Hayvonlar haqidagi ertaklar. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo‘lib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari ifodalangan. Keyinchalik hayvonlar haqidagi ertaklarning bir qismi o‘z ma’nosini yo‘qotib, ko‘chma ma’no kasb etdi – majoziy ertaklarga aylandi, ya’ni ba’zi qo‘y, buzoq va echki singari hayvonlar orqali tadbirkor kishilar, bo‘ri, tulki orqali ochko‘z, yovuz, aldamchi, makkor kishilar obrazlari berilla boshladi.
Sehrli ertaklar. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo‘lib, ildizi boshlang‘ich jamiyatga borib etadi. Ma’lumki, ibtidoiy inson noma’lum bo‘lib ko‘ringan tabiat hodisalari oldida talvasaga tushgan. Har qadamda uchraydigan xavf-xatarlar uning ruhiga ta’sir etgan. Ana shular dunyo haqida yuzaki mulohaza yuritishga va g‘ayri tabiiy bo‘lib ko‘ringan hodisalarni o‘zicha izohlashga majbur qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |