kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi kabi nodavlat notijorat
tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
alohida farmon va qarorlar qabul qilindi.
Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi
va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi.
SHu yilning sentabr
oyida Bosh vazirning (www.gov.uz elektron manzilida) virtual qabulxonasi
ochildi. 2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon
qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi.
Prezident SHavkat Mirziyoevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga
doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil
etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining
xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida
tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan ushbu
mexanizm
dunyo
hamjamiyatiga
chinakam
demokratiya
yo‘lidagi
muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi.
Prezident SHavkat
Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini
mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimizning barcha
hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda
hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali
o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi.
2017–2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Mamlakatimizda mustaqillik
yillarida amalga
oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni
mustahkamlash,
xavfsizlik
va
huquq-tartibotni,
davlatimiz
chegaralari
daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini,
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim
poydevor bo‘ldi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili, bugungi
kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora
kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun
mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi. Mamlakatning 2016-
yilda saylangan Prezidenti SHavkat Mirziyoevning
tashabbusi bilan olib
borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har
tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
7-fevraldagi
farmoni
bilan
2017–2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha 5 ta
ustuvor yo‘nalish keltirilgan:
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (moviy havorang –
osmon va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi).
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini
yanada isloh qilish
(siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi).
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (tillarang – iqtisodiyotni
rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi).
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (qizil rang – hayot va aholining munosib
turmush tarzini ta’minlash ramzi).
V. Xavfsizliq diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvliq o‘zaro manfaatli va
amaliy tashqi siyosat (oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan
tinchlik va soflik ramzi).
Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan
masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchiliq huquqni muhofaza qilish amaliyoti
va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.
Harakatlar
strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil
nomlanishidan kelib chiqqan holda, alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni
nazarda tutadi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Prezident
rahbarlik qiladigan 14 kishilik Milliy komissiya tuzilib, u mazkur hujjatda
belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qiladigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: