hollarda ularning
asosida shahvoniy qoniqmaslik, shahvoniy intilish yotganini
aniqlagan. Jamiyatdagi odob-axloq qoidalari va me’yorlari ularni ong ostiga siqib
chiqarib yuborgan, kasalning o‘zi xatto ruhiy xastaligining asl sababini bilmagan.
Freyd aniqlashicha, odob-axloq qoidalari, umuman madaniyat insonning asl
istaklari
va intilishlarini, demak, inson tabiatini xiralashtiradi va “korreksiya”
qiladi (tahrir qiladi), ong ostiga siqib chiqaradi.
Karl Yungning arxetiplari marksizmning ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni
belgilaydi,
moddiy-iqtisodiy
bazis
o‘zgarishi mafkuraviy ustqurma
yangilanishiga olib keladi, degan tezisiga mos kelmaydi. Arxetiplar odamlar ongi
ostida saqlanib qolingan o‘tmish qarashlari, g‘oyalari qoldiqlaridir. Ularning
vujudga kelishiga sabab bo‘lgan voqelik, ijtimoiy munosabatlar allaqachon – bir-
necha yuz va ming yillar avval yo‘qolib ketgan. Ammo ular jamoaviy ongsizlik
unsurlari sifatida hamon mavjud va ba’zan
inson hulq-atvoriga, irodasiga,
muayyan qaror qabul qilishiga, kayfiyati va sog‘ligiga ta’sir ko‘rsatadi. Freyd va
Yung xulosalari marksizmning inson haqidagi qarashlari cheklanganini ko‘rsatdi.
Sotsializm amaliyoti marksizmga yanada qattiqroq zarba berdi. Sotsializm
individuallikni hisobiga olmaslik va mulkni to‘liq davlatlashtirish, insonni
mulkdan begonalashtirish jamiyatni inqirozga olib kelishini,
barcha yuksak
umidlar chipakka chiqishini ko‘rsatdi. Marksizmning mehnat borasidagi tamoyili
“har kimdan imkoniyatiga qarab, har kimga mehnatiga yarasha” deyilsa-da,
amalda sotsialistik mamlakatlarda ishchi-xizmatchilarga haq to‘lashda tekischilik
ustunlik qilardi. Real hayotda ishlovchilarning mehnat unumdorligi, mehnatga
munosabati bir xil emas. Kimdir o‘ta harakatchan, unumli mehnat qiladi. Kimdir
shoshilmasdan
sekin ishlaydi, kamroq mahsulot chiqaradi. Bir ishchining
malakasi yuqori, mahsulotning sifati a’lo. Ikkinchisining malakasi past,
mahsulotning sifati o‘rtacha. Kimdir vijdonan ishlaydi, mehnatkash,
kimdir
dangasa. Ularga bir xil oylik maosh to‘lansa, oqibatda mehnatga munosabat
jamiyat miqyosida ich-ichidan yemiriladi.
Yaxshi ishchilar o‘rta miyona ishchilardek mehnat qila boshlaydi, chunki
moddiy manfaatdorlik yo‘q. Natijada mehnat unumdorligi va mahsulot sifati
pasayadi.
Na ishchilar, na korxonalar sotsializm sharoitida unumli va sifatli
ishlashdan manfaatdor. Hech qanday raqobat yo‘q. Bu o‘z navbatida yangi
texnologiyalar rivojlanishiga, ishchi-xizmatchilar malakasi o‘sishiga xalaqit
beribgina
qolmasdan, odamlarning kommunistik g‘oyalarga ishonmay
qo‘yishiga, sotsializmning tizimli inqirozga uchrashiga sabab bo‘ldi. Xususiy
mulkchilik sharoitida tashmachilik va qo‘shib yozishlar, korxonalarning o‘z
mijozlarini aldashlar yo‘q edi. To‘g‘ri, ayrim qallobliklar bo‘lib turgan, ammo
ular jamiyat mohiyatidan kelib chiqmas edi. Individual xususiyatlari tan
olinmagan va mulkdan begonalashgan inson o‘z
tabiatidan ham begonalashdi,
sotsializm qurishning vositasiga, oddiy murvatchasiga aylanib qoldi. Inson tabiati
to‘g‘risidagi marksistik qarashlar oqlanmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: