Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qo’yilmalarga yoki aktsioner kapitaliga nisbati shaklida aniqlanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi.
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsienti deb hisoblanadi. Agar samaradorlikning ichki koeffitsienti dastlabki sath mazmunidan past bo’lmasa, loyiha samarali deb hisoblanadi.
Kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri. Bu ko’rsatkich kapital quyilmalarning o’z-o’zini qoplash muddati sifatida amalda keng qo’llaniladi. Bu davrda funktsional-ma’muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo’yilmalar qoplanadi.
Pulning maksimal sarf-xarajati. Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy moliyalashtirish o’lchamlarini aks ettiradi va barcha sarf-xarajatlarni qoplash manbalari bilan bog’lanishi lozim.
Zararsizlik me’yorlari. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining minimal o’lchovi bo’lib, «nol daromad» olinadi, ya’ni sotuvdan kelgan daromad ishlab chiqarishdagi xarajatga teng bo’ladi.
G’arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning boshqacha tuzilmasi qo’llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Kirish va umumiy ma’lumot. Bu bo’limda yuridik shakl ko’rsatiladi, korxona faoliyati tarixi va muhim tadbirlarning kisqacha ta’rifi beriladi.
Korxona faoliyatini baholash. Bu yerda korxonaning ba’zi muhim xususiyatlari ko’rsatiladi, ya’ni uning bozorda egallagan o’rni, mavqei, sotuv tizimi va boshqalar.
Mahsulotni va sotish bozorini ta’riflash.
Tadqiqotlar va ishlab chiqishlar. Bu bo’limda tadqiqotlar, dasturlar va tashabbuslarning asosiy yo’nalishlari aks ettiriladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab chi-qarish holati, ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta’riflanadi.
Xodimlar va mehnat munosabatlari.
Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy ko’rsat-kichlardan tashqari, oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha biografik ma’lumotlari beriladi.
Yuridik ma’lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq o’tmishdagi va hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqacha ta’riflanadi.
Moliyaviy ma’lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy hisobotlar ko’rib chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviyahvol ta’riflanadi.
SHartnomalar. Korxona ishtirok etgan barcha shartnoma va bitimlar ta’rifi beriladi.
Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Ro’yxatga olinmagan mulk (kvartira, mehmonxona, shifoxona, profilaktoriy va boshqa-lar)ning qisqacha bayoni beriladi.
Bundan ham qisqacha biznes-rejaning chizmasi G.Berl tomonidan taqdim etilgan.1 U quyidagi bo’limlardan iborat:
Kerakli pul mablag’i kiritilgan arizaning maqsadi, zayomni qoplash uslublari va uning ta’minoti.