Ma’lumot turlari
|
Izoh
|
1.
|
Tijorat tashkilotining to’liq nomi
|
Файз холдинг хусусий корхонаси
|
2.
|
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami
|
300200100
|
3.
|
Pochta manzili
|
ВВВВВ@mail.ru
|
4.
|
Xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankning nomi
|
Асака банк Фарғона филлиали
|
5.
|
Bank hisob raqami
|
20201520232122552255
|
6.
|
Hisob raqamdagi qoldiq pul mablag’lari miqdor
|
1200 сўм
|
7.
|
Hisob raqam ochilgan sana
|
01.01.2015 йил
|
8.
|
Hisob raqam to’xtatilgan sana
|
01.01.2021 йил
|
9.
|
Tijorat tashkilotining kreditor, debitor qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlari (mavjud bo’lsa)
|
Д.р 12000000 сўм
|
10.
|
Kartoteka 2 qarzdorlik to’g’risidagi ma’lumotlar (mavjud bo’lsa)
|
|
Davlat soliq xizmati organi tijorat banklaridan ma’lumot tushgach va (yoki) hisobot topshirish muddati tugagach uch ish kuni mobaynida Nizomning **-bandi talablari bo’yicha tijorat tashkilotlari to’g’risida Tizim orqali quyidagi idora va tashkilotlarni:
ro’yxatdan o’tkazuvchi organ va ro’yxatdan o’tgan joydagi davlat statistika organlarini;
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo’limini (keyingi o’rinlarda Byuro deb ataladi);
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni ro’yxatdan o’tkazuvchi organni;
avtotransport vositalari, qishloq xo’jaligi texnikasi va ro’yxatdan o’tkaziladigan boshqa texnika vositalarini ro’yxatdan o’tkazuvchi organlarni;
O’zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini xabardor qiladi.
Ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida ko’rsatilgan idora va tashkilotlar tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o’zlarining ma’lumotlar bazalarida tijorat tashkiloti to’g’risida mavjud bo’lgan ma’lumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.
Davlat soliq xizmati organi Nizomning **-bandida ko’rsatilgan yuridik shaxslar bo’yicha:
a) quyidagilarni:
tijorat tashkiloti haqiqatda moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmaganligini;
mol-mulki mavjudligini;
yuridik va faoliyat ko’rsatish manzilida mavjudligini;
tijorat tashkilotining barcha qarzdorliklari (2-son kartotekasi) tahlilini;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorligi mavjudligini;
b) muassislarining (qatnashchilarining) turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb qilish choralarini ko’radi;
v) moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari muassislariga (qatnashchilariga) tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishni taklif etadi. Tijorat tashkiloti o’n ish kunida ixtiyoriy tugatishga kirishmagan, tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek, ko’rsatib o’tilgan shaxslarni aniqlash mumkin bo’lmagan taqdirda, Nizomning *-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
g) tijorat tashkilotining muhri, shtamplarini (agar mavjud bo’lsa), davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani, shuningdek, mavjud bo’lsa tovar belgisining ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani tijorat tashkilotini ro’yxatdan o’tkazgan organga topshirtirish choralarini ko’radi;
d) yig’ilgan va mavjud ma’lumotlar asosida tijorat tashkilotining faoliyatini kameral nazoratdan o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |