Miya ko’prigi. Miya ko’prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o’rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko’prigining tashqi qismi kulrang moddadan iborat bo’lib, nerv hujayralaridan tashkil topgan, ichki qismida oq modda bo’lib, unda nerv tolalari joylashgan. Miya ko’prigida uchlik, ko’z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan.
Bu nervlar orqali miya ko’prigi rеflеktor funksiyasini bajaradi. Bundan tashqari, xuddi uzunchoq miyaga o’xshab, miya ko’prigi o’tkazuvchanlik funksiyasini ham bajaradi, ya'ni u orqali orqa miya va uzunchoq miyadan nerv impulslari bosh miyaning yuqori qismidagi nerv markazlariga o’tkaziladi. Bu markazlardagi qo’zg’alish impulslari miya ko’prigi orqali uzunchoq va orqa miyaga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |