diapazonini aniqlashga yordam beradi.
Xarajatlar asosida hisoblangan narx ,,xarajatlardan kelib chiqqan riarx"
hisoblanadi. Xarajatlar va rentabellikni qoplaydigan uch turdagi narxlarni ajratish
mumkin.
Chegaralangan narx
- to„g„ri (o„zgaradigan) xarajatlarga to„g„ri keladi.
U faqat xarajatlarni qoplaydi, ya‟ni cheklangan foyda nolga teng bo„ladi.
Cheklangan narx = To„g„ri xarajatlar
Texnikaviy narx yoki narx zararsizligi.
Texnikaviy narx zarar-sizlik
nuqtasiga mos keladi. Texnikaviy narx doimiy xarajatlarni
qoplash va mahsulotlarni almaslitirish uchun
ketgan xarajatlarni qoplash
degan tushunchani bildiradi.
Texnikaviy narx - To„g„ri xarajatlar + Doimiy xarajatlar Shunday qilib,
texnikaviy narx aniq hajmdagi mahsulotni so-tish xarajatlarini qoplaydi va
boshqa hajmga taalluqli bo„lmaydi.
Maqsadli narx
- texnikaviy narxga ba‟zi qo„shimchalar
orqali hamda
investitsiya qilingan kapitalga qarab qo„yiladigan narxdir.
Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko„rib
chiqiladigan, zarar ko„rmaslikm ta‟minlaydigan tahlil usulidan foydalaniladi.
Sunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi,
ammo tor ishlab
chiqansh ixtisoslashuv sha-roitida o„zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash
mumkin bo„lgan •. paytlarda uni qo„llash yaxshi natija beradi. Zarar
ko„rmaslikm tahlil qilishda asosiy e‟tibor mahsulot
sotish hajmi nuqtasiga,
to„liq daromad to„liq xarajatlarga teng bo„lgan, ya‟m na foyda, na zarar
bo„lmagan nuqtaga qaratiladi. Marketologlar bir qator
har xilnarxlarni tadqiq
etadilar, so„ngra
nar
bir
narx
uchun
zaruriy hajmlar qiyoslanadi.
Asosan, narxni o„zgartirish yo„li bilan talabga ta‟sir ko„rsatish raqobatning
narx bilan bog„liq ustunliklarini yaratadi. Narx bilan bog„liq bo„lmagan raqobat
usullarida firmalar o„z mahsulotining o„ziga xos xislatlariga zo„r beradi, mahsulot
sotish, tovarlar ha-rakati, reklama, mahsulotni joylashtirish, servis kabi marketing
qismlariga katta e‟tibor beradi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo„yicha belgilash usulini qo„l-lash
bilan
firma mahsulotining qo„shimcha hajm birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning
alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qoplanadi, foyda
amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasida agar firma ishni to„xtatish
xavfi ostida qolgan va ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sha-roitlarda naf
keltirish mumkin.
Savdoda do„konlarga xaridorlarning kelishini ko„paytirish uchun
sotuvchilar ayrim tovarlarni to„liq
xarajatlaridan pastroq baholab, ,,jalb etuvchi"
narxlar yaratadilar. Xaridorlar oqimi ko„payadi, ular arzon narxdagi tovarlar
bilan birga, narxi me‟yorda bo„lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: