terish zonasida mashina yo’nalishiga teskari tomonga aylanma harakat qiladi.Bu barabanlarning aylanma tezligi mashinaning ilgarilanma tezligidan 1,57 marta katta bo’lganligi sababli g’o’za shoxlari va poyalari ish tirqishiga qiyshaymasdan yoki og’masdan o’zi kirib boradi, ko’p shikastlanmaydi.Juft barabanlar orasidan o’tayotgan g’o’za tuplari ish tirqishining kichikligi sababli birmuncha qisiladi.Mana shu yerda barabanlarga o’rnatilgan shpindellar, ularning rolikli qismiga qo’zgalmas qilib tashqaridan o’rnatilgan ponasimon tasmalarga ishqalanib,barabanlar harakatiga teskari yo’nalishda o’z o’qlari atrofida aylanma harakatga keltiriladi.Shpindellarning ish qismlari yuzasidagi tishlari vositasida ochilgan chanoqlardagi tolani o’zlariga ilashtirib o’rab oladi.Shpindellar ish tirqishida ham baraban bilan, ham ponasimon tasmalar orqali o’z o’qi atrofida aylanma harakatda ishtirok etadi, shu sababli ochilgan chanoqlardagi paxta tolasini o’z tishlariga ilashtirib, terish jarayonining birinchi bosqichini bajaradi.
Aylanayotgan barabanlar shpindellarni terish zonasidan olib chiqib, unga teskari yo’nalishda joylashgan qaytarib berish zonasiga keltiradi.Bu yerda shpindellar yana rolikli qismi bilan ichkaridan, yani baraban o’qi tomonidan teskariga aylantiruvchi kolodkalarga ishqalanib, o’z o’qi atrofida terish zonasiga nisbatan teskari yo’nalishda harakatlanadi.Mana shu paytda shpindellar maxsus cho’tkali ajratgichlar bilan ham tasirlashadi.Cho’tkali ajratgichlarning aylanish tezligi shpindellarnikiga nisbatan olti marta katta bo’lganligi sababli shpindellarga ilashgan paxta tolasi to’lik ajratib olinadi va markazdan qochma kuchlar vositasida qabul kamerasiga tashlanadi.Qabul kamerasiga tushgan paxta ventilyator hosil qilgan havo oqimi vositasida qabul kamerasidan) surilib, mashina bunkeriga olib ketiladi.Qabul kamerasining tubi yo’qligi sababli barcha og’ir narsalar (tosh, kesak, hom ko’sak va boshqalar) bunkerga uzatilmay, yerga tushib ketadi.Ko’p yillik izlanishlar natijasi, shuningdek, ilmiy manbalar tahlili shuni ko’rsatayaptiki, vertikal shpindellar bilan paxta terish tarzi ham o’z muayyan imkoniyatlarini batamom topganicha yo’q, shuning uchun hukumatimiz 1996 yildan boshlab AQShning "Keys" firmasidan gorizontal shpindelli paxta terish mashinasini sotib olmoqda.Gorizontal shpindelli mashinasining afzaliiklari quyidagilardan iborat:gorizontal shpiidellar paxta tupiga ehtiyot bilan ishlov beradi va barcha ochiq chanoqlardagi paxtalarni terib oladi;har bir terish apparatining 432 ta shpindeli bo ‘lib, paxtani terishda N8000 tishlar qatnashadi va erga paxtani oz miqdorda to ‘kadi.shpindellar tozaligini va paxtani ilib olishini yaxshilash uchun Jlar bir qatordagi terim apparatida ikkitadan namlagich kameralari mavjud;har bir qatordagi shpiidellarni o ‘zi tkqilmayditan paxtani ajratgich bilan ta ‘minlangan, uJar paxta sifatini yo ‘qotmagan holda mashinaning havo trasport sistemasiga terilgan paxtalarni etkazadi;mashina ishlashida terim apparati erga nisbatan holati avtomatik ravishda sozlanadi, shuning hisobiga tuproqni so’rish va tuplab ketish hollar bo’lmaydi. Bunday terim apparatlarining bir-biriga bog’liq bo’lmagan avtomatik erga nisbatan sozlash, terim sifatini yaxshilaydi;bunkerning to’kish balandligini 2,9 metrdan -3,6metrgacba o’zgartirishyamkoniyati bor;Gidrohajmli transmissiya, bitta richag bilan boshqariladi va dalaning holatiga qarab mashinani kerakli tezlikda yurishinita’minlaydi.O’tkazilgan tekshirishlar natijalar shuni ko’rsatdiki "Keys" firmasi paxta terish mashinasi vertikal shpindelli bizning mashinalarga nisbatan ish unumdorligi yuqori. Bu esa terim sifatini ko’tarish bilan birga ko’saklar shlkastianishini, bunkerga tushilayotgan paxtaning ifloslanishini va ko’k ko’saklarning to’kilishini kamaytiradi. Bu gorizontal paxta terish mashinasining texnik darajasini yuqori ekinligini ko’rsatadi.
3. Ko’sak terish mashinasining tuzilishi va ishlashi. Mashina quyidagi asosiy qismlaridan: rama, ish apparatlari, tozalagich, ko’ndalang shnekli trasporter, lentali trasporter havo yuklagich, ventilyator, bunkerdan iborat.
Ko’sak terish mashinalari qoldiq hosilni, chala ochilgan va ochilmay qolgan ko’saklarni terish hamda lozim bo’lgan hollarda qisman tozalab berish uchun xizmat qiladi. Mashina markasining o’qshlishi-S-sborщik (teruvchi), K-ko’rak (ko’sak), 0- obogatitelem (tozalagich bilan jihozlangan), 3,6-2,4-4-mashinaning qamrov kengligi, demak, 3,6-to’rt qator 90 sm kenglikda ekilgan paxta hosilini mashina bilan terish mumkinligini ko’rsatadi.
SKO-4 va SKO-3,6 ko’sak terish mashinalarining tuzilishi, texnologik ish jarayoni, sozlanishi, rostlanishi hamda texnik xizmat ko’rsatilishi jihatdan bir biriga o’xshaydi.Mashinalarning asosiy farqi ish apparatlarining joylashishidir.SKR-2,4 mashinasida ish apparatlari 60 sm li qator oralariga, SKO-3,6 mashinasida esa 90 sm li qator oralariga moslab o’rnatilgan.Ko’sak terish mashinalari quyidagi texnologik sxemalarda ishlashi mumkin: 1) terilgan ko’saklarni chuvib, has-cho’pdan tozalaydi, 2) terilgan ko’saklarni chaqib, bunkerga uzatadi, 3) terilgan ko’saklarni tozalamay bunkerga uzatadi.Ular traktorga yarim o’rnatib ishlatiladi, ketingi yo’naltiruvchi g’ildiragi masofadan boshqariladi.
Mashinani ishga tayyorlash. Dalada ishlash uchun ish tirqishining kirish qismidagi kengligi daladagi g’o’zalarning holatiga qarab 18...32 mm chamasida o’rnatiladi, tozalagich g’o’zalarning namligiga qarab tegishli sxemada ishlashga sozlanadi. Qatorlarga kirish oldidan ish apparatlari ishlatiladi va tushiriladi, ish vaqtida apparatlarni mumkin qadar past tutish lozim. Bunkerni terilgan paxtalardan o’z vaqtida bo’shatish va ish organlarini hamda tozalagichning kamerasini tozalash kerak.Ko’ndalang shnek yoki transportyor tiqilib qolganda konveyerning qaytarma tubi ochiladi, uning bo’g’zi va ko’ndalang shnekning kurakchasi tozalanadi.Tozalagich tiqilganda qopqog’idagi lyukni ochib, kamera va shnek tozalanadi.Mashina tiqilgan narsalardan tozalangandan keyin avval qo’l bilan, so’ngra traktor dvigatelining kichik aylanishlarida ishlatib ko’riladi. Ko’sak chuvish (paxta tozalash) mashinasi (UPX-1,5B)Yetishtirilgan hosilning hammasini terib olib, uni tayyorlov punktlariga topshirish majmuasida paxta tozalash mashinalari ham muhim o’rin tutadi.Mashina markasining o’qilishi: U-universal, P-peredvijnoy (ko’chma), X-xlopkoochistitel (paxta tozalagich), 1,5-ish unumi (soatiga 1,5 t tozalanmagan mahsulot hisobida).Bu mashina qo’lda va mashinalar yordamida terilgan ko’sak hamda yerga to’kilgan paxtalarni tozalash va tirkamalarga ortish uchun xizmat qiladi.Ular harakatni dala sharoitida traktorning quvvat olish validan, sharnirli uzatma (kardanli val) orqali, elektrlashgan dala shiyponlarida esa elektr dvigatel shkividan oladi.UPX-1,5B mashinasining undan oldin ishlab chiqilgan UPX-1,5A modifikasiyali mashinasidan farqi, bu mashinada paxtani qop- qanorga tiqish qismining o’rniga tirkama aravalarga ortish qurilmasi o’rnatilgan.UPX-1.5B paxta tozalash mashinasining umumiy tuzilishi.
Mashina rama, havo separatori, pnevmatik yuklash konveyeri, tituvchi tishli baraban, ventilyator, taminlash bunkeri valiklari bilan, parrakli, tishli, arrali barabanlar, cho’tkali ajratgich, qoziq tishli baraban, xas-cho’p chiqaruvchi konveyer (transportyor), yuklash moslamalari va hakozalardan tashkil topgan.
Mashinaning texnologik ish jarayoni quyidagicha kechadi. Tozalanadigan ko’sak pnevmatik yuklagichning soplosiga keltiriladi, keyin undagi rastrubdan havo separatorga suriladi.Bu yerda ko’sak tishli barabanga keladi, u paxtani tur sirti bo’ylab sudrab, mayda xas-cho’plardan tozalaydi va vakuum-klapanga tashlaydi.Vakuum-klapan paxtani taminlash bunkeridagi bir-biriga tomon aylanuvchi taminlash valiklariga uzatadi.Valiklarning aylanish chastotasi mashinaning ish unumiga qarab belgilanadi.Ko’saklarning taminlash kamerasidagi balandligi uning yon devoridagi qizil chiziqdan oshib ketmasligi kerak.
Taminlash valiklari ko’sakni xas-cho’p ajratgich barabaniga bir meyorda uzatib turadi.Xas-cho’p ajratgich barabani ko’sakni titadi va shakldor to’r sirtida sudrab, uni mayda xas-cho’plardan tozalaydi.Xas-cho’p ajratgich ko’sakni chaqish barabaniga tashlaydi.Bu baraban ko’sakni chaqish dekasiga ishqalab chiqadi va kichik parrakli barabanga uzatadi.Hamma turdagi paxtani ko’sakdan tashqari tozalashda chaqish dekasi ishlatilmaydi, mayda ko’k va xo’l ko’sakni tozalashda esa ishlatiladi. Parrakli baraban bilan to’sik orasida massa tekislanib, arrali barabanga uzatiladi.Arrali barabanning tishlariga ilingan paxta baraban bilan turning ajratish kirrasi orasidagi tirqishdan o’tadi.Tishlarga ilinmagan has-cho’plar ayrim paxta bo’laklari bilan birgalikda to’r qirrasining orqasiga, ko’sak chaqish barabanining parraklari tagiga tashlanadi.
4. KV-3,6 va KV-4 g’o’zapoya yulgich-to’plagich mashinalari bir yo’la to’rt qatordagi g’o’zapoyalarni yulib, uzluksiz bitta lenta shaklida to’plab tashlab ketish uchun xizmat qiladi.
Mashina markasining o’qilishi: K-korchevatel (g’o’zapoya yulgich),
V-volokoukladchik (to’dalab yig’ib ketuvchi), 3,6 va 4 -mashinaning qamrov kengligi yoki qatorlar soni.
G’o’zapoya yulgichlarning tuzilishi va asosiy qismlari.
Ramada brusga payvandlangan va unga kosilkalar bilan bog’langan stoykalar bor.Stoykalarning pastki uchlariga payvandlangan kronshteynlarga uzatgichlar chetki reduktorlarining stakanlari mahkamlanadi.Uzatkichlarning o’rta reduktorlari o’rtadagi stoykalarga payvandlangan kronshteynga mahkamlanadi. O’rtadagi stoykalar, shuningdek, pastki va yuqorigi tayanchlar rama brusining yuqorigi qismiga payvandlangan yagona kronshteynni hosil qiladi. Chetki va o’rtadagi kolosniklarning tayanchlari boshqa kronshteynga mahkamlanadi.
Asosiy reduktor uzatkichlarni harakatga keltiradi.Bu reduktor korpus, shesternya bilan bir butun qilib yasalgan yetakchi val, yetaklanuvchi val, yulduzcha, to’rtta podshipnik, shesternya va boshqa detallardan iborat.Reduktor korpusida tiqinlar bilan berkitiladigan ikkita teshik bo’lib, ulardan biri moy quyish, ikkinchisi esa moyni bo’shatib olishga mo’ljallangan.
KI-1,8 va KI-1,2 g’o’za poya yulgich-raaydalagichlar. 0’o’zapoyalarining sug’irish va maydalash bilan bir vaqtda ularni presepga ortish yoki dalaga sochishga mo’ljallangan. Shuningdek bu mashinalar g’o’za poyalarini uyumlaydi yoki g’aramlaydi. Bu mashinalar bir-biridan asosan qamrash kengligi bilan farq qiladi.KI-1,8 maishnasi asosan rama, taqsimlash reduktori, kardanali val, so’guruvchi panjalar, shnekli rifellangan uzatgichlar, tayanch g’ildiraklar, maydalagichlardan va ularga o’rnatilgan yuklagichlardan iborat.Mashinaning texriologik ish jarayoni quyidagicha o’tadi. Mashina yurganda tup yo’naltirgichlar g’o’za poyalarini shnekli rifellangan juvalarga uzatadi. 0’o’zapoyaning yuqori qismi maydalash apparatiga kiradi. Shunda rotor pichog’i maydalay boshlaydi. Ildizlar panjadan ajralishi bilaioq juvalarnirig rifellangan qismi poyaning qolgan qisminin maydalash apparatiga uzatadiMaydalangan massa yuklagich orqali presepga tushadi yoki dalaga sochib ketadi.
Paxta terish mashinalari 1929- yildan boshlab ishlab chiqarila boshlandi. Birinchi paxta terish mashinasi paxtani havo yordami bilan so’rib olishga asoslangan. Bu mashina sakkiz qatorga mo’ljallangan sakkizta shlangli bo’lib, sakkiz ishchi tomonidan boshqarilgan.1930—31- yillarda ÂÈÑXOM konstruktorlari ochilgan paxtani kardolenta yordamida teradigan mashina ixtiro etdi.1933—35- yillarda siyraklashtirilgan havo va ejektor tiðidagi shlangli mashina ishlab chiqarildi.1937- yilda Tashselmash zavodi ko’p soploli havo dami bilan so’rib oladigan mashinaning dastlabki nusxalarini ishlab chiqardi.
1937—41- yillarda Tashselmash zavodining XÇ va XÍ markali, Soyuznixining, ÑÑMAXning „XÃØ“ markali na „ÂÈÑXOM“ ning „ÁØ-4“ markali mashinasi ishlatib ko’rildi.1947- yilda „XÂØÍ“ markali vertikal shpindelli paxta terish mashinasi sinovdan o’tkazildi va ishlab chiqarishga tatbiq etildi. 1948- yilda „XÂØÍ“markali mashinaga o’zgartish kiritilib, SXM48 mashinasi ishlab chiqarila boshlandi.1959- yildan boshlab XÂÑ-1,2 vertikal shpindelli ikki qatorli, ish apparatlari va bunkeri gidravlik ko’tarilib-tushiriladigan, o’ziyurar paxta terish mashinasi ishlab chiqarila boshlandi.
1964- yilda T-28X4 traktoriga o’rnatilgan XT-1,2 ikki qatorli vertikal shpindelli mashina sinovdan o’tkazildi. 1966—68- yillarda 14XÂ-2,4 „O’zbekiston“ mashinasi, 1966—70- yillarda 17XÂ-1,8 keng qatorli (90 sm) paxta terish mashinasi ishlab chiqarila boshlandi. 1970- yildan boshlab keng qator oralariga mo’ljallangan to’rt qatorli XÍ-3,6 paxta terish mashinalari ko’plab ishlab chiqarila boshlandi.
Mashinalar paxtani toza, xas-cho’psiz terishi, yerga mumkin qadar to’kmasligi, terilgan paxtadagi tola bilan chigitni shikastlamasligi, tuplardagi ochilgan paxtani to’liq terishi, g’o’za tuplarini ezib, bosib yubormasligi va shu kabi ko’pgina talablarning bajarilishini ta’minlashi kerak.
14XÂ-2,4 paxta terish mashinasi to’rt qatorli vertikal shpindelli mashina bo’lib, qator oralari 60 sm li g’o’zalarda ochilgan paxtalarni terishga mo’ljallangan. Qamrov kengligi 2,4 m. Mashina T-28X4M traktoriga o’rnatilib ishlatiladi.
Mashina ishlaganda traktor ketinga yurish uzatmalarida harakatlanadi, traktorning oldingi g’ildiragidagi boshqarish kolonkasi bilan birgalikda mashina ramasining oldingi qismiga o’rnatiladi. Mashinada to’rt qatorli ikki tomonlama ishlovchi apparatlar o’rnatiladi. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari vertikal shpindelli mashinalar kabi g’o’za tupiga ikki tomondan ishlov beradi, ammo bir tomondan ikki marta ishlov beradigan mashinalar ham mavjud. Bunday mashinalarning o’lchamlari kichik, lekin g’o’za tupiga bir tomonlama ishlov berishda bosib turuvchi to’siq oldidagi chanoqlar to’la terilmaydi. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari vertikal shpindelli mashinalardan farqli o’laroq, g’o’za tupiga ikki marta ishlov berilmaydi, chunki ular bir marta terishda paxtani yetarli darajada to’liq terib oladi. Gorizontal shpindelli paxta terish apparatlari vertikal shpindelli apparatlarga qaraganda ko’p joy egallaydi. Tor qatorli oraliqlarda bo’ylama yo’nalishda joydan tejash zarurati, ishchi mexanizmlar va uzatish qurilmalarini joylashtirishning turli xil usullarini izlashga majbur qilmoqda. Birinchi terish hududidan o’tgan g’o’za qarama-qarshi tomonda joylashgan shpindelli barabanning terish hududiga kiradi va yuqorida keltirilgan jarayon boshdan-oyoq qaytariladi. Ikkala terish hududida ham terilmay qolgan paxta kuchli vakuum hosil qilingan quvurlar orasidan o’tayotganda so’rilayotgan havo bilan birga tozalanmagan paxta bunkeriga jo’natiladi. Mashinaning tup yo’naltirgichlari g’o’za tuplarini shpindelli barabanlar orasidagi ish kamerasiga yo’naltiradi. Barabanlar mashina yo’nalishiga teskari yo’nalishda aylanib, g’o’za tuplarini siqadi. O’zi bilan ilashtiradi. Shpindellar esa baraban aylanishi yo’nalishiga teskari yo’nalishda aylanib o’zining tishli yuzalari bilan ochilgan ko’saklardagi paxtani ilashtirib o’ziga o’rab oladi. Barabanlar paxtani ilashtirib olgan shpindellarni ichki zonadan chiqarib cho’tkali ajratkichlarga keltiradi. Shpindellar ajratkichlar bilan uchrashish oldidan teskari aylantirish kolodkasi ta’sirida o’z aylanish yo’nalishini o’zgartiradi. Ajratkichlar shpindel aylangan tomonga shpindellardan ildamroq aylanib, ulardan paxtani ajratib oladi va pnevmatik transport yo’liga tashlaydi. Paxtaning bir qismi shpindellarning aylanish yo’nalishini o’zgartirish hisobiga va ventilatorlarning havo oqimi ta’sirida shpindellardan o’z-o’zidan ajraladi. Paxta havo quvurlari orqali ventilatorga, bundan esa bunkerga boradi. Mashinaning hamma mexanizmlari ramaga mahkamlanadi. Mashinaning ramasi kashak va tayanch tutqilar vositasida traktorning lonjeronlariga biriktiriladi. Mashinadagi barcha terish apparatlari deyarli bir xil tuzilgan.Ular bir-biridan tup yo’naltirgichlarning joylanishi va reduktorlarning tuzilishi jihatidan farq qiladi. Ikki qatorli apparatning ichki seksiyalari qo’zg’almas, tashqi seksiyalari esa qo’zg’aluvchan qilib mahkamlanadi. Seksiyalarning bunday joylashishi qaramaqarshi shpindelli barabanlar orasidagi tirqishini ko’saklarning o’lchamiga, holatiga va g’o’za tuplarining rivojlanganlik darajasiga qarab rostlash imkonini beradi. Barabanlarning orasiga katta kesaklar kirganda tashqi seksiya ochilib barabanlarni sinishdan saqlaydi. Mashinada ikkita markazdan qochirma ventilator o’rnatiladi. Ventilator elliðtik kirish qismiga ega bo’lib, uning kurakchalari chigitlarni shikastlamaydi. Agar chigitga zarar yetkazilsa, uning po’stlog’i tola bilan birga ajralib, keyinchalik paxtani tozalash qiyin bo’ladi.17XÂ-1,8A vertikal shpindelli ikki qatorli mashinalar qator oralari 90 sm li paxtalarni terish uchun mo’ljallanadi. Bu mashina T-28X4M traktoriga o’rnatib ishlatiladi. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari vertikal shpindelli mashinalar kabi g’o’za tupiga ikki tomondan ishlov beradi, ammo bir tomondan ikki marta ishlov beradigan mashinalar ham mavjud. Bunday mashinalarning o’lchamlari kichik, lekin g’o’za tupiga bir tomonlama ishlov berishda bosib turuvchi to’siq oldidagi chanoqlar to’la terilmaydi. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari vertikal shpindelli mashinalardan farqli o’laroq, g’o’za tupiga ikki marta ishlov berilmaydi, chunki ular bir marta terishda paxtani yetarli darajada to’liq terib oladi. Gorizontal shpindelli paxta terish apparatlari vertikal shpindelli apparatlarga qaraganda ko’p joy egallaydi.Tor qatorli oraliqlarda bo’ylama yo’nalishda joydan tejash zarurati, ishchi mexanizmlar va uzatish qurilmalarini joylashtirishning turli xil usullarini izlashga majbur qilmoqda.Gorizontal shpindelli mashinalar vatanimizda 1948- yilgacha CXC-1,4 rusumi bilan ishlab chiqarilgan. Vertikal shpindelli mashina 1937- yili Rozeblum tomonidan ixtiro qilingach, shu tiðdagi mashinalar seriyalab ishlab chiqarila boshlandi. Buning oqibatida gorizontal shpindelli mashinalar ishlab chiqarish to’xtatildi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach „Keys Korporeyshn“ firmasining „Kotton ekspress 2022“ rusumli paxta terish mashinalari keltirildi. Bu mashinalarning eng afzal tomoni g’o’za barglarini sun’iy ravishda to’kish shart emas, terilgan paxtaning tolalari sifati vertikal shpindelli mashinalarda terilganga qaraganda sezilarli darajada yaxshi. Kamchiligi esa, uning vaznining nisbatan og’irligidir„Kotton ekspress 2022“ mashinasining asosiy qismlarining vazifasi vertikal shpindelli paxta terish mashinasinikidan deyarli farq qilmaydi. Har bir apparat 432 tadan 42 tirnoqli shpindelga ega. Shpindel kassetalari yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan aluminiydan quyilgan. Harakat barcha apparat va shpindellarga tishli g’ildiraklar orqali uzatiladi.
Paxta yig’im-terimi paxtachilikda eng sermehnat va mas’uliyatli ish hisoblanadi.Mashina bilan paxta terish mehnat unumdorligini 2—3 marta oshiradi va yig’im-terim ishlarining tannarxini 20 foizdan ortiq kamaytiradi.
14XÂ-2,4A to’rt qatorli, vertikal shpindelli paxta terish mashinasi 60 sm kenglikdagi qator oralariga ekilgan g’o’zaning ochilgan ko’saklaridan paxtani terish uchun mo’ljallangan. Paxta terish mashinasi T-28X4M traktorlariga o’rnatiladi. Mashinaning asosiy qismlari rama, terish apparatlari, tarqatuvchi reduktor, apparatlar o’rnatiladigan joy, bunker, ventilatorlar va havo yo’llari, masofadan boshqarish sistemasidan iborat.
XÍ-3,6 va XÍ-3,6A paxta terish mashinasi to’rt qatorli, vertikal shpindelli bo’lib, qatorlari orasi 90 sm kenglikda ekilgan g’o’zaning ochilgan ko’saklaridan paxta terish uchun mo’ljallangan. Mashina MTÇ-80X yoki TTÇ-100X traktorlariga o’rnatiladi. Uning ish jarayoni, asosan 14X-2,4A mashinasining ishlash protsessiga o’xshaydi.
XÂA-1,2 va XÂÁ-1,8 ikki qatorli vertikal shpindelli mashinalar urug’lik (pastki yarusdan) va texnik (yuqoridagi yarusdan) paxtani alohida-alohida terish uchun mo’ljallangan. Ular T-28X4M traktoriga o’rnatiladi.
XÂÍ-1,2A va XÂÍ-1,8 ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinalari, mos holda, ingichka tolali paxtani terish uchun mo’ljallangan. T-28X4M traktori bilan agregatlanadi.XÍÏ-1,8 ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasi pnevmopodborshik va kichik gabaritli tozalagichga ega bo’lib, ochilgan paxtani to’plardan, to’kilgan paxtani yerdan terib olish hamda uni tozalash uchun mo’ljallangan.Tozalagichli CKO-2,4; CKO-3,6 va CKO-5,4 ko’sak terish mashinalari ko’sak va qolgan hosilni qatorlar orasida terib olishga mo’ljallangan. Ular uchta texnologik sxema bo’yicha ishlay oladi: paxta aralashmasini terish va tozalash, paxta aralashmasini tozalamasdan terish.Paxta terish mashinalariga nisbatan quyidagi agrotexnik talablar qo’yiladi: mashina bir o’tishda ochilgan paxtaning kamida 95% ni terishi, yerga 2% dan ortiq to’kilmasligi lozim; paxtasi mashinada teriladigan dalada ko’saklarning kamida 60% ochilgan bo’lishi; g’o’za barglarining 75% sun’iy yo’l bilan to’ktirilgan bo’lishi; g’o’zapoyalar yotib qolmagan bo’lishi, qator oralarida begona o’tlar bo’lmasligi, jo’yaklarini suv yuvib ketmagan bo’lishi lozim.Mashina ishlayotgan paytda xom ko’saklarni to’kmasligi, shikastlamasligi, to’kilgan ko’saklar soni har 10 m yo’lda uch donadan oshmasligi; terilgan paxtada shox, ko’k ko’saklar bo’lmasligi lozim.
Paxta terish mashinalari. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashi. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi ham vertikal shpindelli paxta terish mashinasiga o’xshab, shpindelli barabanlar, ajratgichlar, terilgan paxtani uzatish moslamasi, bunker kabi qismlardan iborat. Bu mashina vertikal shpindelli mashinadan shpindelli barabani, ajratgichi va shpindellarni yuvib tozalash moslamasining tuzilishi bilan tubdan farq qiladi.
Mashina apparatining texnologik ish jarayonida (21- rasm) erkin turgan g’o’zapoya shoxlari yo’naltirgich 1 yordamida 70— 100 mm qalinlikkacha kuchli siqilib, terish kamerasi 2 ga majburan tortib kiritiladi.
Kasseta 3 shpindellari 4 yo’lakcha 6 ta’sirida ishchi kameraga deyarli perpendikular yo’nalishda A joyida kiritiladi va g’o’zapoyaning bir joyida aylanib turadi, chunki mashinaning siljish tezligi vM va kassetaning baraban bilan birgalikda oladigan chiziqli tezligi v o’zaro teng. Shu sababli o’z o’qi atrofida aylanayotgan shpindel, g’o’za oralig’iga kirayotganida, uchratgan paxtani tishlari bilan ilintirib, o’z ustiga halqa ko’rinishida o’rab oladi. Paxtani o’rab olgan shpindellarni g’o’za shoxlari orasidan tik yo’nalishda (Â joyida) sug’urib olgan kasseta ÂÑ oralig’ida ilgari tomon keskin burilib, shpindellarning aylanishini tezlatadi.





6- rasm. Gorizontal shpindelli paxta terish apparatining texnologik ish jarayoni:
1—shox yo’naltirgich; 2—terish kamerasi; 3—kasseta; 4—shpindel; 5—darcha;6—yo’lakcha; 7—ajratgich; 8—qabul kamerasi; 9—namlagich; 10—shpindelli baraban; 11—panjasimon to’siq; 12—yaxlit to’siq.


Markazdan qochma kuchlar ortishi sababli paxtaga ilingan xas-cho’plar darcha 5 dan tashqariga chiqarib yuboriladi, demak, paxta qisman tozalanadi. Kassetaning keskin burilishi hisobiga shpindelning uchi ajratgich likopchalari 7 ni tezroq uchratadi. Shpindel ajratgichga tekkan vaqtdan boshlab, baraban bilan birga aylanayotgan kasseta teskari tomonga, ya’ni orqasiga burilishi hisobiga, shpindelning ajratgichga tegib turish vaqtini uzoqroq saqlab (kassetaning CD yo’lida) qoladi.Kasseta o’zining CD yo’lida orqaga burilib, birinchidan, shpindelni ajratgich likopchalariga uzoqroq tegib turishi, ikkinchidan, shpindelning aylanish tezligi sezilarli kamayishi hisobiga zich o’ralgan paxta halqasi inersiya kuchi ta’sirida qisman yechilib ulguradi, shu sababli uni shpindeldan ajratib olish yengillashadi. Shpindel kichik va konussimon sirtga ega bo’lgani uchun ajratgich paxta halqalarining bir qismini shpindeldan to’liq yechmay, tuguncha ko’rinishida sidirib tushiradi. Ajratilib olingan paxta qabul kamerasi 8 ga tushib, u yerdan havo oqimi yordamida bunkerga uzatiladi. Ajratgichdan so’ng, shpindel namlagich yostiqchasi 9 ga kelib uriladi va uning namlangan yumshoq va serqirra sirti bo’ylab yumalab o’tadi. Yostiqchaning uzunligi shpindel sirtini to’liq tozalashga yetarli qilib o’rnatilgan. Yostiqcha ta’sirida shpindel sirtiga yopishib qolgan o’simlik shirasi, chang-to’zon va boshqa chirkka aylanadigan moddalar yuvilib tushiriladi. Tozalangan shpindel navbatdagi ish siklini bajarish uchun yana terish kamerasiga kirib ketadi.
PAXTA TERISH MAShINALARI.
Paxta terish mashinasi o’z vaqtida va to’g’ri rostlansa, paxta yerga to’kilmasdan o’z vaqtida terib olinadi, ikkinchidan mexanizm, uzellarining uzoq vaqt ishlashi ta’minlanadi.Apparatni rostlash osonlashishi uchun tashqi seksiyani ochish mumkin, buning uchun oldingi g’ilof olinadi va havo trubadan qabul kamera ajratilib, burovchi richagdan tortuvchi prujina chiqarib olinadi.
Shpindelni shaxmat tartibida o’rnatish. Yonma-yon joylashgan barabanning shpindellari bir-biriga nisbatan shaxmat tartibida, ya’ni bir barabanning shpindeli ikkinchi barabanning shpindeliga nisbatan bir yarim oraliqqa siljitib, joylashtiriladi.
Baraban yuqorigi diskning o’yiq joyiga yondosh barabanning chizig’i to’g’ri kelguncha aylantiriladi, o’yiq va chiqiq baraban markaz chizig’iga to’g’ri kelishi lozim. Barabanlar orasiga shchup o’rnatilib, ish tirqishini rostlovchi mexanizm orqali shpindellar shchupini o’yilgan joyiga to’g’ri kelguncha rostlovchi mexanizm o’ng yoki chapga buraladi.
Yetaklagichi bo’lmagan barabanning shpindellarini shaxmat tartibida o’rnatish uchun suriladigan seksiya barabanning shesternasi olinadi. Shundan so’ng baraban yuqori dissini o’yiq joyiga yondosh barabanning chiqig’i to’g’ri kelguncha aylantiriladi, o’yiq va chiqiq barabanning markaziy chizig’iga to’g’ri kelishi kerak..Apparatning ish tirqishi kengligini rostlash. Paxta terish mashinasi apparatining ish tirqishi kengligini rostlash ishlari mashinaning o’zida bajariladi. Ish tirqishining kengligi daladagi hosilga, g’o’za tuplarini rivojlanganligiga, g’o’za tuplaridagi ko’saklarning ochilganligiga, ko’sakning katta-kichikligiga va paxtaning mashina terimi soniga qarab (24—32 mm gacha) belgilanadi.
Disk (1) o’yig’iga shayba (3) ni o’rnatib bolt (4) bilan qotiriladi. Disk (1) bir marta aylantirilsa, ish tirqishi 1 mm ga o’zgaradi. Zavodda oldingi juft barabanning ish tirqishidan 2 mm katta qilib o’rnatiladi.
Agar kerak bo’lsa, oldingi juft barabanning kulachogi bilan keyingi juft barabanning kulachogini birlashtiruvchi tortqining muftasini burab uzaytirish bilan ish tirqishi rostlanadi. Buning uchun rostlovchi vint (2)ni o’zgartirmaydigan qilib, qo’zg’atuvchi skoba ko’tariladi.
Download 205,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish