Huquqiy axborot
#
Bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo’yicha majburiyatlarni bajarmaganlik javobgarlikka sabab bo’ladi:
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 111ming 500 so’mdan 669 ming so’mgacha jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin 1yil davomida takror sodir etilsa, 669 ming so’mdan 1mln 115 ming so’mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Bilasizmi
Bolalarning majburiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to’sqinlik qilish 1mln 115ming so’mdan 2mln 230ming so’mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin 1yil davomida takror sodir etilsa 2mln 230ming so’mdan , 4mln 460ming so’mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi.
Voyaga yetmagan farzandlarning shaxsiy nomulkiy huquqlariga quyidagilar kiradi:
Oilada yashash va tarbiyalanish huquqi;
Ota-onaning g’amxo’rligiga ega bo’lish huquqi;
O’z ota-onasi bilan birga yash huquqi;
Ism olish huquqi;
O’z ota-onasi bilan birga yashash huquqi;
2020- yilning 10- martida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Bola huquqlarining qo’shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qoshimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun imzolandi. Ushbu Qonunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining 2008- yil 7- yanvarida qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasi 5-qismiga quyidagicha norma kiritildi. Unga ko’ra: “bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslar erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo’yicha majburiyatlarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiste’mol qilganda, bola o’z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so’rab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek, boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola to’liq muomala layoqatiga ega bo’lmaganligi sababli ko’rib chiqmasdan qoldirishga yo’l qo’yilmaydi”, deb belgilandi.
Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 15-moddasida “Oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola o’z fikrini ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama jarayonida so’zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo’lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’iy nazar, ko’rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak” degan norma bilan to’ldirildi.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 70-moddasiga ko’ra: Bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega. Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi- otasining ismiga ko’ra beriladi. Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Agar ota-ona turli familiyalarda bo’lishsa, ota-onaning kelishuviga binoan, bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Bundan tashqari ota-onaning xohishiga binoan, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko’ra boboning ismi bo’yicha familiya berilishi mumkin. Ota –ona o’rtasida bolaning ismi yoki familiyasi bo’yicha kelishmovchilik yuz bersa, u holda kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi deb qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |