5-Mavzu: Katta doira va tomirlari. Asab tizimi. Analizatorlar tuzilishi Reja


Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha



Download 172,64 Kb.
bet22/46
Sana22.01.2022
Hajmi172,64 Kb.
#400698
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
1.Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha

Oliy nerv faoliyati deb, asab tizimining organizmni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan faoliyatiga aytiladi. Bu faoliyat organizmning tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashishini ta’minlaydi. Bunga eng avvalo, nasldan-naslga o‘tadigan shakldagi reaksiyalar yordamida erishiladi. Avlodlar tajribasi asosida filogenizda hosil bo‘lgan moslashish reaksiyalariga sodda shartsiz reflekslar va instinktlar, ya’ni murakkab shartsiz reflekslar kiradi.

Shartsiz refleks va instinktlar. Shartsiz refleks tug‘ma bo‘lib, retseptor sohasida adekvat ta’sirlanganda qonuniy ravishda ma’lum reflektor yoy bo‘ylab rivojlanadigan reaksiya xisoblanadi. Bu reflekslar har xil somatik, visseral va vegetativ jarayonlarni birlashtirib organizmning ichki muhitini doimiyligini saqlanishini va uni tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘lanishlarini ta’minlaydi.

Umurtqali hayvonlar bosh miyasining katta yarimsharlar po‘stlog‘i olib tashlangach shartsiz reflekslarning aksarisi saqlanib qoladi. Bundan anglashiladiki, shartsiz reflekslar MAT ning quyi bo‘limlari - orqa miya, uzunchoq miya, o‘rta miya va oraliq miya ishtirokida, shuningdek katta yarimsharlar po‘stlog‘i ostidagi yadrolar ishtirokida yuzaga chiqadi.

Organizmning hayotida, uning muhit o‘zgarishlarida moslashuvida sodda shartsiz reflekslar bilan bir qatorda instinktlarning (I.P.Pavlov bularni murakkab shartsiz reflekslar) ham ahamiyati katta. Instinktlar maqsadga erishishga qaratilgan xatti-harakatlarning tug‘ma turi bo‘lib, ular ontogenetik rivojlanish jarayonida ruyobga chiqadi va turning har bir nomoyondasida tegishli rag‘bat yoki sharoit yuzaga kelganda o‘zgarmas xolda kuzatiladi.

Instinktning asosini va uning birinchi bosqichini organizmning ichki biologik ehtiyoji tashkil qiladi. Bu extiyoj, masalan ochlik, jinsiy qo‘zg‘alish, qo‘rqish va xaka-zolar ma’lum intilishni shakllaydi va unga yetish uchun organizm bir necha stereotip xati-harakatlarni bajaradi. Instinktli faoliyatni yuzaga chiqishda limbik tizim va ichki sekretsiya bezlari muhim rol o‘ynaydi. Ayni bir vaqtda, bu faoliyat tashqi muhit o‘zgarishlariga ham bog‘liq. Masalan, qushlarda in qurish, bola ochish instinkti paydo bo‘lishi uchun kunlar uzayib, havo isishi kerak. Odamning odob – ahloqi asosan jamiyatning ijtimoiy qonunlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu tufayli, odamning instinktlari o‘zgargan va ong nazoratiga bo‘ysinadi.

Shartli reflekslarning xosil bo‘lish mexanizmi va ularning tasnifi. Odam va hayvonlar evalyutsiyasida xayot-ning o‘zgaruvchan sharoitlariga to‘la moslashishining murak-kab va nozik shakli – shartli reflekslar paydo bo‘lgan. Shartli reflekslar tug‘ma bo‘lmaydi, ular individual xayot jarayonida shartsiz reflekslar asosida hosil bo‘ladilar. Agar shartsiz refleks masalan, so‘lak ajralishi refleksi boshqa yot ta’sirot bilan ko‘p marta takrorlansa, masalan, tovush keyinchalik ana shu yot ta’sirot so‘lak ajratish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Avval bu faoliyatga aloqasi bo‘lmagan retseptorlarni ta’sirlash yo‘li bilan maxsus hosil qilingan yangi reaksiya shartli refleks deb ataladi. Shartli reflekslar sababli, xatti-harakatlarda, o‘zgaruv-chan sharoitlarga mutonosiblik va egiluvchanlik paydo bo‘ladi. Barcha shartli reflekslarning yuzaga chiqishida MAT ning yuqori bosqichlari ishtirok qilishi lozim. Shartli refleksning shartsiz refleks asosida ma’lum qonun qoidalarga rioya qilgan taqdirdagina paydo qilish mumkin: 1) shartli refleks hosil qilish uchun shartli signal shartsiz ta’sirot bilan bog‘langan xolda takroran qo‘l-lanilishi lozim; 2) shartli signal shartsiz ta’sirotlardan sal oldin berilishi shart; 3) shartli signal shartsiz ta’sirotga nisbatan kuchsizroq bo‘lishi kerak; 4) shartli refleks hosil qilishi uchun MAT faol ishtirok qilishi kerak; 5) shartli refleks hosil qilish jarayonida bosh miya po‘stlog‘i yot narsalardan mo‘tloqo xolis bo‘lishi kerak.

Shartsiz va shartli reflekslar yaxlit organizm faoliyattining eng murakkab formasi - tashqi muhitda yurish-turishi, ya’ni fe’l-atvorining negizini tashkil etadi. Shartli reflekslar - organizmning tashqi muhitga moslanishining yuksak shaklidir.

Miya po‘stlog‘ida ta’sirotlarning taxlili va sintezi. Miya po‘stlog‘ining faoliyati organizmga tashqi muhitdan doimiy ravishda tushib turadigan ta’sirotlar va orga-nizmning o‘zida hosil bo‘ladigan ta’sirlovchilar paydo qilgan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini taxlil kilinishidan va uning asosida o‘zigagina xos bo‘lgan javob reaksialarining rejalarini sintez qilishdan iborat.

Ta’sirotlar taxlili organizmga ta’sir etuvchi turli xildagi signallarni ajratish va ularning ahamiyatini baholashdan iborat. Yuqorida bunday taxlilning retseptor apparatida boshlanishi eslatib o‘tilgan edi. Oliy taxlilni miya po‘stolog‘i bajaradi.

MAT ning quyi pog‘onalarida, masalan, orqa miyada retseptorlardan kelgan qo‘zg‘alish doimo muayyan efferent yo‘llarga o‘tkaziladi, bunday reflektor yoylarda ulanish doimo muayyan bo‘ladi.

Evolyutsiyaning ma’lum bir davrida, markaziy asab tizimi orqali atrof-muhit yoki ichki muhit ta’sirlariga javob sifatidagi reflektor faoliyat paydo bo‘lgan. Nasliy mustahkamlangan reflekslar, oldindan o‘rgatilmagan ko‘rinishdagi xulq-atvorlar asosida yotadi. Ular, turga xos bo‘ladi, ya’ni organizmning ma’lum bir holatida, ushbu turga mansub barcha zotlarda, ularga mos ravishdagi tashqi muhit qo‘zg‘atuvchilari ta’siriga javoban o‘zgarmas.

Ontogenezda atrof-muhitning barcha sharoitlariga organizm moslashgan bo‘ladi. Markaziy asab tizimining to‘liq shakllanib borishi bilan birga, sut emizuvchi hayvonlarning hammasida, avval umumlashgan, keyin esa ixtisoslashgan reflektorli reaksiyalar paydo bo‘ladi. Tug‘ilish vaqtiga kelib, markaziy va periferik asab hosilalarining majmualari, hamda ular bilan bog‘langan ona organizmidan tashqarida yashashni ta’minlaydigan effektor apparatlari yetiladi. Postnatal hayot davrida, ketma-ket ravishda, avval uncha murakkab bo‘lmagan, keyin esa, borgan sari murakkab bo‘lgan ixtisoslashgan xulq-atvor aktlari namoyon bo‘ladi. Ular bilan birga, gomeostazni qo‘llab turish bilan bog‘liq vegetativ reaksiyalar ham mukammallashadi.

Yangi tug‘ilgan davrda, reflektor faoliyatni qayta qurish sodir bo‘ladi, hulq-atvorning ayrim shakllari yo‘qotiladi va yangilari bilan o‘rin almashadi. Rivojlanishning antenatal va postnatal davrlarida, organizmning turli ehtiyojlarini qoniqtirishga yo‘naltirilgan xulq-atvorning turli murakkablikdagi elementlari va majmualari paydo bo‘ladi.

Oliy asab faoliyati fiziologiyasining vazifasi - tug‘ma xulq-atvor mexanizmlarini va uni o‘rganish jarayonlari bilan o‘zaro hamkorligini aniqlashdan iborat. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar I.M.Sechenovning ruhiy faoliyatning reflektorli asosi to‘g‘risidagi tushunchalaridan kelib chiqadi. Reflektor nazariya oqimida I.P.Pavlov, tug‘ma xulq-atvorni o‘ta murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar) yig‘indisi sifatida tushuntirgan. XVIII asrda J.Lamerti instinktlar idrok va tajribadan mustasno harakatlar deb hisoblagan. Individual hayot davrida instinktiv va orttirilgan xulq-atvorning o‘zaro munosabatlarining evolyutsion aspektlari, A.N.Seversev tomonidan o‘rganilgan. Uning fikricha, instinktlar mustahkam moslashish bo‘lib, ular ham morfologik belgilar kabi, turning yashashi uchun juda muhim. Agar, shartli reflekslar nasldan-naslga o‘tmasdan, balki miyani tug‘ma shakllanish darajasi bilan belgilansa, instinktiv xulq-atvorda fiksatsiya qilingan harakatlar dasturi ham, ularni individual tajriba natijasida ma’lum bir modifikatsiyaga qobiliyati ham nasliy mustahkamlangan bo‘ladi.

Tug‘ma xulq-atvorni o‘rganishning asosiy yo‘nalishlaridan biri - etologiya hisoblanib, hayvonlar hulq-attvorini ular uchun adekvat (mos) muhitda o‘rganadi. I.P.Pavlov, hayvonlar xulq-atvoriga antropomorfik aspektda qarashlarga, o‘zining oliy asab faolyati to‘g‘risidagi (refleks) ta’limotini qarshi qo‘ygan. Ushbu ta’limot, xulq-atvorning markaziy mexanizmlarini, hozirgi vaqtda ham o‘rganishga neyrofiziologik yondoshishning rivojlanishini belgilagan. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik fiziologlar, xulq-atvorni o‘rganishda, uni mexanizmlarini ochish imkoniyatini beruvchi uslubiy yondashishning barcha arsenallaridan foydalanishmoqda. Bunda, asosiy aksent, o‘rganish jarayonlarini tadqiq qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, ularni strukturaviy tashkiliyligini nasliy mustahkamlangan faoliyat to‘g‘risidagi yetarli ma’lumotlar asosida tushunish mumkin.




Download 172,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish