5-Mavzu: Katta doira va tomirlari. Asab tizimi. Analizatorlar tuzilishi Reja



Download 172,64 Kb.
bet15/46
Sana22.01.2022
Hajmi172,64 Kb.
#400698
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
O’rta miya. O’rta miya miya ko’prigining yuqorisida joylashgan bo’lib, unda to’rt tеpalik, miya oyoqchalari va miya qorinchalariiing suv yo’li bo’ladi. To’rt tеpalikning oldingi 2 tasida po’stloq osti ko’rish markazlari, orqa 2 ta tеpalikda esa po’stloq osti eshitish markazlari joylashgan. O’rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv markazi ovqatni chaynash va yutish rеflеkslarini, qo’l barmoqlarining nozik harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil tana muskullar tarangligani ta'minlaydi.

O’rta miyada ko’z soqqasini harakatlantiruvchi va bloksimon nerv markazlari joylashgan. O’rta miya shikastlansa yoki kasallansa, uning yuqorida ko’rsatilgan funksiyalari buziladi. Buning natijasida odamning ko’rish, eshitish, ko’z soqqasini harakatlantirish qobiliyati yo’qoladi. O’rta miyadagi qizil tana shikastlansa, tana muskullarining tarangligi ortadi, uning harakatlari qiyinlashadi.



Oraliq miya. Oraliq miya o’rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo’lib, bosh miya yarim sharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko’rish do’mboqlari (talamus), do’mboq osti soha (gipotalamus) kiradi, Ko’rish do’mbog’i tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda, ya'ni nerv hujayralari to’plamidan iborat. U po’stloq osti sеzgi markazi hisoblanadi. Odam tanasining sеzgi a`zolari orqali qabul qilingan barcha tashqi va ichki ta'sir (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, taktil, og’riq, issiq, sovuq va hokazolar) oldin ko’rish do’mbog’i orqali qabul qilinib, bosh miya yarim sharlari po’stlog’idagi sеzgi markazlariga o’tkaziladi.

Do’mboq osti soha (gipotalamus) ko’rish do’mog’ining ostki sohasida joylashgan nerv hujayralari to’plamidan iborat. Gipotalamusda vеgеtativ nerv tizimining markazi joylashgan bo’lib, u orqali ichki a`zolar funksiyasi, moddalar almashinuvi, tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi, och qolish va to’yish, uyqu, hayajonlanish, kayfiyatning o’zgarishi kabilar boshqariladi. Gipofiz bеzi ham gipotalamus sohasida joylashgan. Gipotalamusning nerv hujayralaridan maxsus nеyrogormonlar ajralib, ular gipofiz ishining boshqarilishiga ta'sir ko’rsatadi. Yuqoridagidardan ko’rinib turibdiki, oraliq miyaning tarkibiy qismi bo’lgan talamus va gipotalamus odam hayotida muhim fiziologik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etadi. Bu nerv markazlari shikastlansa yoki kasallansa, tashqi va ichki ta'sirini sеzish, ya'ni og’riq, isssq, sovuqni sеzish, ko’rish, eshitish qobiliyati pasayadi. Moddalar almashinuvi buzilishi natijasida sеmirish yoki ozish, qandsiz diabеt kasalligi va odamning kayfiyati buzilishi kabi noxush holatlar sodir bo’ladi.



Miyacha. Miyacha bosh miya yarim sharlari ensa bo’lagining ostida joylashgan, massasi 150 g. Uning ikkita yarim sharlari va ular o’rtasida chuvalchangsimon qismi bor. Miyacha tashqi tomondan kulrang modda bilan qoplangan bo’lib, u kichik egat va pushtlarga bo’lingan. Kulrang modda nerv hujayralari to’plamidan tashkil topgan. Miyachaning ichki qismida oq modda joylashgan bo’lib, u nerv tolalaridan iborat. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, miyachaning tuzilishi va shakli bosh miya yarim sharlariga o’xshash bo’ladi. U uch juft: yuqorigi, o’rta va pastki oyoqcha yordamida orqa miya; uzunchoq miya, miya ko’prigi, o’rta miya va bosh miya yarim sharlari bilan bog’lanadi. Miyacha oyoqchalaridagi nerv tolalari orqali orqa miyadan muntazam ravishda impuls olib turadi.

U odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va harakatlarning tartibli bajarilishi, muvozanatda bo’lishini ta'minlaydi. Agar miyacha shikastlansa yoki kasallansa, tana muskullari bo’shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o’xshab gandiraklab harakat qiladi.




Download 172,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish