5-Mavzu: O'rta asrlarda Markaziy Osiya mutaffakirlarining psixologik qarashlari. (2soat) Reja



Download 20,52 Kb.
bet1/2
Sana02.07.2022
Hajmi20,52 Kb.
#733084
  1   2
Bog'liq
5-ma'ruza (2)


5-Mavzu: O'rta asrlarda Markaziy Osiya mutaffakirlarining psixologik qarashlari. (2soat)
Reja:
1 Abu Nasr Farobiy hamda Abu Rayhon Beruniyning psixologik qarashlari.
2 O’rta asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining psixologik qarasghlari.Abu Nasr Forobiyning (873-950 yy.) psixologik qarashlari.
3 Abu Rayhon Beruniy ( 973-1048 yy.) ning psixologik qarashlari.Mutafakkirning “Mineralogiya”, “Geodeziya”, “Xindiston”, “O’tgan avlodlar obidalari ” nomli yirik asarlari ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar : poetika, ritorika, sofistika,ichki ruhiy quvvatlar, tashki ruhiy quvvatlar.
Forobiy (taxallusi; asl ismi abu nasr muhammad forobiy, 873-950) - sharq faylasufi va entsiklopedik olim. Sharq peripatetizmining yirik namoyondasi, aristotel va platon asarlarining sharqlovchisi. U sharq mamlakatlarida ulug‘lanib, «al - muallim assoni» («ikkinchi muallim»), sharq aristoteli deb nom olgan.
Abu nasr forobiy - «sharq aristoteli» deb tanilgan o‘rta osiyolik faylasuf va entsiplopedik olim. Qadimgi yunon fanining yutuqlarini o‘rta asr sharqida targ‘ib qilishda va tarqatishda muhim rol o‘ynadi, yunon mutafakkirlari - platon, aristotel, evklid, ptolemey, porfiriy asarlariga sharxlar yozdi, ularning ilmiy fikrlarini rivojlantirdi. Aristotel tahlimotini chuqur o‘rganib, uning barcha asarlarini izohlab berdi, xatolarini ko‘rsatishga xarakat qildi. Forobiyning bu faoliyati sharqninggina emas o‘rta asr evropasini ham yunon ilmi bilan tanishtirishda katta ahamiyat kasb etdi. Forobiy o‘rta asr fanining barcha muhim sohalari - meditsina, matematika, astronomiya, filologiya, musiqashunoslik, logogik, harbiy hunar, axloqshunoslik, davlatshunoslik va ayniqsa falsafa bo‘yicha 160 dan ortiq asar yozib qoldirdi. «iqso al ulum» asarida ilmlar klassifikatsiyasini yaratdi. Bunda o‘rta asrda ma’lum bo‘lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifi, ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Barcha fanlar beshta guruhga - til, mantiq, matematika, tabiiy va ilohiy va shahar haqidagi fanlar bo‘linadi. Bu klassifikatsiya o‘rta asr ilmiy yutuqlarini umumlashtirish va ilmiy bilimlarning rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Forobiy aristotel logikasiga asoslanib, o‘rta uchun mantiqiy qomus yaratdi, bu qomus logikaning barcha qismlarini: kategoriyalar, hukmlar, sillogizm, isbot va uning turlarini, shuningdek, poetika, ritorika, sofistikaga oid qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Forobiy logikasi sharqda va so‘ngroq g‘aribda ham mashhur bo‘lgan. Forobiy nazariy meditsina, uning vazifasi, inson organlarining xizmati va o‘zaro aloqasiga oid ham muhim risolalar yozib qoldirdi. Uning algebra, gemometriyaga oid risolalari yaxshi matematik bo‘lganligini ko‘rsatadi. Qomusiy bilimi va yunon ilmini yaxshi bilganligi uchun forobiy «sharq aristoteli» - «ikkinchi muallim» nomini oldi. Forobiy falsafasi qadimgi yunon, xususan aristotel ta’limoti hamda o‘z davri ilmiy yutuqlari ta’sirida shakllandi. Forobiy falsafasida olam yagona mavjudotdan iborat, olloh hamma narsaning boshlang‘ichi, barcha vujudlar undan emanatsiya asosida kelib chiqadi, materiya hammasining yakuni, hech qachon yo‘q bo‘lmaydi, abadiy, zamonda cheksiz, o‘rganib turadi. Narsalar yangilanadi, lekin moddiylik yo‘qolmaydi. Forobiy falsafasi panteistik bo‘lib, materializm elementlariga boydir. Forobiy tabiiy hodisalarga, sababiy bog‘lanishga katta e’tibor beradi. Materiya turli hislatlarga boy, bu hislatlar qator kategoriyalarda ifodalanadi. Inson vujud va jonning birligidan iborat, vjudsiz jon yo‘q, lekin vujudning o‘limidan so‘ng jon saqlanib, dunyoviy jonga qo‘shiladi va insoniyatning ma’naviy yutuqlarini o‘zida saqlab qoladi. Inson materiyaning eng oliy formasi, o‘z aqli, nutqi bilan hayvonotdan farq qiladi. Forobiy inosn tafakkurining bilish qobiliyati cheksiz ekanligini, fanning muhim rolini, aql haqiqatning mezoni ekanini qayd qiladi. Forobiy ratsionalizmni asoslashga va targ‘ib etishga xarakat qildi. Forobiy «fozil shahar aholisi qarashlari asoslari», «baxtu - saodatga erishuv haqida» kabi asarlarida ijtimoiy hayot haqida o‘z davri uchun izchil ta’limot yaratdi. Inson jamoasi iinsonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan iintilishi asosida vujudga keluvchi o‘zaro yordam, birlashuv natijasida paydo bo‘lgan. Bunday jamoaning eng etuk shakli shahardir.
Forobiy insonlarni o‘zaro hamkorlikka chaqiradi, dunyoda yagona, bir butun inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. Davlatning vazifasi insonlarni baxt - saodatga olib borishdir - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritiladi. Forobiy davlatni boshqarishning turli shakllarini, har tomonlama etuk shaxs, etuk hislatlarga ega bo‘lgan bir necha shaxslar va demokratiya yordamida boshqarish shakllarini qayd qiladi. Forobiy har tomonlama etuk, barcha aholini, ilm ma’rifatga olib boruvchi ideal jamoa haqidagi g‘oyani olg‘a suradi. Forobiyning ideal jamoa, umumiy baxt - saodat haqidagi fikrlari gumanimning rivoji uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Forobiy fatalizmni, astrologiyani, mistik fikrlarni tanqid qildi, falsafiy, ilmiy bilimlarni dindan mustaqil ajratishga urindi, ularning fazilatlarini ko‘rsatdi. Forobiy o‘rta asr sharqida ilg‘or ijtimoiy falsafiy fikrlarning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi: ayrim asarlari XII - asrdayoq lotin tiliga, so‘ng evropa tillariga tarjima qilindi.
Forobiy asarlarida insonning ruhiy quvvatlari va ularning klasifikatsiyasiga katta o‘rin berildi. U barcha ruhiy quvvatlarni xarakatlantiruvchi va biluvchi guruhlarga ajratadi. Harakatlantiruvchi butun tabiatga xos, biluvchi quvvat esa tirik jonivorlarning psixikada tashqi predmetlarni aks ettirishini anglatadi.
Forobiy fikriga ko‘ra inson tug‘ilgan paydo bo‘ladigan birinchi quvat oziqlantiruvchi quvvat bo‘lib, u oziqlanish jarayonini boshqaradi. Keyin so‘zlovchi quvvat, intiluvchi quvvat, tasuvvur quvvati va sezuvchi quvvat paydo bo‘ladi.
Odam so‘zlovchi quvvat yordamida bilim va hunarlarni egallaydi. Xarakat va xulqda go‘zallik va rasvolikni ajratadi, foyda bilan zararni farqlaydi.
Intiluvchi (ehtiros va g‘azab) quvvat yordamida inson xohlaydi yoki yuz o‘giradi. Natijada odamda nafrat yoki muhabbat, do‘stlik yoki dushmanlik, qo‘rqoqlik yoki mardlik kabi emotsiyalar paydo bo‘ladi.
Tasavvur quvvati insonga predmetlar yo‘qolgandan keyin ham ularning obrazini qayta tiklash imkonini beradi.
Sezuvchi quvvat besh xil ko‘rinishga ega. Ular yordamida inson ta’sirni farqlay oladi. Forobiy «fozil shahar aholisi qarashlari» asarida: inson tug‘ilganida unda oziqlanuvchi quvvat paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng tuyuvchi quvvat paydo bo‘ladi bu yordamida u sovuq, issiq sezadi. Keyin unda hidni biluvchi so‘ngra rang va yorug‘likni sezuvchi quvvatlar paydo bo‘ladi. Hissiy quvvatlar bilan birga unda o‘zi sezayotgan narsaga tortuvchi yoki undan itaruvchi quvvat paydo bo‘ladi, natijada unda o‘zi sezayotgan narsaga simpatiya yoki antipatiya paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng odamda tasavvur quvvati paydo bo‘ladi. Nihoyat unda aql quvvati paydo bo‘ladiki, uning yordamida inson aqliy va mavhum fikr yuritadi, go‘zallik va badbasharalikni farqiga boradi, ilm, san’at va fanni egallaydi.
Shundan so‘ng forobiy bilish-psixik jarayonlarning klassifikatsiyasini beradi:
1. Oziqlantiruvchi quvvat – quvvayi roziyyadan – tashqi va ichki ruhiy quvvatlar paydo bo‘ladi.
2. Tashqi quvvatlar beshta: 1) tuyish – teri sezgisi, 2) ta’m bilish, 3) hid bilish, 4) eshitish sezgisi, tovushni sezish, 5) ko‘rish sezgisi. Bularning hammasi sezuvchi quvvat – quvvai hissiya deb yuritiladi.
3. Ichki ruhiy quvvatlar: 1) eslovchi va tasuvvur qiluvchi quvvat (xotira, tasavvur va hayoo) – quvvai mutaxayyila. 2) intiluvchi quvvat (emotsiyani xarakatga keltiruvchi kuch – ehtiros, g‘azab va boshqalar) – quvvai nazihiyya. 3) so‘zlovchi quvvat – quvvai notiqiyya.
4. So‘zlovchi quvvat tarkibida fikrlovchi quvvat – quvvai fikriya.
Forobiyning fikricha organizmda ikkita markaz bo‘lib, ulardan yurak organizmning hayot faoliyatini ta’minlaydi. Miliya esa barcha ruhiy quvvatlarni va ongli hayotni boshqaradi. forobiyning inson psixikasi haqidagi bu tasuvvurlari hozirgi zamon psixologik bilimlar majmuiga deyarli mos keladi.

Download 20,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish