8. Permanent kapitalining rentabelligi = Sof foyda: o‘z mablaglarning o‘rtacha qiymati + uzoq muddatli kreditlar + uzoq muddatli qarzlar. 9. Qarzga olingan kapital¬ning rentabelligi = Soffoyda: qarzga
olingankapitalningo‘rtacha qiymati.
10. Soliq kesimi (srez) = Sof foyda :soliq, to‘lagunga qadar foyda.
11. Real asosiy kapitalning rentabelligi = Sof foyda: asosiy fond-larning
qoldiq qiymati + kapital.
12. Sarmoyalangan kapitalning rentabelligi( samaradorligi) = Soliq,
to‘lagunga qadar foyda + to‘langan foizlar kapitali + uzoq muddatli qarz kapitali.
Tavsiya etilgan rentabellik ko‘rsatkichlaridan faqat jami aktivlar
rentabelligi, sotilgan mahsulot rentabelligi va asosiy faoliyat rentabelligi misolida
omilli tahlil usuliniko‘rib chiqamiz. Qolgan ko‘rsatkichlarning omilli tahlilini ham
shu yo‘sinda o‘tkazish mumkin. Bu yerda umumiy tahlil uslubi saqlanib holgan
holda, ayrim ta’sir etuvchi omillar va ularning soni tahlilning maqsad va
vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘zgardi.
Jami aktivlarning rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi
omillarning tahlili. Jami aktivlarning rentabelligi darajasi korxonalarning asosiy
fondlar va aylanma mablag’lardan foydalanish (samarodorlik) darajasiniko‘rsatadi.
Ushbu rentabellik darajasining normasi ahamiyati 5foizdan 10foizgacha bo‘lishi
kerak. Jami aktivlarning rentabelligi darajasi — korxonaning bir so‘mlik mulkidan
necha so‘m foyda olganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich korxonalar o‘rtasidagi
raqobat kurashida indikatorlik vazifasini o‘taydi.
Rakobatbardoshlik
darajasi
tahlil
qilinayotgan
korxonaning
jami
aktivlarning rentabelligi darajasini o‘rtacha tarmoqdagi koeffisienti bilan
taqqoslash orqali aniqlanadi. Jami aktivlarning rentabelligi darajasini tahlil qilish
uchun kerakli ma’lumotlar 1-shakl (Balans), 2-shakl («Moliyaviy natijalar
to‘g’risidagi hisobot»)dan olinadi.
Jami aktivlarni rentabellik darajasiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
1. Sof foyda hajmining o‘zgarishi.
2.Jami aktivlarning o‘rtacha mikdorining o‘zgarishi.
Ushbu omillarning ta’sirini zanjirli almashtirish usuli orqali aniqlash
mumkin.
Sotilgan
mahsulot
rentabelligi
va
uning
o‘zgarishiga
ta’sir
qiluvchiomillarni tahlili.Ushbu rentabellik ko‘rsatkichi bir so‘mlik sof tushumga
to‘g’ri keluvchi xarajat birliginiko‘rsatadi. Ushbu rentabellik koeffisientining
o‘sishi mahsulot tannarxining pasayishi va sotilgan mahsulot rentabelligini
oshishidan dalolat beradi. Sotilgan mahsulot rentabelligi ko‘rsatkichini sof foydani
sof tushumga nisbati tariqasida ham aniqlasa bo‘ladi. Bunda bir so‘mlik sotilgan
mahsulot qancha sof foyda birligini berishini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu
ko‘rsatkichni tahlil qilishuchun kerakli ma’lumotlar 2-shakl «Moliyaviy natijalar
to‘g’risidagi hisobot» dan olinadi.
Sotilgan mahsulot rentabelligiga(ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha)
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi.:
1. Sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxini o‘zgarishi.
2. Mahsulot sotishdan tushgan sof tushum hajmini o‘zgarishi.
Ushbu omillar ta’sirini zanjirli almashtirish usuli orqali aniqlash mumkin.
Korxonaning asosiy faoliyatining rentabellik darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni
aniqlash uchun mahsulotni sotishdan tushgan yalpi foyda hajmini sotilgan
mahsulotning ishlab chiqarish tanarxigi bo‘linadi.
Asosiy faoliyat rentabelligi darajasiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi:
1. Mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foyda hajmini o‘zgarishi.
2. Sotilgan mahsulotlarni tannarxini o‘zgarishi.
Ushbu omillarni ta’sirini zanjirli almashtirish usuli orqali aniqlaymiz.
Biz yuqorida metodologik asos sifatida fakat mulk rentabelligi, sotish
rentabelligi va asosiy faoliyat rentabelligi darajasining o‘zgarishiga ta’sir kiluvchi
omillarni hisob-kitobini havola etdik. Bunday hisob-kitoblar boshqa rentabellik
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashida ham
ko‘llanilishi mumkin.