5-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish biznes reja, uning ahamiyati,mohiyati va mazmuni



Download 163,5 Kb.
bet7/13
Sana08.06.2022
Hajmi163,5 Kb.
#644311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
5 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish (2)


6.2. Yangi korxonani boshqarish




Korxona (firma)ning rivojlanish bosqichlari. Faoliyatining dastlabki bosqichlarida ishbilarmon qator muammolarga duch keladi. SHulardan biri o’z xo’jalik yuritish maqomiga ega bo’lishidir. SHu bilan birga ishbilarmon bozor holatini, talab va taklifni o’rganishi lozim. Bundan tashqari, oldida qanday to’siq va chegaralar uchrashi, qanday imtiyozlar olishi mumkinligini bilishi zarur. SHu tariqa investitsiya kiritishning umumiy shartlari belgilanadi.
Bunday ma’lumotlar ochiq va ular matbuotda, statistik axborot-larda, qonunchilik hujjatlarida mavjuddir. Mutasaddi shaxslardan ham bunday ma’lumotlarni olish mumkin.
Xo’jalik yuritish yo’nalishini aniqlab olgach, ishbilar­mon o’z korxonasining ixtisoslanishini belgilaydi. Buning uchun bo’lajak iste’molchilarning imkoniyatini aniqlash, raqobatchilar haqida barcha ma’lumotlarga ega bo’lishi lozim.
Faoliyat shaklini, ya’ni individual yoki jamoa ishbilarmon-ligidan birini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. In­dividual shakl tanlaganda ishbilarmon ixtiyoriy ravishda tavakkalga qo’l uradi. Ish muvaffaqiyatsiz tugaganda mulkdor korxona majburiyati uchun o’zi javob beradi va o’z mulki hisobidan zararni qoplaydi.
Jamoa shakli tanlanganda ishbilarmon mas’uliyatni kor­xonaning boshqa ishtirokchilari bilan bo’lishadi. Ushbu shakl qo’llanganda tavakkal kamayadi, bundan tashqari, qo’shimcha resurslarni jalb etish mumkin bo’ladi.
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbi-larmon ishlab chiqarish va omborxona, asbob-uskunalarni ijaraga olishi, xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tublash qismlarini sotib olishi, ishchi kuchini jalb etishi kerak. Korxona asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar, xom ashyo va materiallar ta’minotchilari, vositachi firmalar bilan munosabat o’rnatadi. Kerakli ishchilarni mehnat birjalari, e’lonlar yordamida jalb qilishi mumkin.
Moliyaviy vositalarni jalb qilish muhim bosqichlardan hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki paytlarida ishbilarmonning ishni boshlashi uchun moddiy mablag’lari yetarlicha bo’lmaydi. Pul mablag’lari kamchiligini aktsiyalarni chiqa­rish, ya’ni korxona kapitali va daromadiga bo’lgan huquqni qisman boshqalarga berish, tijorat banklaridan zayomlar olish yo’li bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona ak­tsiya yoki qarz majburiyatlarini sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, tijorat banklari bilan o’zaro aloqa qila boshlaydi. Bank kreditlari qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida banklar tomonidan qisqa muddatli kredit berish shakli keng qo’llanilmoqda.
Banklarning korxonalarga kredit berishi turli xildagi sug’urta operatsiyalari bilan bog’liqdir. Inshoot, moddiy zaxiralar va korxonaga qarashli boshqa mulklar sug’urta qilinishi mumkin. Bu hollarda korxonalar sug’urta kompaniyalar bilan munosabat o’rnatadi.
Aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish yoki ularni sotishda korxonalar jamg’arma bozori, ya’ni qimmatbaho qog’ozlar bozoriga murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar soni juda ko’p bo’ladi. Ular ichida turli xil fond birjalari, kredit-moliya institutlari, investitsion jamg’armalar, individual investorlar yetakchi o’rinni egallaydilar.

Download 163,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish