Elektr zanjiri sxemasining shoxobchasi deb zanjirning shunday qismiga aytiladiki, uning ixtiyoriy bo‘lagida tokning miqdori doimo bir xil bo‘ladi.
Shoxobcha tarkibida ixtiyoriy miqdordagi ketma-ket ulangan qarshilik, kondensator, induktivlik elementlari, EYuK manbalari bo‘lishi mumkin. Bunga misol sifatida 10-rasmni keltirish mumkin. Unda sxemaning d nuqtasidan c nuqtasiga L1, r1 , e va r2 elementlari bo‘ylab yursak, shu elementlarning har biridan bir xil tok oqishini ko‘ramiz. Demak, sxemaning d - L1 - r1 - e - r2 - s bo‘lagi shoxobcha ekan. Shu ds oraliqni s – C – r3 – d bo‘ylab yursak, yani bir shoxobchani ko‘ramiz. Ushbu sxemada yana c – r4 – f, f -r6 - h, q - L2 - r7 – h va d - r5 – h shoxobchalar ham mavjud. Demak, har bir shoxobchadagi elementlar o‘zaro ketma-ket ulangan ekan.
10-rasm
Bunda elektr zanjiri qismlarining ketma-ket ulangani deb shunday ulanishiga aytiladiki, unda zanjir shu bo‘lagining har bir qismidan oqayotgan tok bir biriga teng bo‘ladi.
Ketma-ket ulangan elementlarga misol sifatida 16-rasmda keltirilgan sxemalarni ko‘rib chiqaylik. Unda a – b oraliqda r1, C va r2 elementlari ketma-ket ulangan (11,a-rasm); bunda uchchala elementning toklari ir1 = iC = ir2 o‘zaro teng. Ikkinchi shoxobchada esa c va d nuqtalari orasida r va L elementlari ketma-ket ulangan va ir = iL (16,b-rasm).
11-rasm
Elektr zanjirining tugunlari deb shoxobchalarning ulangan nuqtalariga aytiladi. Tugun elektr sxemasida nuqta bilan belgilanadi. Misol sifatida 15-rasmdagi sxemani ko‘rish mumkin. Undagi c, d, f, va h nuqtalar tugun deyiladi.
Elektr zanjiri (elementlari) shoxodchalarining parallel ulanishi deb shunday ulanishga aytiladiki, unda barcha (elementlar) shoxobchalar zanjirning bir juft tugunlariga ulanadi va barcha (elementlar) shoxobchalardagi kuchlanishlar bir xil bo‘ladi. Parallel ulangan shoxobchalarga 10-rasm sxemasida f–h va q-h qismlari misol bo‘laoladi.
Shoxobchalari (elementlari) aralash ulangan elektr zanjirida ketma-ket va parallel ulanishlar birgalikda bajariladi, ya’ni sxemaning bir qismi parallel, boshqa qismi ketma-ket ulanadi.
Aralash ulangan zanjir uchun 10-rasmdagi sxema misol bo‘la oladi. Unda ketma-ket ulangan r7 qarshilik va L2 induktivlik f va h nuqtalarda r6 qarshilikka parallel ulanadi. Ular, o‘z navbatida, qo‘shilib, natijaviy qarshilik hosil qiladi va r4 va r5 qarshiliklarga ketma-ket ulanadi. O‘z navbatida, ular natijaviy qarshilikni hosil qilib, r4 va r5 qarshiliklarga qo‘shilib, ketma-ket ulangan S va r3 shoxobchaga s va d nuqtalarda parallel ulanadi.
Elektr zanjirini tekislikda sxema shaklida kesishmaydigan shoxobchalar yordamida tasvirlash mumkin bo‘lsa, unda yassi (planar) elektr zanjiri deyiladi. Bunga misol sifatida 17-rasmda tasvirlangan elektr zanjiri sxemasini keltirish mumkin. Bu sxemaning shtrixli qismini rasmdan olib tashlasak, planar zanjiri hosil bo‘ladi. Sxema kesishgan shoxobchalar yordamida tasvirlansa, unda yassi bo‘lmagan (noplanar) elektr zanjiri deyiladi. Unga misol bo‘lib shu rasmdagi sxema shtrixli elementlari bilan xizmat qilaoladi.
12-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |