Korxonaning aylanma fondlari deganda bir ishlab chiqarish tsiklida sarflanadigan, qiymati mehnat mahsulotiga bir yo’la to’laligicha o’tkaziladigan va natural shakli va fizik – kimyoviy xususiyatlari o’zgaradigan ishlab chiqarish fondlarining bir qismi tushuniladi. Ular ishlab chiqarishga jalb qilinishi natijasida o’z isteomol qiymatini yo’qotadilar va ulardan yaratilgan mahsulotda o’z aksini topadi.
Korxonaning aylanma fondlari quyidagi 3 qismdan iborat:
ishlab chiqarish zaxiralari;
tugallanmagan ishlab chiqarish va o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar;
kelasi davr harajatlari.
Ishlab chiqarish zaxiralari – ishlab chiqarish jarayoniga kiritishga tayyorlangan mehnat predmetlaridir. Ular tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, tara va tara materiallari, asosiy fondlarni joriy taomirlash uchun ehtiyot qismlar kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish va o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar jumlasisga quyidagilar kiradi: ishlov berish yoki yig’ish jarayonida turgan material, detallar, buyumlar, korxona tsexlarida ishlov berib tugatilmagan va shu korxonaning boshqa tsexlarida ishlov berishga mo’ljallangan yarim tayyor mahsulotlar. Kelasi davr ajatlari – bu aylanma fondlarning nomoddiy elementlari bo’lib, ular tarkibiga yangi mahsulotni tayyorlash va o’zlashtirish bilan bog’liq harajatlar kiritiladi (konstruktsiya uchun harajatlar, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologiyaga, kayta jixozlashga ketgan ajatlar va boshqalar).
Aylanma fondlar o’z harakatida muomala sohasiga xizmat ko’rsatuvchi muomala fondlari bilan ham bevosita bog’liqdir. Ular korxona omboridagi tayyor mahsulot, yo’ldagi tovarlar, pul mablag’lari va hisob – kitoblardagi mablag’lar (shu jumladan debitorlik qarzlari) ni o’z ichiga oladi.
Korxona aylanma fondlari va muomala fondlarini shakllantirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari yig’indisi aylanma mablag’larni hosil qiladi.
Aylanma fondlar alohida elementlari orasidagi o’zaro nisbat (% larda) ularning strukturasini tashkil etadi. Aylanma mablag’lar taxminiy strukturasi quyidagicha(sanoatda) 5.1- chizma. Bozor munosabatlariga o’tish soitida asosiy masalalardan biri – resurslarni saqlash printsipiga amal qilgan holda ishlab chiqarishni intensivlashtirishdir.
Aylanma mablag’larning tarkibi deganda, ularni tashkil etuvchi elementlar yig’indisi tushuniladi.
Korxona aylanma mablag’lari tarkibi quyidagicha aks ettiriladi:
Hozirgi soitda aylanma fondlar iqtisodiyotining ahamiyati nihoyatda keng bo’lib, u quyidagilarda o’z aksini topadi:
Mahsulot birligiga ketadigan xom-ashyo, material, yonilg’i sarfining kamayishi ishlab chiqarish uchun katta naf keltiradi. CHunki bu birinchi navbatda moddiy resurslarning mavjud miqdoridan ko’proq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.
5.1-chizma. Aylanma mablag’lar tarkibi
Moddiy resurslarni tejash, ishlab chiqarishga yangi, tejamli materiallarni joriy etish takror ishlab chiqarish jarayonida alohida tarmoqlar orasida optimal proportsiyalarni o’rnatishga sanoat ishlab chiqarishning takomillashgan tarmoq strukturasiga erishishiga soit yaratadi.
Moddiy resurslarni tejashga bo’lgan intilish yangi texnikani joriy etishga va texnologik jarayonlarni takomillashtirishga yo’naltiriladi.
Moddiy resurslar isteomolini iqtisod qilish ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash va ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Mahsulot birligiga sarflangan buyumlashgan mehnat iqtisodining o’ziyoq ijtimoiy mehnat unumdorligiga oshishini anglatadi. Moddiy resurslar iqtisodi jonli mehnat iqtisodini ham keltirib chiqaradi: ish kuchining materiallarni jo’natish, yuklash va tushirish, saqlash bilan bog’liq nisbiy harajatlarini qisqartiradi.
Moddiy resurslar iqtisodi sanoat mahsulotni tannarxini kamaytirishga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda moddiy harajatlar hissasiga ishlab chiqarish harajatlarining 3/4 to’g’ri keladi. Keyinchalik, fan – texnika taraqqiyoti natijasida mahsulot ishlab chiqarish umumiy harajatlarida buyumlashgan mehnat ulushi oshib boradi, demakki, mehnat predmetlari va mehnat vositalaridan foydalanishni yaxshilash ishlab chiqarishning ijtimoiy harajatlarini tejashning asosiy
Mahsulot tannarxini kamaytirishga katta taosir etish bilan bir qatorda moddiy resurslarni tejash korxonaning moliyaviy holatiga ham ijobiy taosir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |