5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja


Yashashdan maqsad” savoliga javob izlash inson tabiatining muhim



Download 486,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana29.04.2023
Hajmi486,89 Kb.
#933464
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
маънавият маъруза-5

Yashashdan maqsad” savoliga javob izlash inson tabiatining muhim 
belgisidir.
Xalqimizning asriy turmush tajribasi asosida qaror topgan 
kundalik ongida mazkur savolga quyidagicha javob beriladi: insonning 
yashashdan maqsadi ezgu ishlar qilib, munosib farzandlar tarbiyalab, yaxshi nom 
qoldirishdir. Mazkur sodda va nihoyatda dono fikrdan kelib chiqib, inson tabiati 
– bu ezgulikka yo‘naltirilgan orzu-havaslari, aql-zakovati, bilimlari va amaliy 
ishlari asosida yotgan irodasidir deyish mumkin va joiz. 
Falsafiy va diniy ta’limotlarda insonning yashashdan maqsadi, degan 
savolga murakkablashgan va chalkash javoblar beriladi. Jahonning barcha yirik 
dinlari bu dunyoni foniy, o‘tkinchi hisoblaydi. Insonning yashashdan maqsadi 
foniy dunyoda xayrli (savobli) ishlar qilib boqiy dunyoga tayyorgarlik ko‘rish, 
jannatga (buddaviylikda – nirvanaga) sazovor bo‘lish degan g‘oyani yoqlaydi. 
Ayrim diniy oqimlar va mazhablar bu masalani yanada keskinroq qo‘yadilar. 
Masalan, xristianlarda o‘rta asrlarda «ruhingni qutqarish uchun pushtingni 
so‘ndir», degan da’vat keng tarqalgan edi. Tasavvuf riyozat cheksang, 
nafsoniyatdan, xususiy manfaatlardan qutulsang, o‘zligingdan kechsang, Haq 
vasliga vosil bo‘lasan, deydi. Agar ma’naviyat — inson tabiatini yuzaga 
chiqarishga, mustahkamlashga va rivojlantirishga, insonning yashashdan 
ko‘zlagan maqsadiga erishishga xizmat qiladigan aqliy va hissiy talablarni ham 
qamrab olishini nazarda tutsak, yuqoridagi qarashlar bugungi tushunchadagi 
ma’naviyat mazmunini to‘liq ochib berolmasligini ko‘ramiz. 
Dunyoviy falsafa vakillari antik zamonlardanoq insonning yashashdan 
maqsadi zavq-lazzatli, huzur-halovatli umr kechirish (gedonizm) yoki baxtli 
bo‘lish (evdemonizm), deb bilganlar. Bu qarashlar turli davrlarda turlicha 
ifodalarda qaytarilgan. Forobiy evdemonizm tarafdori bo‘lgan. «Insonlik 
mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv...», «Insoniy vujuddan maqsad eng oliy 
baxt-saodatga erishuvdir», deb uqtirgan alloma
10
. O‘z fikrini davom ettirib, 
Forobiy inson avvalo baxt-saodatning nimaligini bilmog‘i zarurligini, unga 
10
Абу Наср Форобий.
 
Ўша асар, 188-6. 


erishuvni o‘ziga oliy maqsad qilib olmog‘i, unga eltadigan ish-amal va vositalarni 
bilmog‘i va bajarishga kirishmog‘i lozimligini ta’kidlaydi. Forobiy 
tushunchasidagi baxt-saodat va farovonlik bu zavq-shavqning, lazzatlanishning 
avloddan-avlodga o‘sib borishidir. Forobiy evdemonizmi ruhoniy gedonizmga 
asoslangan. 
Forobiy qarashlaridan kelib chiqib ma’naviyatni aniqlaydigan bo‘lsak, u 
birinchi navbatda insonning (jamiyatning) ijobiy, musbat bilimlari, zavq-shavqi, 
hayotdan lazzatlanish tuyg‘ulari, oliy maqsadga, idealga va bunyodkorlikka, 
baxt-saodatga intilishdir. 
Marksizm, evdemonizm va gedonizmni inkor qilmasada, lekin ularga 
nopisand qarab, insonning yashashdan maqsadi o‘z imkoniyatlarini yuzaga 
chiqarish, hayotda shaxs sifatida o‘zini namoyon qilish, deb hisoblaydi. Shaxs 
deganda esa har tomonlama uyg‘un rivojlangan, jismonan yetuk, «haqiqiy ilmiy 
dunyoqarashga» ega faol kishini tushunadi. Marksizmning masalaga bunday 
yondashuvi bilan qo‘shilish mumkin bo‘lardi, agarda u sinfiylik, partiyaviylik va 
jangavor ateizm tamoyillarini ilmiy dunyoqarashning o‘zaklari deb qaramasa. 
Mazkur tamoyillar esa «ilmiy dunyoqarash» va «uyg‘un rivojlangan shaxs» 
tushunchalari mazmunini juda-juda cheklab, biryoqlama qilib qo‘yadi. Axir 
biryoqlama, hatto ba’zan mutaassiblarcha fikrlaydigan shaxsni har tomonlama 
uyg‘un rivojlangan shaxs deb bo‘lmaydi. 
Inson tabiati, insonning yashashdan maqsadi haqidagi barcha ta’limotlarni, 
ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni, bu ta’limotlar o‘rtasidagi vorisiylik va 
munozaralarni tahlil qilish alohida mavzu. Yuqorida keltirilgan asosiy qarashlarni 
umumlashtirib, xulosa qiladigan bo‘lsak, 
ma’naviyat insonning asl tabiatini,
uning ijtimoiyligini (jamoaviyligini) va shaxs sifatida individualligini, milliy va 
individual irodasini mustahkamlashga, uning aqliy va hissiy ichki dunyosini 
tarbiyalashga, kamol toptirishga, ijodiy va bunyodkorlik imkoniyatlarini 
(qobiliyatini) yuksaltirishga, jamiyatning madaniy merosini boyitishga, muhitini 
yaxshilashga xizmat qiladi hamda uning o‘zi ulardan tashkil topadi. 


Industrial jamiyat va unga xos bozor iqtisodiyoti qaror topishi iqtisodiyotni 
va ishlab chiqarish munosabatlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu o‘z navbatida 
odamlarning o‘zaro va jamiyat bilan aloqalariga, munosabatlariga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatdi, ularni ancha o‘zgartirdi. Postindustrial jamiyatda juda kuchli 
rivojlangan iste’molchilik psixologiyasi, insonning zo‘ravonlikka asoslanmagan 
har qanday ehtiyojlarini qondirish, keskin individualizm, egotsentrizm va vulgar 
antropotsentrizm inson tabiatiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotining asosiy maqsadi “islohotlar islohot 
uchun emas, inson uchun” tamoyilida ifodalanadi. Islohotlardan maqsad – inson 
omili rivojlanishi uchun, u to‘q va farovon, erkin va ozod yashashi, o‘z 
imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishi, yuksak ideallar, ezgu orzu havaslar 
yo‘lida mudom takomillashishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir, ya’ni 
insonning asl tabiatini rivojlantirishdir, uni haqiqiy ma’naviy shaxsga 
aylantirishdir.

Download 486,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish