Disklarini defregmentatsiyalash
Qattiq
diskda
defregmentatsiyalash – bu qattiq
diskda ma’lumotlarning tartiblangan
va strukturalangan xolda saqlanishi.
Fayllar diskda aniq
ketma-ketlik bo‘yicha
aniqrog‘i sektorlarga
bo‘lingan
maydonni
to‘ldirish, faraz qiling
qattiq disk bu arxiv,
sektorlar esa hujjatlar (har xil
ma’lumotlar) saqlanadigan qutilardir.
Aniq bir o‘lchamga ega bo‘lgan fayl sektordan ma’lum bir joyni egalaydi. Shunda sistema uni
bo‘laklarga ajratadi va bu bo‘laklarni yana ma’lum bir miqdordagi bo‘sh joylari bo‘lgan turli
sektorlarga joylashtiradi.
Bu fayldan foydalanish jarayonida sistema shu faylni barcha sektorlardan qidiradi. Masalan
bitta bo‘lakni bir sektordan topib keyin yana qaytadan butun sektorlar bo‘yicha ikkinchi va
uchinchi bo‘laklarni qidirib boshlaydi va h.k. Vaqt o‘tishi bilan bu bo‘laklar soni oshib
boraveradi, bu jarayon juda ko‘p vaqtni oladi.
Kompyuterda bajariladigan amallarga qarab disklarni defregmentatsiyalash lozim. Masalan,
turli xildagi hujjatlarni o‘qish va taxrirlash ishlari uchun diskni bir oyda bir marta agar
kompyuterda filmlar, video ko‘rsangiz, o‘yin o‘ynasangiz дефрегментацияlash jarayonini qisqa
fursatda bajarishga to‘g‘ri keladi. Defregmentatsiyalash jarayoni diskdagi bo‘sh joylarning
o‘lchamiga qarab bir necha minutdan bir necha soatgacha vaqtni oladi. Agar diskingiz 90% gacha
to‘lgan bo‘lsa bu jarayon uzoq vaqt davom etadi, shuning uchun keraksiz faylarni o‘chirish yoki
ularni tashqi xotiraga yozib turish talab qilinadi.
“Очистка диска” dasturi qattiq diskni tozalash uchun foydalanuvchi tomonidan tanlangan
fayllarni o‘chirish uchun xizmat qiladi. Agar kompyuteringizda bir qancha disklar yoki bo‘limlar
mavjud bo‘lsa ekranda diskni tanlash oynasi ochiladi:
5.7-rasm Diskni tozalash oynasi.
Kompyuterni ishga tushirish (Power) tugmasi bosilgandan keyin avtomatik ravishda
Microsoft Windows operatsion tizimi yuklanishni boshlaydi.
Agar kompyuterda bir nechta operatsion tizim o‘rnatilgan bo‘lsa, tanlash darchasi paydo
bo‘ladi. Bu darchadan kerakli operatsion tizimni klaviaturaning boshqaruv tugmalari
yordamida tanlab, enter tugmasi bosilishi bilan operatsion tizim yuklanishi davom etadi
Agar hech bir operatsion tizim tanlanmasa, odatda 30 sekunddan keyin, kompyuterning o‘zi
oldindan foydalanuvchi tomonidan belgilab qo‘yilgan operatsion tizimni yuklashni boshlaydi.
Albatta, bu kutib turish vaqtini kamaytirish yoki biror bir operatsion tizim tanlanmaguncha
yuklashni davom qilmaslikni foydalanuvchi kompyuter o‘rnatmalarida oldindan belgilab
qo‘yishi mumkin.
Windows operatsion tizimida oldingi avlodlarida bo‘lgani kabi foydalanuvchi tizimda qayd
etilishi mumkin. Har bir foydalanuvchi uchun alohida qayd varag‘i ochiladi va unda
foydalanuvchi o‘z login va paroli, faqat, o‘ziga tegishli ish stoli va dasturlari saqlanadi.
Foydalanuvchi qayd varag‘igakirish uchun paydo bo‘lgan darchada o‘ziga tegishli loginni
tanlab, parolni kiritishi va enter tugmasini bosishi lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |