O‘rtacha qiymat – sarflash uchun mo‘ljallangan materiallarning hamma (to‘la) qiymatini shu materialning birliklari miqdoriga taqsimlash yo‘li bilan hisoblanadi. Natijada moddiy zahiralarning o‘rtacha qiymatini topamiz, shunga muvofiq ravishda ishlab chiqarishga berilgan materiallar baholanadi va hisobot davri oxiridagi qolgan zahiralarni bahosi aniqlanadi.
Misol:
Materiallarning xarid qilingan vaqti
|
Birlik miqdori
|
Birlikka xarajat, sh.b.
|
Umumiy xarajatlar sh.b.
|
2- martda
|
2000
|
4,00
|
8000
|
15- martda
|
6000
|
4,40
|
26400
|
30- martda
|
2000
|
4,75
|
9500
|
Zahiralarning jami
|
10 000
|
|
43900
|
Birlikning o‘rtacha qiymati = 43900/10000=4,39
|
Oy oxiriga zahiralar, b. - 6000 birlik
|
Oy oxiriga zahiralar, sh.b. – 6000 x 4,39 = 26 340 sh.b.
|
Haqiqatda materiallar tannarxi 43 900 sh.b.
minus: oy oxiridagi zahira 26 340 sh.b.
Ishlab chiqarishdagi materiallarning tannarxi 17 560 sh.b.
|
NIFO (NIFO) usuli – bu narxni almashtirish usuli bo‘yicha hisoblashga o‘xshashdir. Bu usulda materialni ishlab chiqarishga berish qiymatini olingan paytdagi qiymatga tenglashtirish uchun tuzatish kiritish zarur.
Me’yoriy qiymat usuli – bu usulda ishlab chiqarishga berilgan materiallar me’yoriy qiymat bo‘yicha baholanadi. Haqiqiy narx bilan me’yoriy qiymat o‘rtasidagi farq alohida og‘ish hisobida to‘planib boradi.
Topshiriq
4-1. Z Ltd kompaniyasi 2-yilning aprelida foydalaniladigan xom ashyoni bir turi bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirdi:
|
1- aprelda zahira
|
40 birlik
|
1 birlikka 10 sh.b.
|
4- aprelda
|
Sotib olingan
|
140 birlik
|
1 birlikka 11 sh.b.
|
10- aprelda
|
Foydalanilgan
|
90 birlik
|
|
12- aprelda
|
Sotib olingan
|
60 birlik
|
1 birlikka 12 sh.b.
|
13- aprelda
|
Foydalanilgan
|
100 birlik
|
|
1 6- aprelda
|
Sotib olingan
|
200 birlik
|
1 birlikka 10 sh.b.
|
21- aprelda
|
Foydalanilgan
|
21 birlik
|
|
23- aprelda
|
Foydalanilgan
|
80 birlik
|
|
26- aprelda
|
Sotib olingan
|
50 birlik
|
1 birlikka 12 sh.b.
|
29- aprelda
|
Foydalanilgan
|
60 birlik
|
|
Talab qilinadi:
Aprelda foydalanilgan materiallarning qiymatini aniqlash hamda FIFO, LIFO, o‘rtacha qiymat (zahiralarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimlari) dan foydalanib oy oxirida materiallarning zahiralarini baholash
4–2. «Evita»kompaniyasida 2 yil 5 oyi davomida quyidagi miqdorda xom-ashyo xarid qildi va ishlab chiqarishga berdi:
1 iyulda
|
Olindi
|
2000 birlik, har biri 10 sh.b.
|
9 iyulda
|
Olindi
|
520 birlik, har biri 10, 5 sh.b.
|
18 iyulda
|
Berildi
|
1400 birlik
|
5 avgustda
|
Olindi
|
800 birlik, har biri 11,5 sh.b.
|
22 avgustda
|
Olindi
|
600 birlik, har biri 12,5 sh.b.
|
15 sentyabrda
|
Berildi
|
1240 birlik
|
14 oktyabrda
|
Berildi
|
480 birlik
|
8 noyabrda
|
Olindi
|
1000 birlik, har biri 11 sh.b.
|
24 noyabrda
|
Berildi
|
760 birlik
|
Xom-ashyoning oy boshiga dastlabki qoldiq zahirasi bo‘lmagan.
Talab qilinadi:
5 oy ichida ishlab chiqarishga berilgan xom ashyoni va davr oxirida qolgan xom-ashyo zahirasi qiymatini FIFO, LIFO, o‘rtacha qiymat usullaridan foydalanib baholang (zahiralarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimlari bo‘yicha).
Do'stlaringiz bilan baham: |