5-Mavzu: Katta doira va tomirlari. Asab tizimi. Analizatorlar tuzilishi Reja


Oliy nerv faoliyati fiziologiyasining rivojlanish tarixi



Download 172,64 Kb.
bet23/46
Sana22.01.2022
Hajmi172,64 Kb.
#400698
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
2.Oliy nerv faoliyati fiziologiyasining rivojlanish tarixi

Oliy asab faoliyati fiziologiyasi haqidagi ta’limotga nazar tashlasak, uning ildizlari qadimgi yunon faylasuflari Demokrit, Platon, Aristotel kabilarning dunyoqarashlariga borib taqaladi.

Oliy asab faoliyati fiziologiyasi juda qadim zamonlardayoq insonlarni kasalliklarini oldini olish va davolash uchun ularni organizmini va organlarini faoliyatini o‘rganish uchun tibbiyot talablari tufayli yuzaga keldi. Ana shu sababli qadimgi Yunon va Rim hakamlari oliy asab faoliyati fiziologiyasini o‘rganganlar. Qadimgi olimlarning fiziologik bilimlari eng avvalo taxminlarga asoslangan, chunki ular viviseksiyani juda kam bajarganlar ana shu sababli ko‘plab olingan malumotlar tana funksiyalari haqidagi fikr va mulohazalar noto‘g‘ri va kamchiliklardan xoli bo‘lmagan.

O‘zbekistondagi fiziologiya fanining, shu jumladan oliy asab faoliyati fiziologiyasining rivojlanishida hamyurtimiz Abu-Ali-Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi kuzatishlari natijasida chop etilgan besh jildli "Tib qonunlari" asari muhim ahamiyatga ega.

Asab tizimi fiziologiyasidagi buyuk kashfiyotlarni I.P.Pavlovning ustozlari I.V.Sion (1842-1912) va F.I.Ovsyannikovlar (1827-1906) qildilar. I.F.Sion, K.Ayudvich bilan hamkorlikda yurak faoliyatini sekinlashtiruvchi va tomirlar tonusini kengaytiruvchi markazga intiluvchi asab tolalarini kashf etishdi. U yurak faoliyatini tezlashtiruvchi; jinsiy asabining tomirlarini toraytiruvchi xususiyatini; simpatik asab tolalari orqa miyaning oldingi qismidan chiqishini tamomila aniq ko‘rsatdi va birinchi marta qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari asab tizimida o‘zaro munosabatda bo‘lishini aniqlab berdi. U tormozlanish ikkita bir xil qo‘zg‘alishlar to‘lqinini uchrashidan kelib chiqishi to‘g‘risidagi gipotezanin shakllantirdi. P.V.Ovsyannikov qon aylanish tizimini markaziy asab tizimi bilan boshqarilishini o‘rgandi.

I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning reflektor nazariyasini odamlar psixologiyasining shakllanishida tabiiy ilmiy asos deb xisoblasa bo‘ladi. Malumki, sezgi a’zolari va asab tizimi fiziologiyalari odamlarda sezish, fikrlash va bilim olishni yuzaga kelishi uchun asosiy material bo‘lib xizmat qiladi.

Dialektik materializm falsafasi, materialistik psixologiya va fiziologiya hamkorlikda, lekin turli jabhalarda mavjud tabiiy ijtimoiy holatlarda inson ruhi muammolarini ishlab chiqadi.

Oliy asab faoliyati fiziologiyasi odam va hayvonlar asab tizimining tarixiy rivojanishining turli bosqichlarida turuvchi oliy bo‘limlari bilan tashqi muhitning aks etishini (inikos) asosiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Qiyosiy va evolyutsion fiziologiya turli organizmlar filogenezida tashqi muhitning qayd bo‘lishini o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini tahlil qiladi va evolyutsiya jarayonini qabul qilinishi va fikrlashni asosiy tamoyillarini aniqlab beradi.

Bu esa, faqatgina insonlarga xos bulgan ruhiyatning oliy shakli bo‘lgan fikrni yuzaga kelish sabablari tarixini ochib beradi. Odamlarning sezgisi, fikrlashi va bilimi tarixiy natija hisoblanadi. Bilim - bu odamlar bosh miyasi tomonidan haqiqiy reallikni hattoki yuqori darajada rivojlangan hayvonlardan ham sifat jihatidan boshqacha shaklda aks etish xususiyati xisoblanadi. Fiziologiya odam bosh miyasini ularning jamoaviy mehnat faoliyati va ko‘rsatma va tushunchalar - ya’ni fikrlash bilan mustahkamlangan faoliyat ko‘rsatish qonunlarini ochib beradi.

I.M.Sechenov 1862 yilda asab markazlarida tormozlanishni va 1868 yilda esa ularda qo‘zg‘alishlarni (jamlanishini) summatsiyasini kashf etdi. I.M.Sechenov "Bosh miya reflekslari" deb ataluvchi asarida reflektor nazariyasining asosiy ko‘rsatmalari qayd qilingan.

I.M.Sechenovning reflektor nazariyasi I.P.Pavlovning asarlarida va N.YE.Vvedenskiy (1852-1922), A.F.Samoylovlarning (1867-1930) faol ishtiroki tufayli yanada o‘z rivojini topdi.

I.P.Pavlovning dastlabki ishlari ham yurak faoliyati va qon aylanish tizimini asab tizimi tomonidan boshqarilishi va uning trofik funksiyasi muammolariga bag‘ishlangan edi. So‘ngra I.P.Pavlov va uning shogirdlari birinchi marta ovqat hazmi bezlari faoliyatida asab tizimining rolini har tomonlama o‘rgandilar. Keyinchalik I.A.Pavlov M.I. Sechenovning bosh miya reflekslari haqidagi fikrlarini rivojlantirib shartli reflekslarni ochdi. I.P.Pavlovning maktabi birinchilardan bo‘lib organizm funksiyalarini tashqi muhit shart-sharoitlarining o‘zgarishiga qarab moslashishini taminlovchi a’zo sifatida bosh miya ishining asosiy fiziologik qonuniyatlarini ochdi. N.YE.Vvedenskiy qo‘zg‘alish va tormozlanishning birligi va ularning birinchisidan ikkinchisiga va aksincha o‘tishi haqidagi nazariyani yaratdi, nerv va mushaklar-funksiyalarini o‘rganish bo‘yicha muxim elektrofiziologik ishlarni bajardi. Uning shogirdi A.A.Uxtomskiy (1875-1942) nerv markazlarini ish tamoyillarini - dominantlik talimotini asosladi. Bu ta’limot keyinchalik I.P.Pavlov va N.YE.Vvedenskiy-larning nerv markazlarining o‘zaro munosabatlari haqidagi konsepsiyasining keyingi rivojlanishi uchun xizmat qildi, hamda qo‘zg‘alish ritmlarini asab tizimi tomonidan o‘zlashtirilishi haqidagi fikrlarni tushuntirib berdi. A.F.Samoylov (1867-1930) elekrofiziologiyaning rivojlanishiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi va asab jarayonlarini kimyoviy yo‘l bilan uzatilish nazariyasini juda ajoyib tarzda rivojlantirdi.

V.M.Bexterev (1857-1927) odamlar asab tizimi patologiyasida shartli reflekslar nazariyasini rivojlantirdi va asab tizimlarini tuzilish va funksiyalarini chuqur o‘rgandi. Shartli reflekslar usulidan foydalanib va hayvonlarda ichki organlarning bosh miya faoliyatiga ta’sirini va bu organlarning faoliyatini bosh miya bilan boshqarilishini o‘rgandi.

Ichki organlar faoliyatiga bosh miyaning tasirini o‘rganish bo‘yicha dastlabki muhim tadqiqot V.Y.Daniliyevskiyga (1852-1939) taaluqli. Uning o‘zi bosh miyadagi elektr hodisalarni birinchilar qatorida o‘rgandi.

Po‘stloq faoliyatini o‘rganishda I.M.Sechenov va I.P. Pavlovning roli. Bosh miya faoliyatining reflektor tavsifga ega ekanligini dastlab, I.M.Sechenov o‘zining mashhur “Bosh miya reflekslari” asarida ta’riflab berdi va shu bilan oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotga zamin yaratdi. Keyinchalik po‘stloqning faoliyatini o‘rganish I.P.Pavlov zimmasiga tushdi. I.P.Pavlov po‘stloq faoliyatini atroflicha o‘rganib, oliy nerv faoliyati haqida materialistik ta’limot yaratdi. I.P.Pavlov asoslagan shartli reflekslar usuli katta yarim sharlar po‘stlog‘ining faoliyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ana shu usul tufayli katta yarim sharlar fiziologiyasini xar tomonlama o‘rganish imkoniyati tug‘ildi. I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati haqidagi ta’limoti uchta materialistik prinsipdan: determinizm prinsipi; analiz va sintez prinsipi; tuzilish-struktura prinsiplaridan tashkil topgan.

1) determinizm prinsipi - tabiatda, organizmda sodir bo‘ladigan har qanday hodisalarning sababi bo‘lgani kabi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida yuz beradigan hodisalar ham muqarrar ravishda biror sababga bog‘liq. Biz ayrim hollarda ba’zi jarayonlarning sababini hali bilmas ekanmiz, bu - ularning sababi yo‘q degan ma’noni bildirmaydi, aksincha ilmiy tekshirish usullarini mukammal emasligini ko‘rsatadi. Fanning kelgusidagi taraqqiyoti hanuz noaniq bo‘lib kelayotgan hodisalarning sababini bilib olishga imkoniyat yaratadi;

2) taxlil va sintez prinsipi - miya po‘stlog‘i ta’sirotlarni taxlil qilib, ayrim qismlarga ajratadi va shu qismlarni darrov o‘zaro birlashtirib, yaxlitlaydi, sintez qiladi. Po‘stloqning taxlil faoliyati tufayli predmetlarning alohida-alohida shakli farq qilinadi, ranggi, hidi ajratiladi, sintez faoliyati tufayli predmet to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilinadi va ta’sirotni keltirib chiqargan predmet haqida yakun yasaladi;

3) tuzilish-struktura prinsipi – bu prinsipning mohiyati, organizmda istalgan jarayon zaminida belgili struktura yotadi, ya’ni har bir jarayonni anatomo-fiziologik birlik - struktura keltirib chiqarishdan iborat. Demak, organizmdagi barcha jarayonlar moddiy bo‘lgani kabi, po‘stloqdagi jarayonlar ham moddiydir, chunki ularning ham moddiy asosistruktura zamini bor.



Download 172,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish