3. Oliy nerv faoliyatini tekshirish usullari
Oliy asab faoliyati fiziologiyasi - eksperimental fan xisoblanadi. Eksperimentlar ikki turda, o‘tkir va surunkali tajribalarda olib boriladi. Tajribalar laboratoriya hayvonlarida (it, mushuk, quyon, baqa va boshqalar), maymunlar va qishloq xo‘jalik hayvonlarida (sigir, ko‘y, yechki va boshqalar) o‘tkaziladi.
O‘tkir tajribalarda hayvon xushidan ketkiziladi yoki qimirlamaydigan holatda, hayvon hayotini saqlab qolish qoidalariga rioya qilinmagan holda tajriba o‘tkaziladi. O‘tkir tajribalarda hayvonning o‘rganilayotgan a’zolari, unga kelayotgan nerv tolalari va qon tomirlari ochiladi. Bir qator tajribalarda maxsus usullar yordamida to‘qimalar hayot faoliyati, moddalar almashinuvini normada saqlangan xolatda a’zolar tanadan ajratib olinadi. Masalan, ulardan o‘tuvchi qon tomirlari orqali kislorod bilan boyitilgan qon, yoki uni o‘rnini almashtiruvchi eritmalar o‘tkaziladi (perfuziya usuli). Ayrim xolatlarda a’zolarning (asab, mushak va boshqalar) hujayralarini o‘sha eritmalarga joylashtirish yo‘li bilan o‘rganiladi. Bunday tajribalarning kamchiligi hayvonning to‘qimalari, qon tomirlari va asab tolalarini qoplab turuvchi po‘stloqlar jarohatlanganidan keyin notabiiy sharoitlarda bajarilishi xisoblanadi.
Surunkali tajribalarda esa hayvonlar avvaldan sterillangan sharoitda operatsiya qilinadi va hayvon butunlay sog‘ayganidan keyin ularda uzoq yillar davomida mo‘tadil hayot sharoitida tajribalar o‘tkaziladi. Lekin, surunkali tajribalar davomida operatsiya asoratlari, masalan qo‘shni a’zolarni o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin, bu esa o‘rganilaayotgan a’zoning normal faoliyatini qisman bo‘lsada buzilishiga olib keladi.
Keyingi paytlarda odamlar va hayvonlarning tanasiga salbiy tasir ko‘rsatmasdan bosh miya, yurak, qon tomirlari, nafas a’zolari, skelet mushaklari va boshqa a’zolarning faoliyatini ularning tashqi yuzaga mahkamlangan yoki ichki a’zolarga kiritilgan (radiopilyuli) radiouzatgichlar yordamida tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Elektron asboblar va kompyuterlardan foydalanish eksperimentni o‘tkazishni juda yengillatadi.
Hozirgi paytda organizmdagi muhim funksiyalarni a’zo va to‘qimalarning faoliyatiga hech qanaqa zarar yetkazmasdan yerda va hatto kosmosda masofadan turib radio uzatgich va boshqa tizimlar yordamida televizion kuzatishlar orqali o‘rganilmoqda.
Udan tashqari hozirgi zamon fiziologiyasida funksiyalarni o‘rganishda modellash usuli ham keng qo‘llanilmoqda. Modellar fizik apparatlar holida bo‘lib, matematik gipoteza yoki nazariyalar asosida yasalgan bo‘ladi va u tadqiqotchini fikricha fiziologik jarayonni imitatsiya qiladi yoki funksiya tabiiy sharoitda bajariladi. Fizik modellardan foydalanish yoki modellar fiziologik gipoteza va nazariyalarni to‘g‘riligini organizmdan tashqarida tekshirib ko‘rish imkonini beradi va o‘rganiladigan jarayon va funksiyalarni bajarilishi bo‘yicha tabiat qonunlariga qanchalik to‘g‘ri kelishi haqida yangi fiziologik qonuniyatlarni ochish uchun katta ahamiyatga ega.
Modellashtirish muhim amaliy ahamiyatga ega. Xozirgi paytda kibernetik mashinkalardan aqliy va jismoniy mehnat qurollari sifatida, tibbiyotda esa ayrim a’zolarni vaqtinchalik almashti-rishda foydalanilmoqda. Bularga hisoblash mashinkalari, matnlarni bir tildan ikkinchi tilga o‘girish, harakat reaksiyalarining yuzaga kelish va davomiylik tezliklarini aniqlash, qonning kislorod bilan to‘yinishi, eritrotsitlar miqdorini aniqlash, yurak-o‘pka apparati, sun’iy buyraklar va hokozolarni misol qilib keltirish mumkin.
A’zolarning kibernetik elektron modellari ularning vazifalarini jiddiy ravishda osonlashtiradi. Modellarda elektron jarayonlar harakatlansa, organizmda murakkab fiziologik va bioximik jarayonlar kechadi va bu ularning asosiy farqi xisoblanadi.
Ajratib olingan a’zolar, to‘qimalar va hujayralar faoliyatlarini o‘rganish bo‘yicha tajribalarni ham modellashtirish deb hisoblash mumkin. Hayvonlar organizmini funksional qonuni-yatlarini o‘rganish natijalari faqatgina odamlar organizmi funk-siyalarini fiziologik mexanizmlarini ochish uchun foydalanilmas-dan balki hozirgi zamon texnikasida (bionika) foydalaniladigan yangi kibernetik mashinalar yaratish uchun foydalaniladi.
Hozirgi zamon elektronika, kibernetika, avtomatika yutuqlariga asoslanib tabiiy sharoitda fiziologik jarayonlarni xar tomonlama to‘liq o‘rganish ilgaridan tadqiqotchiga avval imkoni bo‘lmagan yangi fiziologik qonuniyatlarni ochishga imkon beradi.
Demak, oliy asab faoliyati fiziologiyasi hayot hodisalarini mazmunini tushuntirishda, tirik organizmning fizik va kimyoviy jarayonlarni o‘rganishda, hayotiy jarayonlarni boshqarilish tadbirlarini ishlab chiqishda, aynan moddalar va gormonlar almashinuvi, irsiyat va organizmni maqsadli o‘zgarishini taminlashda ishtirok etadi.
Oliy asab faoliyati fiziologiyasi quyidagi maqsadlarni: 1) tirik organizmdagi mo‘tadil funksiyalarni tinimsiz ravishda o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi sharoitga bog‘liq holda bajarilish qonuniyatlarini o‘rganishni; 2) tirik organizmdagi funksiyalari tarixiy, filogenetik, xususiy va ontogenetik rivojlanishini va ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishni o‘z oldiga qo‘yadi.
Odam va hayvonlar organizmidagi oliy asab faoliyatini mo‘tadil funksiyalarini bajarilish qonuniyatlarini ochilishini muhim nazariy ahamiyati, organizm faoliyatidagi hali o‘rganilmagan faoliyat mexanizmlarini samarali o‘rganish yo‘llarini aniqlab berishdan iborat. Ayniqsa alohida hujayralar, ularning tarkibiy qismlari tuzilishi va vazifalarini hamda molekulalarni tuzilishini (molekulyar daraja) o‘rganish katta axamiyatga ega.
Bosh miya faoliyatini nihoyatda xilma-xil usullar yordamida o‘rgansa bo‘ladi. Shulardan ba’zilarini aytib o‘tamiz:
1. Kuzatish usuli - hayvonning xulq-atvorini muayyan vaqt oraligida ko‘zatib borish. Turli sharoitlarda, ya’ni hayvonga xilma-xil ta’sirlar berilganda xulq-atvorni kuzatish, aytarli qiyinchilik tugdirmaydi. Biroq bu usulning o‘zi hayvonning oily nerv faoliyati to‘g‘risida chuqurroq xulosa chiqarish imkonini bermaydi. Shu sababli u boshqa usullar bilan birga qullaniladi.
2. Miya po‘stlog‘ini ta’sirlash usuli - katta yarim sharlarining u yoki bu qismlari ta’sirlanganda organizmda yuz bergan o‘zgarishlarga qarab, ta’sirlangan shu joyning vazifasi to‘g‘risida fikr yuritsa bo‘ladi.
3. Miya po‘stlog‘ini batamom yoki qisman olib tashlash usuli. Tajriba hayvonni operatsiya qilinib, miyasining po‘stlog‘i batamom yoki qisman olib tashlanadi. Natijada organizmga ro‘y bergan o‘zgarishlarga qarab, shu hayvon miyasi po‘stlog‘i yoki ma’lum qismlarining organizm uchun qanday ahamiyati borligi aniqlandi. Hayvon qancha yuqori taraqqiy etgan bo‘lsa, po‘stloqning batamom yoki qisman olib tashlanishi uning xulq-atvoriga shuncha ko‘p o‘zgarishlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
4. Kibernetik usul - keyingi paytlarda keng tarqalayotgan usuldir. Xilma-xil nozik va nihoyatda aniq ishlaydigan mexanizmlar yordamida miya faoliyatining u yoki bu tomonlarini sun’iy yo‘l bilan gavdalantirish, modellash. Bu usul miya faoliyatini aniqroq o‘rganishga yordam bermoqda.
5. Klinik usul - xilma-xil kasalliklar paytida miya faoliyatini o‘rganish.
6. Shartli reflekslar usuli - po‘stloq faoliyatining mazmunini shartli reflekslar bo‘lganligidan xilma-xil shartli reflekslarni hosil qilish po‘stloq faoliyatining mohiyatini yoritadigan eng qo‘lay usuldir. Shartli reflekslar usuli yordamida po‘stloqning asl fiziologiyasini, funksiyalarining istalgan tomonini o‘rganish mumkin.
Po‘stloq faoliyatini o‘rganishda bulardan tashqari anatomik, gistologik, gistoximik, bioximik va biofizik usullar ham keng qullaniladi.
Xozirgi paytda bosh miya faoliyatini o‘rganishda tibbiyot klinikalarida quyidagi usullardan foydalanilmoqda:
elektroensefalografiya;
bosh miyada potensiallarni chaqirish;
miyada elektr faollikni topografik xaritalash;
kompyuter tomografiya;
neyron faolligi;
miyaga ta’sir ko‘rsatish usuli
1.Elektroensefalografiya (bosh miya po‘stlog‘idagi summar biotelektrik faollikni taxlil qilish) usuli - miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan biotoklarni elektroensefalograf asbobi yordamida yozib olinadi va taxlil qilinadi. Bunda chizilib boradigan egri chiziqga – elektroensefalogrammaga qarab, miya faoliyati to‘g‘risida fikr yuritiladi (X.Berger, 1929).
2. Bosh miyada potensiallarni chaqirish – tashqi ta’sirotga javoban va uni ta’siri boshlanishi bilan qat’iy ma’lum vaqtli aloqa xolatida nerv strukturalarida paydo bo‘ladigan usuli. Odamlarda bosh miyada potensiallarni chaqirish maxsus texnik tuzilmada xar xil signallar orasidan kerakli va foydali sinallarni birin-ketin to‘planishini, yoki summatsiyasini ajratib olinadi. Bunda ta’sirot berilgandan keyin boshlanadigan elektroensefalogrammadagi bir necha yozuvlar umumlashtiriladi va taxlil qilinadi (B. Rockstroh et al., 1982).
3. Miyada elektr faollikni topografik xaritalash usuli avvalgi ikki usul – elektroensefaloramma va potensiallarni chaqirish usullari bilan olingan ko‘plam ma’lumotlarga tayanadi. Bu usul tekshirilayotgan odamning bosh miyasi ma’lum bir nuqtasidagi o‘zgarishlarni juda aniq va xar tomonlama taxlil qilishga yordam beradi (N.L. Gorbachevskaya va boshq., 1991).
4. Kompyuter tomografiya – miya moddalari zichligida kuzatiladigan birozgina o‘zgarishlarni aniq va xar tomonlama tasvirlaydigan yangi usul. Bu usul rentgen va xisoblash taxnikasi yutuqlari xamkorligi asosida yaratilgan va u texnikaviy xal qilish va matematik ta’minlanish tomonidan prinsipial yangiligi bilan ajralib turadi. Rentgenografiya va kompyuter tomografiyasi usullarini bir-biridan farqi shuki, u xam bo‘lsa, agar rentgenorafiya usuli bilan tananing faqat bitta qismidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatsa, kompyuter tomografiya usuli bilan bir organni, ya’ni a’zoni turli tomonlaridan tasvirga olinadi va shunday qilib tanani yoki a’zoni ma’lum bir nuqtasini va xattoki o‘sha nuqtani xar bir soxasini ko‘ndalang kesimi bo‘yicha tasviri kompyuterda ko‘rsatiladi va shu asosida xar tomonlama taxlil qilinadi. Bosh miyada tomografik takshirish olib borish uchun neyromotograf priboridan foydalaniladi.
5. Neyron faolligini aniqlash usuli (N.P. Bextereva va boshqalar, 1985). Neyron - asab hujayrasi odam va hayvonlarni markaziy asab tizimining morfofunksional birligi bo‘lib, u orqali xar xib axborotlarni organizmga yetkazib berib turadi. Yakka neyronning faolligi diametri 0,1 dan 1 mikrongacha bo‘lgan mikroelektrodlar yordamida qayd qilinadi. Bosh miyaning kerakli nuqtalariga maxsus tuzilmalar yordamida bu elektrodlar kiritilib maxkamlab qo‘yiladi va kuchaytirgich ossillografga ulanadi. Ossillograf u yerda xosil bo‘layotgan elektr zaryadlaridagi o‘zgarishlarni yozib oladi. Bu usul bilan yakka neyrondagi o‘zgarishlarni xam va bir gurux neyronlardagi o‘zgarishlarni xam yozib olib taxlil qilish mumkin.
6. Miyaga ta’sir ko‘rsatish usuli. Psixofiziologlar yuqorida sanab o‘tilgan usullardan tashqari laboratoriya sharoitida odam va hayvonlarning hulq-atvori va ruxiy faoliyatini miyadagi fiziologik jarayonlardagi o‘zgarishlarni miyaga bevosita yoki bilvosita rag‘bat berish usulidan keng foydalanishadi va to‘qima va hujayralardagi o‘zgarishlar mexanizmi aniqlanadi. Miyaga ta’sir etishning eng oddiy usuli sensor rahbatlantirish (ko‘rish, eshitish, xid bilish, taktil va boshqalar) usuli xisoblanadi. Miyaga elektr rag‘bat ta’sir etish usuli miyaning aloxida strukturalari faoliyatini aniqlashda eng samaralisi xisoblanadi. Bu usul miyani kerakli nuqtalariga jarroxlik usuli yordamida elektrodlar o‘rnatilish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |