28.
Hozirgi
sharoitda
ishlab
chiqilgan
davlat
moliya
siyosati
kontseptsiyasining maqsadini nimalar tashkil etadi?
2. TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.
Faraz qilaylik, yopiq iqtisodiyot sharoitida A mamlakatda
investitsiyalarga bo‘lgan talab quyidagi tenglama orqali tasvirlanadi: R
10-0,5K,
ssuda foizining yillik bozor stavkasi – 2%. V mamlakatda investitsiyalarga
bo‘lgan talab: R
12-K. Ssuda foizining bozordagi stavkasi – 8%. (R – ssuda
foizi stavkasi, foizda, K – investitsiyalar hajmi, mln. pul birligida). Ikki
mamlakat ssuda kapitali jahon bozorining shakllanishining grafik modelini
yasang. Jahon foiz stavkasi kattaligini, kapital eksporti hajmini aniqlang.
Kreditorlar va qarz oluvchilar, mamlakatlar va umuman jahon tizimi uchun ssuda
kapitali xalqaro migratsiyasining oqibatlarini baholang, bunda iste’molchi va
ishlab chiqaruvchining yutuqlari tushunchalaridan foydalaning.
Yuqoridagi shartlar asosida mamlakatning xalqaro kreditlar bo‘yicha
qarzdorligini to‘liq hajmda to‘lashdan bosh tortishining oqibatlarini aniqlang.
2-topshiriq.
“A” va “B”mamlakatlarda 1dona muzlatkich va televizorni
jahon standartlari darajasida ishlab chiqarish uchun qancha so‘m sarf etilishi
quyidagi jadvalda keltirilgan.
Mamlakatmaxs
ulot
“A” mamlakat
“B” mamlakat
Muzlatkich
800,0 ming so‘m
750,0 mingso‘m
Televizor
500,0 ming so‘m
600,0 ming so‘m
A) Qaysi mamlakat qanday maxsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mutloq
ustunlikka ega va qancha dollarga?
B) Har bir mamlakat mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ustunligi bo‘yicha
qancha miqdorda muzlatkich yoki televizor ishlab chiqarib, bir-biri bilan
ayirboshlasa o‘z iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish sur’atini ko‘tara oladi?
3-topshiriq.
“A” va “B”mamlakatlarda 1tonna bug‘doy va paxta yetishtirish
uchun qancha dollar sarf etilishi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Mamlakat maxsulot “A” mamlakat
“B” mamlakat
Bug‘doy($)
500
600
Paxta($)
1000
1800
A) Qaysi mamlakat qanday maxsulot ishlab chiqarish bo‘yicha nisbiy
ustunlikka ega va qanday nisbatda?
B) Har bir mamlakat mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ustunligi bo‘yicha
qancha miqdorda bug‘doy yoki paxta ishlab chiqarib bir-biri bilan ayirboshlasa
o‘z iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish sur’atini ko‘tara oladi?
4-topshiriq.
Bir mamlakatning ikki xil o‘rnini to‘ldiruvchi mahsulotlari
bo‘yicha iste’mol va ishlab chiqarish quvvati chegarasi quyida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |