5-MAVZU. KORXONALAR MOLIYAVIY NATIJALARINI TAHLIL
QILISH
Reja
5.1. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning ahamiyati, tahlil
vazifalari va axborot manbalari.
5.2. Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari,
ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari. Moliyaviy
natijalarning shakllanishi va ularning turlari.
5.3. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natijava
uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Davr xarajatlarinig
tahlili.
5.4. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va
xarajatlar tahlili. Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar va
yo‘qotishlar tahlili.
5.5. Favqulodda foyda va zararlar tahlili. Sof foyda o‘zgarishining omilli
tahlili.
5.6. Rentabellikning ko‘rsatkichlar tizimi. Rentabellikka ta’sir etuvchi
omillar tahlili.
5.1.Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning ahamiyati, tahlil
vazifalari va axborot manbalari.
Xalqaro miqyosda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ro‘y berayotgan shiddatli
o‘zgarishlar bilan bog’liq holda juda ko‘p muammolar yuzaga kelmoqdaki,
ularning oqibatlari hech kimga sir emas. Ushbu muammolar tufayli xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyatini to‘xtatishi, u yoki bu harakatlarga
o‘zgartirishlar kiritishi va boshqa harakatlarni amalga oshirishga to‘g’ri kelmoqda.
Atrofimizga nazar solsak, ko‘pincha salbiy oqibatga u ro‘y bergandan so‘ng baho
berish, uning sabablarini birma bir sanab o‘tishga majbur bo‘lamiz. Biroq endi
bunday tahlilning foydasi yo‘q ekanligi barchamizga ayon. Xo‘sh, buning sababi
nimada?
Yuqoridagi savolga javob berishda turli sohalarda, jumladan iqtisodiy soha
sub’ektlari, ya’ni ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarda, yoki ta’lim,
madaniyat kabi ijtimoiy sohalarda ham tizimli fikrlaydigan, ro‘y berayotgan voqea
hodisalarning turli aspektlarini chuqur o‘rgana oladigan va ana shu asosda qaror
qabul qila oladigan mutaxassislarning bo‘lishi muhimligini anglab yetamiz.
Ana shunday tizimli yondashuv asosida tahlil sohasida uning taraqqiyot
yo‘nalishlariga nazar tashlash maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Fan bo‘yicha
maxsus adabiyot, xususan, darslik, o‘quv qo‘llanmalar hamda ilmiy maqola va
xalqaro, respublika miqyosidagi konferentsiyalarda e’lon qilingan tezislar bilan
atroflicha tanishish hamda ularning tahlili asosida aynan rivojlanish yo‘nalishlarini
aniqlab olishga muvaffaq bo‘ldik. Mavzuning nazariy aspektlari ilmiy tahlilini
o‘tkazish asosida fanning rivojlanish sohalarini belgilab olish maqsadida biz
xorijiy hamda mamlakatimizning yetuk olimlari Bakanov M.I., Sheremet A.D.,
Savitskaya G.V., Xasanov B.A., Shoalimov A.X., Pardaev M.Q., Shog’iyosov
T.Sh. va boshqalar tomonidan yozilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola
hamda tezislardan foydalandik.
Iqtisodiy tahlil nazariy hamda amaliy jihatlarini tizimli yondashuv asosida
o‘rganish asosida, fanning rivojlanishiga xalqaro va mamlakatimiz miqyosida ro‘y
berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot o‘z ta’sirini o‘tkazganligini ta’kidlash
lozim. Xususan, ishlab chiqarishning texnik hamda texnologik jihatdan
modernizatsiya
qilinishi,
unda
qo‘llanilayotgan
robotlashtirish
va
avtomatlashtirishning
turli
ko‘rinishlari,
boshqaruv
tizimida
axborot
kommunikatsion texnologiyalardan tobora ko‘proq va samaraliroq foydalanilishi,
strategik boshqaruv ahamiyatining ortishi, shularning barchasining negizida turgan
globallashuv jarayonining tobora jadallashuvi fan taraqqiyotiga o‘zining kuchli
ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, mamlakatimizda xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning aktsionerlik jamiyatlari, sherikchilik asosidagi hamda xususiy
mulkchilikka asoslangan uchta – xususiy mulkka asoslangan yakka tartibdagi,
sherikchilik asosidagi hamda aktsionerlik jamiyatlari ko‘rinishidagi tashkiliy-
huquqiy shakllari tarkib topdi hamda rivojlandi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
dastlabki bosqichida ular iqtisodiy tahlilning asosiy foydalanuvchilari hisoblangani
sababli fanning amaliy soha sifatidagi roli bir tomondan oshdi, bir tomondan
iqtisodiy tahlil imkoniyatlaridan foydalanishga e’tibor susayganligini tan olishimiz
kerak. Bu asosan mulkdorlar, tadbirkorlarning iqtisodiy hamda huquqiy
bilimlarining yetarli emasligi bilan bog’liq edi. Biroq bunday holat uzoqqa
cho‘zilgani yo‘q. Mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga tobora faol
kirib borishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonidagi ishtiroki iqtisodiy
tahlilning fan sifatida rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Mamlakatimizda davlat bosh
islohotchi ekanligi moddiy ishlab chiqarish sohasining mukammal me’yoriy-
huquqiy asoslarining ishlab chiqilishi, chet el investitsiyalarining jalb etilishi, bank
va kredit tizimining xalqaro talablar darajasida taraqqiy etishini har tomonlama
ta’minladi. Bunday ijobiy o‘zgarishlar, albatta, iqtisodiy tahlilning boshqaruvning
samarali vositasi sifatida ma’lum bir darajada siljishiga asos bo‘ldi. Moliyaviy
tahlil uslubiyotining tobora takomillashuvi bilan birga ekspress tahlil, SWOT-
tahlilning keng tarqalishiga, o‘rganilishi va qo‘llanilishiga olib keldi.
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida esa korxonalar va tashkilotlarning
moliyaviy mablag’lari, xususan, pul oqimlarini samarali boshqarish tahlil hamda
menejmentning eng asosiy muammolaridan biriga aylandi.
Bozor
munosabatlarining
tobora
rivojlanishi,
talab
va
taklif,
iqtisodiyotimizda tobora sezilib borayotgan raqobat muhiti korxonalar
rahbarlarining boshqaruv qarorlari qabul qilishda mas’uliyatini yanada oshirdi.
Bunday vaziyatlarda xo‘jalik sub’ektlari o‘zining moliyaviy holatini uni yanada
mustahkamlash, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini kuchaytirish nuqtai
nazaridan baholash ehtiyojini tug’dirdi. Shu bilan birga strategik boshqaruv
tizimini joriy etish ehtiyoji iqtisodiy tahlilning strategik vazifalarni hal qilishdagi
rolining kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil rivojlanishining asosiy
yo‘nalishlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1.
Moliyaviy tahlil, xususan moliyaviy holat va moliyaviy natijalar tahlili
uslubiyotining takomillashuvi.
2.
Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi tahlili uslubiyotlarining
rivojlanishi.
3.
Moliyaviy hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning sifati tahliliga e’tibor
qaratilishi.
4.
Strategik iqtisodiy tahlil elementlarining kirib kelishi hamda nazariy jihatdan
asoslanishi.
5.
Strategik boshqaruv elementi sifatida SWOT-tahlilning amaliyotda qo‘llay
boshlanishi.
6.
Makroiqtisodiy darajada ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda tizimli
tahlilning keng qo‘llanilishi.
Yuqoridagi yo‘nalishlar xususida qisqacha sharhlar berishimiz maqsadga
muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz.
Moliyaviy tahlil axborotning ichki foydalanuvchilari bilan bir qatorda
korxonalar keyingi faoliyatini belgilashda muhim rolь o‘ynaydigan tashqi
foydalanuvchilar ehtiyojlari tufayli shakllandi, rivojlandi va takomillashib
bormoqda. Adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, moliyaviy tahlilda urg’u
yangidan yangi ko‘rsatkichlar tizimini belgilash, ularning o‘zgarishiga ta’sir
etuvchi omillarni sabab-oqibat bog’lanishlarini o‘rganish hamda ma’lumotlarni
umumlashtirish asosida optimal qarorlar qabul qilish pozitsiyasidan chuqurlashib
bormoqda. Biroq asosiy e’tibor tashqi foydalanuvchilar tomonidan amalga
oshiriladigan moliyaviy tahlil uslubiyotiga qaratilmoqda. Bunda omilli tahlil biroz
ikkilamchi tus olib, taqqoslama tahlil asosida istiqbolni baholash birlamchi, deb tan
olinmoqda.
Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi tahlili uslubiyotlarining
rivojlanishi nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda gorizontal, trend tahlil
kabi uslubiyotlarning tobora ko‘proq qo‘llanilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
Shunisi e’tiborga sazovorki, moliyaviy tahlil va dinamikani o‘rganishda maxsus
kompьyuter dasturlaridan foydalanish imkoniyati ishni osonlashtirilishi hisobiga
tahlildan unumli foydalanish imkonini yaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik
yurituvchi subektlar belgilangan tartib, muddat va shakllarda hisobotlar taqdim
kilishlari shart. Respublikamizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar
talablari darajasiga yaqinlashtirish va soddalashtirish ustida jiddiy ish olib
borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subektlarning ma’lum davr
ichidagi moliyaviy–xo‘jalik faoliyati natijalari, asosiy vositalari harakati, pul
oqimlari to‘g’risidagi va ma’lum sanadagi aktivlari, majburiyatlari va xususiy
kapitalining holati haqida axborotlar beradi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari unda aks ettirilishi lozim
bo‘lgan axborotlarning turi, nomi va ko‘lamini belgilab beradi. Moliyaviy hiso-
botlardan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilishlari uchun xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt haqida quyidagi axborotlarni taqdim etish talab qilinadi:
korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari va kapitali;
korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari hamda kapitalida sodir
bo‘lgan o‘zgarishlar;
korxonaning iqtisodiy holati.
Boshqacha hilib aytganda korxonaning moliyaviy holati, hisobot davri
uchun moliyaviy natijalari hamda mulkiy holati haqidagi ma’lumotlar moliyaviy
hi-sobotda aks ettirilishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi-
ning «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi qonuniga muvofiq quyidagi shakllarda aks
ettirish tavsiya etiladi:
Buxgalteriya balansi – 1-son; shakl
Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot -2-son; shakl
Pul oqimlarining harakati to‘g’risidagi hisobot – 4-son
;
shakl
Xususiy kapitalning xarakati to‘g’risidagi hisobot -5-son ; shakl
Moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob-kitoblar va izohlar.
Bu moliyaviy hisobotlar O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi
milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan va «Korxonaning hisob siyosati»ga
asosan tuzilishi va foydalanuvchilar uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha moliyaviy
ax-borotni qamrab olishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |