5-mavzu: mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob’ekti. Reja


Gipotetik-deduktiv nazariyalar



Download 423,5 Kb.
bet42/43
Sana07.07.2022
Hajmi423,5 Kb.
#753145
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
5 мавзу

Gipotetik-deduktiv nazariyalar tabiatshunoslikda uchraydi. U turli xil mantiqiy kuchga ega gipotezalar tizimidan iborat bo’lib, unda mantiqan kuchlilaridan mantiqan kuchsizroqlari deduktsiya qilinadi. Gipotetik-deduktiv tizimni gipotezalar zanjiri (ierarxiyasi) tarzida olib qarash mumkin. Bunda empirik asosdan uzoqlashgan sari gipotezaning kuchi ortib boradi, chunki har bir keltirilib chiqarilgan gipoteza o’zidan avvalgi gipotezalarda mavjud bo’lgan bilimlarni sintez qilish natijasi sifatida gavdalanadi.
Gipotetik-deduktiv nazariyalarning o’ziga xos jihatlaridan biri undagi gipotezalarning darajalari bo’yicha qat’iy izchil joylashishidir. Gipotezaning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, xulosalarni mantiqiy yo’l bilan keltirib chiqarishda uning ishtiroki shunchalik ko’p bo’ladi.
Nazariyaning gipotetik-deduktiv modeli empirik materiallarni ishlashda ko’p qulayliklarga ega bo’lishi bilan bir qatorda ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, boshlang’ich gipotezalar qanday tanlab olinishi kerak, degan savolga haligacha aniq, qat’iy holdagi javob yo’q.
Aksiomatik tizimlarda nazariya elementlarining katta qismi kichkina boshlang’ich asosdan – asosiy aksiomalardan deduktiv yo’l bilan keltirilib chiqariladi. Aksiomatik nazariyalar asosan matematikada quriladi.
Aksiomatik metod birinchi marta Evklid tomonidan elementar geometriyani qurishda muvaffaqiyatli ishlatilgan. Mazkur geometriyaning asosiy aksiomatik tushunchalari «nuqta», «to’g’ri chiziq», «tekislik» bo’lib, ular ideal fazoviy ob’ektlar sifatida olib qaralgan; geometriyaning o’zi esa fizikaviy fazoning xususiyatlarini o’rganuvchi ta’limot sifatida talqin qilingan. Evklid geometriyasining qolgan barcha tushunchalari ular yordamida hosil qilingan.
Quyidagi misolga murojaat qilaylik: «Tekislikdagi bitta nuqtadan baravar uzoqlikda yotadigan nuqtalar to’plamiga aylana deyiladi», unda «aylana» tushunchasi «nuqta va tekislik» tushunchalari yordamida hosil qilingan, ya’ni ulardan deduktsiya qilingan.
Matematikaning taraqqiyoti davomida aksiomatik metod takomillashib borgan, uni qo’llash mumkin bo’lgan sohalar doirasi kengaygan. Xususan, asta-sekin Evklid aksiomalarining faqat geometrik ob’ektlarnigina emas, balki boshqa matematik va hatto, fizik ob’ektlarni ham tasvirlash uchun yaroqli ekanligi ma’lum bo’ldi. Masalan, nuqtani haqiqiy sonlarning uchtasining to’plami – to’g’ri chiziq va tekislikni, chiziqli tenglamalarni bildiradi, deb qabul qilinganda, mazkur nogeometrik ob’ektlar xossalarining Evklid geometriyasi aksiomalari talablariga javob berishi aniqlangan.
Shuni aytish kerakki, aksiomatikaga bunday abstrakt tarzda yondashishga ma’lum bir darajada N.I. Lobachevskiy, B. Riman va boshqalar noevklid geometriyalarining yaratilishi yaxshi imkoniyat yaratdi.
Hozirgi zamon matematikasida abstrakt aksiomatik tizimlar keng qo’llaniladi. Bunday tizimlarning muhim xususiyatlari ularning yopiq tizimdan iborat bo’lishi, ya’ni miqdor jihatidan cheklangan aksiomalar, tushunchalar, printsiplardan tashkil topishi, ular qatoriga ixtiyoriy ravishda, asossiz yangi aksiomalar, tushunchalarni qo’shib bo’lmaslik; tizimlarning mantiqan ziddiyatsiz va ma’lum bir darajada to’la bo’lishi va shu kabilardan iborat. Ana shuning uchun ham ular uzoq vaqt davomida o’zining barqarorligini saqlaydi, yangi bilim olishning ishonchli vositasi bo’lib qoladi.
Aksiomatika tabiatshunoslikda ham qo’llaniladi. Tajriba bilan bog’liq bo’lganligi va shuning uchun ham zaruriy ravishda empirik talqinga muhtoj ekanligi sababli tabiatshunoslikning faqat o’zagini tashkil etadigan tushunchalarnigina aksiomalashtirish mumkin.
Abstrakt matematik strukturalar faqat aksiomatik tizimlardagina emas, balki formallashgan nazariy tizimlarda ham tasvirlanishi va tushuntirilishi mumkin.

Download 423,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish