5-mavzu: iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning о‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor yо‘nalishlari reja


Fuqarolik jamiyatida xususiy mulkchilik va ijtimoiy munosabatlar



Download 57 Kb.
bet2/3
Sana14.06.2022
Hajmi57 Kb.
#671009
1   2   3
Bog'liq
5-maruza (2)

2. Fuqarolik jamiyatida xususiy mulkchilik va ijtimoiy munosabatlar.
Inson erkinligi uning moddiy farovonigi bilan uzviy bog‘langan. Ochlikdan, kambag‘allikdan aziyat chekadigan odamni tо‘laqonli erkin deyish mushkul. Shaxs erkinligi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikning kafolatlanganligi sharoitida tо‘liq namoyon bо‘ladi. Bunda xususiy mulk nafaqat fuqarolik jamiyatini iqtisodiy asosini tashkil etadi, balki siyosiy, axloqiy, madaniy yangilanishlarga ham asos bо‘ladi. Fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy ongining о‘sishida xususiy mulkning ahamiyati nihoyatda yuksakdir. Zero xususiy mulk:

  • insonning xususiy hayot tarzini belgilab beradi;

  • tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni о‘zaro bog‘laydi;

  • mulkdorda о‘ziga ishonch paydo qiladi;

  • insonga mehnatga ijodiy yondashish va vatanga muhabbatni uyg‘otadi;

  • insonlarga о‘troqlikni о‘rgatib, ijtimoiy madaniyatni о‘stiradi;

  • oilani jamiyatning xо‘jalik “yacheyka” si sifatida mustahkamlab, uni mulkiy munosabatlarga jalb qiladi;

  • insonda davlatga nisbatan hurmat hissini oshiradi;

  • insonning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantiriadi;

  • insonda fuqarolik mustaqillik hissini tarbiyalaydi;

  • siyosiy erkinlikka bо‘lgan tо‘g‘ri yondashuvni tarbiyalaydi.

Shunday qilib xususiy mulk instituti shaxs erkinligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatib, u fuqarolarning о‘zini о‘zi anglash hissini shakllantiriadi. Qonunchilikda insonlarning huquqiy tengligining mustahkamlanganligi hamda meyoriy-huquqiy hujjatlardagi huquq va erkinliklarning barchaga teng amal qilishi fuqarolik jamiyati yetukligining asosiy mezonidir.
Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari haqida gap ketar ekan, mulkdorlarning erkinligi ham muhim jihatlardan hisoblanadi. Bir qarashda bu belgi juda soddadek tuyuladi. Har qanday jamiyatda ham ishlab chiqarish vositalariga ega bо‘lgan mulkdorlar mavjud bо‘lib ishlab chiqarish vositalariga ega bо‘lgan mulkdorlar erkin hisoblanishadi. Biroq mulkdorlarning erkinligi kо‘pgina davrlarda jiddiy shubha ostiga olinganligi ham ma’lum. Fuqarolik jamiyatida shaxsning erkin faoliyati barcha sohalarda о‘z manfaatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Avvalo, insonlarning iqtisodiy sohaga taalluqli bо‘lgan orzu niyatlari rо‘yobga chiqadi. Xususiy mulkdorda erkin iroda yaqqol namoyon bо‘ladi.
Bu yerdagi birinchi masala, jamiyatda mavjud mulkdorlarning miqdori va ular egalik qilayotgan mulkning qiymati bilan bog‘liq. Ikkinchidan, fuqarolik jamiyatining subyektiga aylanishi uchun mulkdor nimadan ozod bо‘lishi kerakligi navbatdagi muhim masaladir. Qadimgi mutafakkirlar bu savolga yakdillik bilan ishlab chiqarish jarayoniga davlatning, siyosiy hokimiyatning aralashuvi va nazoratidan ozod bо‘lishlari kerakligini uqtirishadi. Mulkdor va ishchilar о‘rtasidagi murakkab munosabat bilan bir qatorda tarixning barcha bosqichlarida ishlab chiqarish vositalari egalari siyosiy sohaning iqtisodiyotga ta’sirini bartaraf etish yoki hech bо‘lmaganda uni cheklash uchun kurashib kelgan. Bu kurashda iqtisodiyot va siyosatni bir-biriga teng darajada ta’sir kо‘rsatishi umuman jamiyat va uning barqaror rivojlanishi uchun eng maqbul yо‘ldir. О‘tgan asr tajribasining kо‘rsatishicha, mulkdorlarning davlat nazoratidan chiqib ketishi iqtisodiyotda boshboshdoqlikni kuchaytirib yubordi, natijada esa 30-yillar va 70-yillarda iqtisodiy inqirozlarga olib keldi. Davlatning mutlaq ustunlik qilishi esa insoniyatni bundan ham og‘ir inqirozlar, jumladan Birinchi va Ikkinchi Jahon urushi kabi bо‘hronlarga olib keladi. Shuning uchun ham bugungi rivojlangan mamlakatlarda siyosat va iqtisodiyot о‘rtasidagi munosabatlarda muvozanatni saqlashga katta e’tibor qaratilmoqda.
Davlat tomonidan jamiyatni qattiq nazorat ostiga olinishi sobiq tizim davrida ayniqsa yaqqol namoyon bо‘ldi. Ishlab chiqarish vositalarini о‘z egalaridan mahrum etgan shо‘rolar xalq ommasini ishlab chiqarish vositalarining egasiga aylantirishga ishongan holda harakat qildilar. Ammo tom ma’nodagi mulkdorsiz ishlab chiqarish vositalari takomillashmasligi, erkin bozor munosabatlari va sog‘lom raqobatsiz ishlab chiqarish rivojlanmay qolishini tarix isbotladi. SHо‘ro tizimi davrida barcha vositalarga davlatning monopol tarzda egalik qilishi boshlandi, davlat xalqniki, demak mulk ham umumxalqniki ekanligi degan mavhum tushuncha о‘rnashdi. Iqtisodiyotda davlat monopoliyasi ishlab chiqarish vositalarini о‘zlashtirish orqali shaxsiy va korporativ ishlab chiqarishga, bu bilan esa mulkchilikka barham berdi.
Shuning uchun shо‘ro tizimini boshidan kechirgan mamlakatlarning aksariyatida fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy muammolaridan biri – ishlab chiqarish vositalariga egalik qiluvchi mulkdorlar qatlamini tezlik bilan shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Zamonaviy dunyoqarash, xorijiy yetakchi tajribaga ega bо‘lgan mulkdorlar qatlamigina о‘z mamlakatida ishlab chiqarishni rivojlantirar ekan, yangicha milliy an’ana va kо‘nikmalarni shakllantirgan holda sanoati rivojlangan mamlakatlarda mulkdorlar qilgan ijobiy ishlarni amalga oshiradilar. Boshqacha aytganda, ular amalga oshiradigan asosiy vazifa davlat bilan paritetga erishish va iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat.
Ijtimoiy guruhlar о‘rtasidagi qutblashuvning oldini olish vamuvozanatni saqlab turish davlatchilikning tabiati hamda millatning ma’naviy-ma’rifiy qiyofasiga bog‘liq. Bu yerda g‘arrb mamlakatlarida kuzatilgan muhim bir jarayonga e’tibor qaratish lozim. Ma’lumki, g‘arb jamiyatida azaldan xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy munosabatlar shakllangan. G‘arb jamiyatida tarixdan mulkiy munosbatlar, ya’ni iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgani singari, ishlab chiqarish vositalari egalari va ishchilar о‘rtasida rо‘y beradigan ishlab chiqarish munosabatlari ustiga qurilgan. Erkin bozor munosabatlariga asoslaanganligi tufayli bunday jamiyatlarda mulkdorlar va ishchilar о‘rtasidagi qutblashuv kuchaya borgan. Natijada о‘ta boylar va о‘ta qashshoqlardan iborat turli ijtimoiy qatlamli jamiyatlar shakllangan. Tabaqalashuvning chuqurlashuvini oldini olishning huquqiy mexanizmlari mavjud bо‘lmagan va davlat ham bunday murakkab vazifani о‘z zimmasiga olmagan. Boshqacha aytganda, g‘aarb jamiyatlarida tabaqalashuv jarayoni tabiiy jarayon sifatida qabullangan. Sharq jamiyatlarida, ayniqsa musulmonlar jamiyatlarida ham garchi ijtimoiy tabaqalashuv mavjud bо‘lsa-da, kо‘pgina diniy institutlar, jumladan “zakot” singari amaliyotlar ijtimoiy qatlamlar о‘rtasidagi “jarlik” ning oldiini olishga ozmi-kо‘pmi xizmat qilgan.
Bizning jamiyatda ijtimoy tabaqalashuvning kuchayishiga qarshi davlat tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xalqningmilliy qadriyatlari, bag‘rikengligi ham ijtimoiy zaif qatlamlarni qо‘llab quvvatlashga xizmat qilmoqda. Demak, huquqiy davlatchilik rivojlangani sari fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari о‘z о‘rnini topa boradi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti jadallashgan о‘tish davrida davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlari о‘rtasida kelishuvga ehtiyoj kuchaya boradi. Bu mumtoz tadqiqotlarda ta’kidlangan jamoaviy shartnoma nazariyasining zamonaviy kо‘rinishidir. Bugungi kunda mamlakatimizda rо‘y berayotgan islohotlarga nazar tashlansa quyidagi manzara kо‘zga tashlanadi. Masalan, davlat bosh islohotchi sifatida maydonga chiqar ekan, imkon qadar о‘rta mulkdorlar qatlamini shakllantirishning huquqiy va tashkiliy zaminini yaratishga intilmoqda.
- о‘rta mulkdorlar qatlamining shakllanishi jamiyatda о‘zinng yaratuvchilik salohiyatiga ishongan iqtisodiy qatlamning shakllanishiga olib keladi;
- о‘rta qatlamning shakllanishi bilan iqtisodiy sohada faoliyat yuritadigan fuqarolik institutlarining roli kuchayib boradi;
- fuqarolik jamiyati institutlari bilan xususiy mulk egalari о‘rtasida manfaatli hamkorlik yо‘lga qо‘yiladi;
- jamiyatda mavjud, mamlakat taraqqiyoti uchun qо‘llash mumkin bо‘lgan, ammo qо‘llanilmay kelayotgan kо‘plab imkoniyatlar fuqarolik jamiyatining rivojlanishi bilan ishga solinadi.

3. О‘rta mulkdorlar qatlamining shakllanishi va davlat instituti


Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini yaratish uchun davlat oldida bir qator muhim masalalarni hal etish vazifasi turibdi.
Birinchidan, mamlakatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish barobarida qonuniy asosda faoliyat yuritishga qodir bо‘lgan о‘rta mulkdorlar qatlamini shakllantirishni kuchaytirish zarur. SHо‘ro tizimini boshidan kechirgan mamlakatlarning aksariyatida, tadbirkorlik firibgarlik bilan hamohang tushunilgan edi. Aslida bozor munosabatlari rivojlangan, ayniqsa sanoatlashgan mamlakatlarda jamiyatga eng kо‘p foyda keltiruvchi, ayni vaqtda eng durust qatlam aynan mulkdorlar qatlami bо‘lgan. Bu sharoitda davlat erkin faoliyatga sharoit yaratish bilan bir vaqtda ularni faqat va faqat qonun doirasida ish yuritish kо‘nikmasini shakllantirish kerak.
Ikkinchidan, jamiyatda erkin bozor munosabatlarini rivojlantirish barobarida ijtimoiy tabaqalashuvning qutblashuviga yо‘l qо‘ymaslik ham kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish davlat oldida turgan murakkab masalalardan biridir. Bunga borada О‘zbekistonda davlat tomonidan “kuchli ijtimoiy himoya” tamoyili muvaffaqiyatli qо‘llinilib kelinmoqda.
Uchinchidan, davlat ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga mas’ul bо‘lgan yagona institut bо‘lish bilan bir qatorda bosh islohotchi sifatida erkin bozor munosabatlarini ham rivojlantirish vazifasini ham ado etishi zarur. Erkin bozor munosabatlari yangi sharoitdagi iqtisodiy faoliyatda turli noqonuniy xatti-harakatlarga ham yо‘l ochishini nazarda tutadigan bо‘lsak, davlat oldida qanchalik murakkab vazifa turganligini anglash mumkin.
Tо‘rtinchidan, mamlakat iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishni о‘z zimmasiga olish darajasida qudratli, ayni vaqtda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etadigan xususiy sektorni shakllantirish ham davlat oldida turgan ulkan vazifalardan biridir.
Kо‘rinib turganidek, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari о‘ta murakkabligi bilan turli savollarni yuzaga keltiradi. Bu esa avvalo erkin bozor munosabatlari borasida yuzaga keladigan munozaralarga borib taqaladi. Fuqarolik jamiyati nuqtai nazaridan bozor sharoitida davlatning ahamiyati alohida e’tibor talab etadi.
Davlat hamisha mustaqil, qudratli institut bо‘lib, kichik tadbirkorlik subyektlaridan tortib yirik korxonalarga qadar bо‘lgan tuzilmalarni tashkil etadi. Albatta, jamiyat va davlatning birlamchiligi haqida gap ketganda albatta davlatning yetakchiligi e’tirof etiladi. О‘tish davrida faqat davlatgina ulkan islohotlarga bosh bо‘lgan holda jamiyatda tub burilish yasashga qodir.
Ba’zi mamlakatlarda erkin bozor iqtisodi shakllanish jarayonida davlatning ahamiyati pasayib xususiy soha ommabop bо‘la borgani sari, ijtimoiy tabaqalanish kuchaygani holda odamlarning aksariyati butunlay xususiy sohaga о‘tib ketishi rо‘y berganligi kuzatilgan. Xususiy sohaning о‘ta rivojlanib ketishini fuqarolik jamiyati sifatida talqin etish noо‘rin. Boshqacha aytganda, xususiy soha qanchalik rivoj topmasin, fuqarolik jamiyati institutlariga birlashgan holda о‘z manfaatlarini davlat oldida himoya qilish kо‘nikmasi shakllanmas ekan, bunday jamiyatni fuqarolik jamiyati deyish mumkin emas. Bundan tashqari, jamiyat a’zolarida aynan bozor qonuniyatlari negizida yangicha mohiyatga ega bо‘lgan umumiy kо‘nikmalar shakllanishi maqsadga muvofiq. О‘z manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyat yuritayotgan fuqaro davlat organlari oldida о‘ziga xos tarzda siyosat yuritadi. Bu ma’noda fuqaro о‘zining xudbin manfaatlari yо‘lida emas, balki jamiyatda kо‘pchilikni tashkil etgan xususiy mulkdorlar manfaatlarining ifodachisi sifatida maydonga chiqadi. Bu yerda fuqaroning siyosatchiligi uning professional ma’nodagi faoliyatidan emas, balki jamiyat manfaatlarini ifodalashga qaratilgan fuqarolik burchidan kelib chiqadi.
Ma’lumki fuqarolik jamiyati kishilarning umumiy maqsadlari va vazifalari borasida о‘zaro munosabatga kirishishlari va bu munosabatlarni tartibga solish zaruratidan vujudga kelgan hodisadir.U bozorqonuniyatlari tufayli ham emas, hokimiyatning buyrug‘i bilan ham emas, balki jamoatchilikning tashabbusi asosida, erkin fuqarolardan tashkil topgan turli guruh va birlashmalarning mustaqil faoliyati natijasi sifatida pishib yetilgan. Kishilar aynan ijtimoiy foydali faoliyat yuritish qobiliyatiga ega bо‘lganliklari uchun ham fuqaro deb nomlanishadi.
Fuqarolik jamiyati rivojida sо‘zsiz bozorning ham, davlatning ham ahamiyati yuksak bо‘lsa-da, ularni aralashtirib yuborish maqsadga muvofiq emas. Zero davlat fuqarolik jamiyatisiz ham mavjud bо‘la oladi, biroq fuqarolik jamiyati sharoitida davlat о‘zgacha kо‘rinish va usullarga ega bо‘lgan institut sifatida namoyon bо‘ladi.
Shundan kelib chiqqan holda ta’kidlash kerakki, bozor munosabatlariga о‘tish bilan fuqarolik jamiyatini barpo etish ikki xildagi masala bо‘lib, о‘z maqsad va vazifalari nuqtai nazaridan ular bir-biriga aynan mos kelmaydi. Avtoritar boshqaruv bilan ham bozor munosabatlariga о‘tish mumkin bо‘lsa, bunday boshqaruv usuli bilan fuqarolik jamiyatiga о‘tish aslo mumkin emas. Bu ikki vazifani bir-biri bilan aralashtirish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga ham, demokratlashtirish jarayoniga ham xalaqit beradi. Demokratik islohotlar hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni erkin bozor munosabatlariga о‘tish bilan umumlashtirish xudbinlikka yо‘g‘rilgan xususiy mulkchilik hissiyoti bilan fuqarolik hissiyotini aralashtirishni anglatadi. Aslida esa, bu masalada jiddiygina aniqlik talab etiladi. Har bir kishining xususiy mulkka egalik qilish huquqi, kо‘pgina hollarda xususiy mullka ega bо‘lishgina fuqarolik jamiyatini shakllantirishga asos bо‘ladi, deya tushuniladi. Aslida esa xususiy mulkka ega bо‘lmagan, ishchi kuchidan iborat aholi jamiyatning aksariyat qismini tashkil etadi. Demak, bu borada faqatgina xususiy mulk emas, balki mulkdor bо‘lmaganlarning manfaatlarini ifoda etuvchi fuqarolik jamiyati institutlarining mavjudligi ham fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini tashkil etadi. Xususiy hayotning mutlaqlashtirilishi nafaqat fuqarolik jamiyatiga tо‘sqinlik qiladi, balki avtoritar xarakterdagi boshqaruvga qaytishni taqozo qilaveradi.
Kо‘rinib turganidek, fuqarolik jamiyati mavjud bо‘lmagan holatda bozorda beshafqat qonunlar hukm surishi kuzatiladi. Korrupsiya domiga tortilgan davlat mansabdorlari kо‘pgina hollarda qonunbuzarliklarga qarshi kurashga bardosh bera olmay qoladi. Davlat bunday boshboshdoqlikka qarshi kurashga intilar ekan, odatda fuqarolik institutlaridan foydalanmaydi va qaytadan avtoritar usul hamda qog‘ozbozlikka duchor bо‘ladi. Bu esa bozor munosabatlarining kо‘psonli ishtirokchilarining faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Erkin bozor munosabatlariga о‘tishda kuchli hokimiyatga tayanish zarurligi haqida fikrlar mavjud. Kuchli hokimiyatning bozor munosabatlarini tartibga solishi turli talqinlarga ham sabab bо‘ladi. Zero, fuqarolik jamiyatida erkin bozor, siyosiy erkinliklar va demokratiya hamda jamiyatda yuzaga keladigan muammo va mojarolarni mustaqil sudlar vositasida hal etish nazarda tutiladi. Ma’lumki, bozorning erkinligi tabiiy ravishda yakkahokimlikka olib keladi va о‘z-о‘zini boshqarish qonuniyatini buzadi. Ba’zi mamlakatlarda bozorda yakkahokimlikka erishgan kompaniyalar davlat apparati bilan birlashgan holda fuqarolik jamiyatiga qarshi turishgan. Natijada bunday mamlakatlarda о‘tgan asrning birinchi yarmida sotsializmga nisbatan “yumshoqroq” bо‘lgan totalitar tizimlarning shakllanishi rо‘y bergan (Italiya, Germaniya). О‘z-о‘zini boshqarish qobiliyati kuchli bо‘lgan jamiyatlarda esa davlat fuqarolik jamiyati tarafiga о‘tib, yakkahokim kompaniyalarga qarshi harakat qilgan. G‘arbiy Yevropaning kо‘pgina mamlakatlari tarixidan ma’lum bо‘lishicha, erkin bozor munosabatlari sharoitida kо‘zga tashlangan boshboshdoqlikka barham berish zarurati davlat tomonidan anglab yetilgan. Natijada an’anaviy mazmundagi erkin bozor munosabatlariga barham berilgan va davlat rang-barang ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini himoya etish maqsadida, bozorni muvofiqlashtirish yо‘liga о‘tgan. Biroq, shuni alohida ta’kidlash kerakki, davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor muvaffaqiyatga erishishi uchun mamlakatda ilgaridan erkin bozor munosabatlari mavjud bо‘lgan bо‘lishi zarur. Boshqacha aytganda, erkin bozor munosabatlari tajribasini boshidan о‘tkazmagan, xususiy mullka asoslangan bozor sharoitida erkin raqobatga asoslangan tadbirkorlik an’ana va kо‘nikmalariga ega bо‘lmagan mamlakatlarda davlat tomonidan bozor tartibga solinadigan bо‘lsa, tom ma’nodagi bozor munosabatlarini rivojlantirish mushkul bо‘ladi. Bunday mamlakatlarda tom ma’nodagi iqtisodiy elitaning shakllanishi ehtimoli juda kam bо‘lib, iqtisodiy taraqqiyot tо‘laligicha davlatning zimmasida qolib ketadi. Bunday sharoitda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini о‘z yelkasiga oladigan mulkdorlar jamiyatning aksariyatini tashkil eta olmaydi. Uning о‘rniga davlat hokimiyati tomonidan boshqariladigan о‘ziga xos yarim erkin bozor munosabatlari shakllanadi.
Shunday qilib fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asosini xususiy mulkka tayanadigan kо‘p ukladli bozor iqtisodiyoti tashkil etadi. Shunday ekan fuqarolik jamiyatini barpo etishga intilgan har qanday mamlakatda о‘rta mulkdorlar qatlamini shakllantirish jarayonini jadallashtirish zarur. Zero, о‘tish davrida davlatning zimmasida bо‘lgan kо‘plab vazifalarni fuqarolik jamiyati rivojlanishi bilan aynan о‘rta qatlam о‘z zimmasiga oladi. Bu esa ixtiyoriy va kо‘ngilli uyushmalar yordamida rivojlanadigan, sog‘lom raqobatga tayanadigan bozor qadriyatlari ustuvor bо‘lgan tom ma’nodagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga asos bо‘ladi.



Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish