O’zbekiston sanoati tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish
2-jadval
T/r
|
Mahsulot turlari
|
2017y
|
2018y
|
2018yilda 2017yilga nisbatan o’sish %da
|
1
|
Ko’mir,ming t.
|
4038,6
|
4174,4
|
103,4
|
2
|
Neft, ming t.
|
813,4
|
746,4
|
91,8
|
3
|
Tabiiy gaz, mln. kub.m.
|
56419,1
|
59842,2
|
106,1
|
4
|
Gaz kondensati, ming t.
|
1951,0
|
2143,6
|
109,9
|
5
|
Chaqiq tosh, ming t.
|
994,2
|
1191,1
|
119,8
|
6
|
Shag’al, ming t.
|
457,8
|
401,4
|
87,7
|
7
|
Yengil avtomobillar
(ixtisoslashtirilgansiz),dona
|
135471
|
213285
|
157,4
|
8
|
Yuk avtomobillari, dona
|
3778
|
4230
|
112,0
|
9
|
Avtobuslar, dona
|
1057
|
949
|
89,8
|
10
|
Avtomobil dvigatellari, dona
|
91628
|
158750
|
173,3
|
11
|
Paxta tolasi, ming t.
|
952,6
|
818,4
|
85,9
|
12
|
O’simlik yog’i (tozalangan), ming t.
|
208,7
|
185,1
|
88,7
|
13
|
Tamaki mahsulotlari, mln. dona
|
9713
|
10397
|
107,0
|
14
|
Avtomobil benzini,ming t.
|
1106,2
|
1146,9
|
103,7
|
15
|
Dizel yoqilg’isi, ming t.
|
963,0
|
1080,7
|
112,2
|
16
|
Portlandtsement,ming t.
|
8497,3
|
8353,4
|
98,3
|
17
|
Akril va vinil polimerlari asosidagi bo’yoqlar va laklar, t.
|
11027,5
|
14828,4
|
134,5
|
18
|
Traktorlar, dona
|
998
|
3393
|
3,4 m
|
19
|
Elektroenergiya,mln.kvt/soat
|
60289,3
|
62438,2
|
103,6
|
20
|
Issiqlik energiyasi, ming K/kal
|
28652,9
|
28593,5
|
99,8
|
Jadval O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Alohida qayd etish joizki, mamlakatimizda sobiq Ittifoq davrida mavjud bo’lmagan mutlaqo yangi mahsulot turlari, masalan, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, soda, shakar, kaliy o’g’iti ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, neft va yog’och mahsulotlari ancha ko’paydi va h.k. Ayni vaqtda, sanoatni modernizatsiyalash, yangi zamonaviy texnologik jihozlashga, uning tarkibiy tuzilishini boyitishga, ya’ni diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratildi.(2-jadval) Xususan, ichki bozorni haridorgir, sifatli xalq iste’mol mollari bilan to’yintirishga ahamiyat berildi. Mamlakatimizning bunday sanoat siyosati yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi. Bevosita sanoat ishlab chiqarishda esa ikki qarama-qarshi jarayon davom etadi: bir tomondan, yirik sanoat tarmoqlari tarkibida yangi sohalar vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy integratsiya asosida tarmoqlararo majmualar shakllanib boradi.
2.Respublikada yoqilg’i-energetika sanoatining rivojlanishi.
Yoqilg’i va elektr energetika sanoati bir-biri bilan yaqindan bog’liq. Shu sababli ularga yagona tarmoqlararo sanoat majmuasi sifatida qarash mumkin. Qolaversa, ayni shu majmua har qanday mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotida katta ahamiyatiga ega. Chunki, barcha ishlab chiqarish tarmoqlari bevosita yoki bilvosita yoqilg’i va elektr energetika sanoatiga asoslanadi. Binobarin, mustaqil davlatning umumiqtisodiy xavfsizligi, eng avvalo, uning yoqilg’i-energetika sohasidagi mustaqilligiga ham bog’liq.Respublikada yoqilg’i sanoati tarkibiga ko’mir, neft va gaz qazib chiqarish kiradi. Hozirgi O’zbekiston hududida dastlabki neft konlari XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Farg’ona viloyatida ochilgan (Chimyon, Sho’rsuv), 1924-yilda Qo’qon shahrida “O’zbekneft’” tresti tashkil qilingan.
Nazorat savollari
1.Respublika milliy iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini tushuntirib bering.
Respublika sanoat tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishi haqida so’zlab bering.
2.Respublika sanoat tarmoqlarining hududiy joylashishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi geografik omillarga ta’rif bering.
3. Respublika sanoat tarmoqlarining hududiy va tarmoqlar tarkibini tushuntirib bering.
4.Mustaqillik yillarida respublika yoqilg’i-energetika sanoat tarmoqlari tarkibidagi o’zgarishlar haqida so’zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |