B2C biznes-modelining yaratilish xususiyatlari
B2C andozasidan korxona o‘z mahsulot va xizmatlarini bevosita yakuniy iste’molchiga sotayotganida foydalaniladi. Konseptual nuqtai nazardan bu andoza oldingiga nisbatan aniqroq va keng omma uchun tushunarliroq, shuning uchun ham hozirda u ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p tarqalgan. Bu andoza doirasida ishlaydigan yirik korxonalarga misol bo‘lib, Amazon.com hisoblanishi mumkin, u dunyo bo‘yicha 30 mln.dan ortiq mijozga ega bo‘lgan, kitoblarni ulgurji sotuvi bilan shug‘ullanuvchi amerika firmasi. O‘z faoliyatini kengaytirish jarayonida Amazon.com dunyoning istalgan mamlakatidagi iste’molchilarga mahsulot yetkazib berishni ta’minlaydigan sotuv tarmog‘ining yangi andozasini yaratdi.
B2B va B2S orasida prinsipial farq mavjud. Buni quyidagi jadvalda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |