3. Ilmi kalom deb diniy aqidaviy g‘oya va mafkuralarni ishonchli dalillarga tayanib о‘rganmoqqa aytiladi. Shariati islomiyada e’tiqodga doir nazariy masalalar kalom ilmi masalalari hisoblanadi. Uning asosiy bosh maqsadi mukammal iymonga yetishish va ikki dunyo saodatiga musharraf bо‘lishdir. Tо‘g‘ri, ba’zi salafi solihlar tarafdan kalom ilmi haqida salbiy qarashlar bildirilgan. Bu aslida ilmi kalomda chuqur ketib, aqidasida adashib qolgan mutaassiblar tufayli aytilgan fikrlardir. Asli haqiqatda esa kalom ilmi bahslari islom qonunlari, kitob, sunnat, ijmo’, qiyos va mantiqiy qoidalar asosida joriy bо‘ladi. Kalom ilmi mana shu shar’iy manbalarga muvofiq fandir.
Hijriy ikkinchi asrning boshlarida musulmonlar orasidagi aqidaviy bahs munozaralar yangi bosqichga kо‘tarilgan. Aqiydaviy masalalar bahs qilinadigan maxsus davralar paydo bо‘la boshlagan.
Bu davralarning yetakchilari, ularga ergashuvchilar hamda bir-biridan farqli aqidaviy qarashlar yaqqol kо‘rina boshlagan. Bularning samarasi о‘laroq turli nomlar bilan ataladigan firqalar shakllana borgan. Bu firqalarni ahli sunnadagilar yo yetakchilarining ismi bilan, yo qilayotgan asosiy da’volari bilan, yo ajralib turadigan biror sifatlari bilan nomlaganlar.
Mazkur firqalarning vakillari xilma-xil e’tiqoddagi shaxslar bо‘lib, ularning ba’zilari о‘zining buzuq e’tiqodida nihoyatda g‘uluvga ketgan va islomdan chiqib ketishga yaqin qolgan bо‘lsa, ayrimlari islomga begona bо‘lgan turli falsafiy qarashlarga yopishib olgan edi. Bunday kimsalar e’tiqod haqidagi sо‘zlarga falsafiy qarashlarni aralashtirib yuborgan edilar. Taraflar о‘rtasida bugun "falon narsa haqidagi kalom" nomi ostida, ertaga boshqa bir "falon narsa haqidagi kalom"atrofida turli aqidaviy bahs-munozaralar, qattiq tortishuvlar borardi.
Shuning uchun ham jamiyat ahli orasida mazkur shaxslar mashg‘ul bо‘lgan "kalom" bilan shug‘ullanishning shar’iy hukmi haqidagi savollar baralla yangray boshlagan. Tabiyki mazkur shaxslarning holatlaridan xabardor ahli sunna ulamolari bunday "kalom" bilan shug‘ullanishning harom ekanini, undan saqlanish lozim ekanini qattiq ta’kidladlaganlar. Mazkur "ahli kalomchilar" о‘rtasidagi bahs munozaralarda sodir bо‘layotgan sam’iy dalillarga nisbatan beparvo munosabatda bо‘lish, qarshi tomonni kofirga chiqarish kabi holatlar ahli sunna ulamolarining sо‘zlari haq ekanini kо‘rsatib turardi. Ushbu davrlarda ahli sunna ulamolari "kalom ilmi" bilan shug‘ullanishdan qat’iy ravishda batamom man qilganlar.
Keyinchalik ahli sunna ulamolari "kalom ilmi"ning xatarli jihatlaridan ogohlantirish bilan birga Qur’on va sunnat asosidagi "kalom ilmi" haqida ham sо‘z yuritganlar. YA’ni endi "kalom ilmi"ni mutlaqo man qilishdan uni joiz va nojoiz turlariga ajratishga о‘tilgan.
"Kalom ilmi" atrofidagi bahslardagi ikki tarafning ham asosiy dalillarini о‘rganib chiqish kо‘plab tushunmovchiliklarga barham beradi.
Ma’lumki, islomning keng tarqalishi katta hududlarda ilgaridan mavjud huquqiy meyorlarning islomlashtirilishini taqozo etdi. Islomning yangi hududlarga yoyilishi bilan u yoki bu tarzda yangi diniy e’tiqodlar, yangi madaniyatlar, odatlarga duch kelindi. Islom dinning yoyilishi uni boshqa dinlar bilan tо‘qnashishga olib keldi. Bu hol, о‘zi bilan birga yangi masalalar, talablarni yuzaga chiqardi. Musulmonlar yangi siyosiy tizimga asoslangan о‘z hokimiyatlarini yoyar ekanlar, turli odatlar va an’analarga ega xalqlar bilan murakkab munosabatlarga kirishdilar. Ular qarshisida islomga yangi xalqlarning kirishi orqali yuzaga kelgan muammolar kо‘ndalang bо‘la boshladi. Madaniyati yuksakroq bо‘lgan xalqlarning mantiqiy savollariga qoniqarli javob topish, о‘z dinlarining boshqa dinlardan afzalligini kо‘rsatishda muqaddas kitoblar bilan kifoyalanibgina qolmay, shu bilan birga, mantiqiy jihatdan isbot qilish hayot-mamot masalasiga aylandi. Bu, о‘z navbatida, yangi g‘oya va yо‘llarning paydo bо‘lishiga olib kelishi ravshan edi. Ikkinchi tomondan esa, mavjud siyosiy tuzum ichidagi beqarorlikni bartaraf etish, musulmonlarning turli firqalarga bо‘linib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik zarurati ulamolarni yangi izlanishlarga majbur qildi. Ushbu omillar islomning fikrlovchi doiralarida kalom bahslarining paydo bо‘lishiga zamin tayyorladi. Baxs yuritishning о‘ziga xos tartib-koidalari bо‘lgan. Bunday «hujum-himoya» kо‘rinishidagi bahs usuli, yahudiylar, xristianlar va moniylar о‘rtasida qadimdan davom etib kelayotgan munozaralarning eng ommaviysi edi. Islomda «Kalom» yunalishiga asos bо‘lgan bunday baxslarni olib boruvchilarga nisbatan «mutakallimin», ya’ni «sо‘zlashuvchilar» atamasi qо‘llanila boshladi. Bu baxslar turli guruhlarning jizzaki va chapani olishuvlari shaklidan madaniy munozaraga, kо‘pgina xollarda yozma baxslar (risolalar) shakliga о‘tishi, shariat ximoyasiga xizmat kilishi lozim edi.
Kalom, shu tariqa, о‘z taraqqiyoti davomida shariat ilmining tarkibiy qismiga aylandi. Bunda Abu al-hasan Ash’ariyning xizmati alohida diqqatga sazovordir. Shar’iy asosdagi «Kalom» yо‘nalishi tо‘lig‘icha uning va Abu Mansur Moturidiyning ta’limotlaridan boshlanadi. Islomda ularga zid ta’limotni targ‘ib etgan barcha teologik va falsafiy-mantiqiy yо‘nalishdagi qarashlar bid’at deb e’lon qilingan. Ibn Xaldunning: «Kalom bor-yо‘g‘i bid’atlarga raddiya sifatida paydo bо‘lgan. U shunday ilmki, mantiqiy dalillarga asoslangan bahs yuritish orqali din asoslarini himoya qiladi va islomiyatdan adashgan bid’atchilarni qoralaydi» deb bergan ta’rifi kalomning ash’ariy va moturidiylardan boshlangan ana shu – kalom ilmi taraqqiyotining yangi bosqichiga tegishli ekanligini unutmaslik kerak.
Shuni eslatib о‘tish joizki, islomning ilmiy va ma’rifiy doiralarida shariat haqidagi ilm dastlabki shakllangan shahobcha bо‘lsa, hadisshunoslik, tarix, adabiyot, kо‘p hollarda, shariat va fiqhga ilova edi. Ularning hammasi Ash’ariy va Moturidiydan sо‘ng «kalom»da о‘z ifodasini topdi.
Kalom falsafadan faqat predmeti bilan ajralib turadi. Faylasuf falsafiy asoslarga suyansa, mutakallim diniy hujjatlarga asoslanadi. Kalom о‘z farazini mantiqiy mazmun va islom tamoyillariga muvofiq hujjatlar asosida ishlab chiqadi. о‘sha paytlarda Vahiy va amal, qudratli Alloh va notavon ojiz mavjudot о‘rtasidagi munosabatlarga oydinlik kiritish zarur edi. Manbalarning guvohlik berishicha, ilk teologik bahslar iroda erkinligi va qadar masalasida kо‘tarilgan.
Garchand kalom ilmining alomatlari Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin darhol kо‘zga kuringan bо‘lsa-da, fan sifatida shakllanishi, ma’lum ma’noda, aqliy (ratsional) ta’limotni ishlab chiqqan mu’taziliylar bilan bog‘liq. Shariatni himoya qiluvchi mutakallimlarning asosiy zarbalari ularga qaratilgan edi. Chunki aynan mu’taziliylar, birinchi bо‘lib, din masalalari, yangi paydo bо‘lgan muammolarni hal qilishda mantiqqa suyanib ish kо‘rdilar. Alloh adolati qanday amalga oshadi, yovuzlik qayerdan paydo bо‘lgan, qabilidagi savollar oldin hech kimni qiziqtirmagan bо‘lsa, bu masala mu’taziliylarning say’-harakati bilan kalom bahslarining bosh masalasiga aylandi.
Mu’taziliylar Alloh adolati muqarrarligi, shafoat yо‘qligi va dо‘zaxda mangu azob borligini targ‘ib etdilar. Allohning taqvodorlarni munosib taqdirlashi, shu bilan birga, hidoyatdan adashganlarni jazo kutajagi hamda na payg‘ambar va na avliyolarning shafoati yoki Alloh rahmi bо‘lmasligi haqidagi goyalarni ilgari surdilar. Ularni abbosiy xalifalar qо‘llab-quvvatladilar. Bundan ruhlangan mu’taziliylar din asoslari tahliliga yanada chuqurlashib ketdilar. Bu esa Qur’oni karimni zohiriy idrok etuvchilar uchun katta muammolarni keltirib chiqardi.
4. Sharq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, ma’naviyatimiz va ma’rifatimizga chuqur ta’sir о‘tkazgan tasavvuf (sufizm) ta’limoti VIII asr о‘rtalarida paydo bо‘lgan. Dastlab u zohidlik (tarkidunyochilik - bu dunyo hoyu-xavasidan voz kechish) harakati kо‘rinishida bо‘lib Bag‘dod, Basra, Kufa, Damashq shaharlarida keng yoyilgan.
Asli tasavvuf sо‘zi «Sufiy» sо‘zidan, «Sufiy» sо‘zi esa arabcha «Suf» sо‘zidan yasalgan. Suf deb arablar jundan bо‘lgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda sufiylik yо‘lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan tiqilgan chakmon (u hirka deb ham aytilgan) yoki pо‘stin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib yuruvchilar, ya’ni sufiylar deb ataganlar. Sufiy boshqa odamlardan о‘zini pok va g‘aribona turmush kechirishi, doimiy toat-ibodatda bо‘lishi va faqat ilohiy ruhga qо‘shilishni maqsad qilib qо‘yishi bilan tubdan farq qiladi. Sufiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bо‘lmasligi kerak. Yagona istak bu Ollohning diydoriga yetishishdan iborat. Faqirlik tuyg‘usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga xoja, u yolg‘iz Ollohga banda, u yolg‘iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Hamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda о‘zlikdan kechish - sufiylik ta’limotining ma’nisi mana shu. Buyuk sufiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: о‘zingdan о‘tding, Ollohga yetding. Hazrat Xoja Bahouddin aytadilarki: Bizning hech narsamiz yо‘q, lekin hech narsadan g‘amimiz yо‘q,. О‘sha «hech»... narsa ketidan yugurib g‘am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda gо‘riston, agar о‘lsak hech bir motam kerak emas.
Tasavvuf - sufiylik insonni о‘rganar ekan, avvalo, kishining kо‘ngliga, diliga tayanadi, kо‘ngilni, qalbni tarbiyalashga, kо‘ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.
Tasavvufda insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qо‘yish jism ehtiyoji va nafs ta’masidan kelib chiqadi, deb о‘rgatiladi. Komil inson bо‘lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta’masini yengish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qо‘yish kishini nafsiga qо‘l qilib kuyadi. Darvesh, sufiy nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog‘idan, tubanlik jaridan kutqarib, uni poklashning birdan-bir yо‘li nafsning ehtiyojini yengishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga kо‘ngil bog‘lash darkor. Sufiylikda buni dunyo mohiyatini va о‘zligini, insoniylikni anglash yо‘li deb qaralgan. О‘zligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari о‘tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: «о‘z nafsining yomonligini tanish о‘zligini tanishdir».
Demak tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmi. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik Inchunun, biz necha zamonlar insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. О‘tmishdagi Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi.
Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta’limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bо‘lgan. Xoja hakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al-Maturidiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar ilohiy ma’rifat yо‘lining rahnamolari bо‘ldilar. Ular yaratgan ta’limot va ilgari surgan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ham о‘z ahamiyatini yо‘qotgan emas. Chunonchi, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bо‘lishga chaqirishda foydalanish о‘rinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash - nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag‘lub shoh - qul, nafsdan ustunlikka erishgan g‘arib - shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bо‘lmagan kishining g‘ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan. О‘z xikmatlaridan birida shunday deydi:
Nafs yо‘liga kirgan kishi rasvo bо‘lur,
Yо‘ldan ozib, toyib, tо‘zib gumroh bо‘lur.
Yotsa - tursa shayton bilan hamroh bо‘lur....
U nafs bandalariga qarata «Nafsni tebgil, nafsni tebgil ey badkirdor» deb murojaat etadi, va «Nafsim meni yо‘ldan urib xor ayladi, Termultirib haloyikqa zor ayladi», - deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, ma’naviy jihatdan jarlikka qо‘latadi. Shu bois «Nafsni tanib mehnat yetsa rohat», - deb xitob qiladi. Bu g‘oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g‘oyat muhim.
Movarounnahr tasavvuf ta’limotida Xoja Bahouddin Naqshbandning о‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.
Naqshbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotida xur fikrlikka keng о‘rin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, о‘z mehnati evaziga halol yashash, noz-ne’matlarni kо‘pchilik bilan baham qurish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo qurishni afzal bilganlar.
Bahouddin Naqshband - aybsiz odam yо‘q, shuning uchun agar aybsiz dо‘st axtarsak dо‘stsiz qolamiz, - der edilar.
Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, sham kabi bо‘lgin va odamlarga yorug‘lik ber, о‘zing esa qorong‘uda bо‘l, degan ekanlar.
Xoja Bahouddinning «Kо‘ngil Ollohda bо‘lsinu, qо‘ling esa ishda» hikmatlarining inson ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Tasavvuf tariqatlari haqida sо‘zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya haqida ham tо‘xtab о‘tishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki о‘z vatanini, xalqini dildan sevgan insonni ham kо‘ramiz. 1221 yilda bosqinchi mug‘ul galalari qadami Xorazmga yetib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni о‘z holiga tashlab qochadi. Shu qaltis damlarda Urganchni himoya qilishga 76 yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shaxid bо‘ladi. Uning siymosi xalq, kahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.
Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari о‘nta bо‘lib, ularda bu tariqat yо‘lini tutgan sufiyning ichki ma’naviy dunyosi qanday bо‘lishi kо‘rsatilgan. Insonning sabr-toqatli bо‘lishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan ketmaslik har qanday pastkashlik riyo, makr va xiyla-nayrangga bormaslik hayvoniy xususiyat - shaxvoniy hirslarga berilmaslik g‘oyalari ilgari suriladi.
Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga saykal berish ilmi. U inson odobini - ya’ni ma’naviyatini yanada kuchaytirgan butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi.
5. Islomda axloqiy-huquqiy qonun-qoidalar majmui shariat XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Shariat qonun-qoidalari Qur’on va sunna asosida ishlab chiqilgan. Unda musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, huquqiy va axloqiy hayotini tartibga soluvchi qonun-qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib-qoidalar «Hidoyat», «Vikrya», «Muxtasari hidoya», «Muxtasari vikrya» nomli kitoblarda jamlangan.
Shariatda qonunlar muqaddas hisoblanib, unga har bir mо‘min-musulmon ijtimoiy holatidan kat’iy nazar Ollohning bandasi sifatida birday amal qilishi talab etilgan.
Islomda halol qilingan narsalar va ishlar kо‘pchilikka ma’lum, u haqda kо‘p eshitganmiz. Harom qilingan ishlarni eslatib о‘tish va eslatib turish joizdir. Bulardan ayrimlarga qо‘yidagilar: sog‘ bо‘la turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq bо‘lish, savdo-sotiqda g‘irromlik qilish, birovning haqqiga, omonatiga hiyonat qilish, qasamhо‘rlik, sudxо‘rlik, о‘g‘irlik, qarokchilik, mayxо‘rlik, g‘iybat, tuhmat, bо‘hton, josuslik, qotillik, poraxо‘rlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va jamiyatga zarar keltiradigan ish va amallardan iborat.
Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amhо‘rlik farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qо‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bо‘lish, mehr-shafqatlilik, tо‘g‘rilik, rostguylik, sofdil bо‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan.
Munofiqlik belgisi uchtadir: Yolg‘on sо‘zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga hiyonat qilishdir;
Shaxs va jamiyat munosabatlarini tartibga solish, jamiyat taraqqiyotida davlat arboblariga yordam berishda ilohiyotchi olim ruhoniylarning xususan, fiqhshunoslarning roli katta bо‘lgan. Fiqh ilohiyotning bir sohasi sifatida islom tarixida musulmon huquqshunosligining qonun-qoidalarini ishlab chiqishida munosib hissasini qо‘shgan. Natijada shariat mazmuni jamiyatdagi moddiy va ma’naviy hayotning barcha tamoyillarini о‘z nazorati ostiga olgan. Islom huquqshunosligida О‘rta Osiyolik mashhur faqixlardan Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Lays Samarqandiy va boshqalarning о‘rni katta bо‘lgan. Muhimi shundaki, ular ushbu masalaning Qur’on oyatlari va hadislardagi aqidaviy jihatlariga asoslangan holda uning huquqiy asoslarini ishlab chiqdilar. Bunda xususan vatandoshimiz Burhoniddin Marg‘inoniy (1118-1197) va uning «Hidoya» asarining ahamiyati benihoyadir. Chunonchi, musulmon qonunchiligi (fiqh) da musulmon mamalkatlarida yashovchi boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan ham ayrim fuqarolik huquqlari berilishi joiz bо‘lgan. Ularning mol-mulki, joni, diniy e’tiqodi va boshqa ayrim ijtimoiy-siyosiy huquqlarining daxlsizligi kafolatlangan bо‘lib, ular «zimmiy» lar, ya’ni mol-mulki, joni va boshqa huquqlari daxlsizligi musulmon davlati zimmasiga yuklatilgan g‘ayridin fuqarolaridir. Bunday qonunning joriy qilinishi va о‘rta asrlardayoq islom hukmron din bо‘lgan mamlakatlarda qо‘llanilishi bir tomondan, bir mamlakatda turli dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolar о‘rtasida totuvlik, о‘zaro ishonch, hurmat-ehtirom tuyg‘ularining mustahkamlanishiga xizmat qilgan bо‘lsa, ikkinchi tomondan shaxs va jamiyat о‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga va oqibatda jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik muhitining ta’minlanishiga xizmat qilgan. Xususan, Marg‘inoniyning «Hidoya» asarida g‘ayridin fuqarolardan olinadigan soliq miqdori haqida chiqargan hukmlari alohida ahamiyatga ega. Uning hukmicha, g‘ayridinlardan olinadigan soliq miqdori ular mamlakatlarida olinadigan soliq miqdoriga bog‘liq. «Agar ularning biz musulmonlardan qay miqdorda tо‘lov olayotganidan g‘ofil bо‘lsak, undan molining о‘ndan bir miqdorida ushr (tо‘lov) olamiz. Chunki Hazrati Umar (r.a.) aytganlarki: «Agarda ular bizlardan qancha miqdorda tо‘lov olayotganini bilmasanglar, ulardan о‘ndan birini olaveringlar». Bundan xulosa qilish mumkinki, har bir odamdan ushr (tо‘lov) olinayotganda asosiy e’tibor uning musulmon yoki g‘ayridin bо‘lishidan qat’iy nazar, adolat mezoniga rioya qilinishi kerak. Bunday hukm diniy bag‘rikenglikning yuksak namunasi bо‘lish bilan birga, shaxs va jamiyat munosabatlari masalasiga yuksak insonparvarlik ruhida yondashish va bu bilan jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga da’vat qilish hamdir. Burhoniddin Marg‘inoniyning quyidagi hukmi ham diqqatga sazovordir: «Ular (ya’ni g‘ayridinlar) musulmonlarning barcha mollarini olib qо‘yayotgan bо‘lsalar hamki, bizlar ularning barcha molini olib qо‘ymaymiz. Chunki, barcha molini olib qо‘yish xiyonatdir va bunday qilish biz musulmonlarning sha’nimizga loyiq emasdir. Agar ular bizlardan hech narsa olmayotgan bо‘lsalar, bizlar ham hech narsa olmaymiz. Shunda ular ham bizning tijoratchilardan hech narsa olmaydilar».
Qur’on, islom va shariatda zakot masalasida chiqarilgan hukmlarning shaxs va jamiyat munosabatlariga nisbatan muhim jihati shundaki, ularda asosiy e’tibor insonni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan. Islomning beshta farzlaridan biri bо‘lmish zakot asosan jamiyatdagi ma’lum bir tabaqa, guruh insonlarni moddiy himoya qilishga qaratilgan. Zakot – bu ma’lum bir mablag‘ga ega bо‘lgan har bir musulmonning о‘sha mablag‘dan qirqdan bir qismini har yili beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga, faqir va miskinlarga ehson qilishdir. Bu narsa masjid, madrasa va shunga о‘xshash diniy muassasalarga emas, balki aholining ma’lum bir ijtimoiy tabaqasiga ehson qilishdir. Aytish mumkinki, diniy e’tiqodning zaruriy bir sharti sifatida masalani bu tariqa qо‘yish boshqa birorta jahon dinlarida mavjud emas. Islomda musulmonchilikning farzlaridan bо‘lgan zakotga shu darajada katta о‘rin berilganki, Qur’onning kо‘p oyatlarida zakot berishga da’vat qilish namozga da’vat qilish bilan birga kelgan.
Savollar:
1. Islomda qanday yо‘nalish, mazhab va oqimlar bor?
2. Tasavvuf qanday diniy ta’limot? Uning mohiyatini izohlang.
3. О‘rta Osiyolik qanday buyuk sufiylarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |