5-Mavzu:INTERFAOL METODLAR VA ULARNI
TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA QO’LLASH (4 soat)
REJA:
1.Interfaol ta’limning asosiy tamoyil, shakl va omillari.
2.Interfaol metodlar va ularning mohiyati.
3. Interfaol metodlardan namunalar.
Tayanch tushunchalar:
Interfaol ta’lim, tamoyil, shakl va omillar.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya
jarayonining
samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texno-logiyalarni qo‘llash borasida katta
tajriba asoslarini tashkil etuvchi me-todlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
1
Shu o‘rinda
“Interaktiv” dars metodini “interfaol” deb chala tarjimasini aytish mazmunan xato ekan-ligiga
e’tiboringizni qaratmoqchimiz. “Interaktiv” so‘zi qo‘shma so‘z bo‘-lib, agar tarjima qilish zarur
bo‘lsa, unda har bir so‘zni tarjima qilish kerak.
“Interaktiv” inglizcha “Interactive” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘zaro harakat va ta’sirlanish”
degan ma’noni anglatadi.
Interaktiv metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-munozarada
fikrlash
asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat
o‘quvchi-talabani musta-qil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
2
O‘qitishning interaktiv usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va
imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-mod-diy
sharoiti, ta’limning davomiyligi,
o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
Quyida o‘qitishning interaktiv metodlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
«Aqliy hujum» metodi
Keyingi paytda miya ish faoliyatining foydali ish koeffitsiyentini oshirishga mo‘ljallangan
turli xil metodlar ishlab chiqilmoqda. Vaholan-ki, mutaxassislarning fikricha,
miyaning bor-
yo‘g‘i 7% igina ishlar ekan, xolos. Miya faoliyatini faollashtiradigan ta’lim usullariga ijtimoiy
psixo-logik trening, sinektika,
autogen mashq, morfologik tahlil, rolli o‘yin, «aqliy hujum» va
boshqalar kiradi.
«Aqliy hujum» –
(brain storming)
inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, faol ta’limning,
boshqaruvning va tadqiqotning metodlaridan biri hisob-lanadi. Bu metod aqliy faollikni
qo‘zg‘atadi, ijodiy va innovatsion jara-yonlarni jadallashtiradi.
Bu metodning paydo bo‘lishi Ikkinchi Jahon urushida Yapon den-gizida xizmat qilgan
amerikalik mutaxassis A.Osborn bilan bog‘liq. Har-biy kemani
qanday qilib torpedolardan
himoya qilish mumkinligi masa-lasida kema Kengashi o‘tkaziladi. Kengash qoidasiga ko‘ra
hamma – yungadan tortib kapitangacha har qanday, hatto xayoliy va amalga oshi-rib
bo‘lmaydigan g‘oyalarni ham aytaversa bo‘lardi, har qanday takliflar yozilib borildi.
Matroslardan biri shunday fikrni ilgari surdi: “Torpedoni sezib qolsam,
men butun jamoani
bortga tizardim-da, torpedoga qarab puflashni buyurardim”. G‘oyani eshitib, hamma kulib
yubordi, hatto shu g‘oya ham yozildi. Muhokama paytida bu g‘oya qaytadan ishlab chiqildi va
suvning kuchli oqimidan foydalanishga qaror qilindi. Suv nasosdan otilayotgan oqim yordamida
torpedoga urildi va u to‘xtatildi. Bir qa-rashda kulgili tuyulgan g‘oya masalani hal qildi-qo‘ydi.
50-yillarning oxiriga kelib amerikalik psixolog A.Osborn o‘zi ish-layotgan universitetda
“Aqliy hujum” metodini kutilmagan g‘oya va tak-liflar to‘plash va murakkab bo‘lgan
masalalarni yechish usuli sifatida targ‘ib qila boshladi.
1
Qаrаng: Tоlipоv O‘.Q. Usmоnbоyevа M. Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning tаtbiqiy аsоslаri. –T.: «Fаn»,
2006, 150 bеt
2
Аsrаnоv S. Yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr vа ulаrning imkоniyatlаri. Zаmоnаviy
pеdаgоgik
tехnоlоgiyalаrning tаshkiliy vа ilmiy-mеtоdik muаmmоlаri. Ilmiy-аmаliy аnjumаn mаtеriаllаri
to‘plаmi. –T.: 2005, 41-bеt.
Ijodiy faollikning va mahsuldorlikning stimulatori hisoblangan «Aq-liy hujum» metodi
asosan yangi, original fikrlarning tug‘ilishiga qarshi-lik ko‘rsatuvchi tanqidiy muhitning yo‘qligi
deb atalgan psixologik me-xanizmga tayanadi. Bunday muhitda hech qanday fikr tanqid
qilinmaydi, noto‘g‘ri fikr aytishdan qo‘rqilmaydi, hech kimning ustidan kulinmaydi.
Shunday qilib, “Aqliy hujum”
metodi dastlab AQSh, Angliya, Fran-siyada so‘ngra
Yaponiyada ishlatildi. 70-yillardan boshlab Rossiyada, 90-yillardan boshlab esa O‘zbekistonda
ishlatila boshlandi.
“Aqliy hujum” metodining asosiy qoidalari quyidagicha: