5-Mavzu: Ekologik ekspertiza munosabatlari qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Reja



Download 83,5 Kb.
bet4/7
Sana12.05.2020
Hajmi83,5 Kb.
#48980
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu

Davlat ekologik ekspertizasi

Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish O’zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslarini muhofaza qilishni davlat yo’li bilan tartibga solishning asosiy vositalaridan biridir. U xo’jalik qarori qabul qilinishidan oldin o’tkazilishi shart bo’lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiri bo’lib, uning asosiy maqsadi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish sohasida ogohlantiruvchi nazoratni amalga oishirishdan iboratdir. Davlat ekologik ekspertizasi mo’ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatning ekologik jihatdan xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish qonunlarining talablariga muvofiqligini baholash, loyihalarida nazarda tutilayotgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining yetarli yoki asosli ekanligini aniqlash maqsadlarida o’tkaziladi.

Ishlab chiqarish-xo’jalik va boshqa faoliyatning davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatini ro’yobga chiqarishga, ob’ektlarni hududiy joylashtirishga ruhsat va rozilik berishi hisoblanadi.

Davlat ekologik ekspertizasining ob’ekti O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq tayyorlangan xujjatlar va xujjatlashtirish ishlari hisoblanadi. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda xujjatlashtirish ishlari, qoida tariqasida, ekologik ekspertizaga qabul qilinmaydi.



O’zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to’g’risida» qonuniga muvofiq quyidagi ob’ektlarni ekologik ekspertizadan o’tkazish majburiydir (11-modda):

  • davlat dasturining, kontseptsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;

  • barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;

  • loyihaoldi va loyiha xujjatlari;

  • tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq xo’jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo’riqnoma uslubiy xujjatlarning loyihalari;

  • texnika texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir xujjatlar;

  • atrof tabiiy muhit xolatiga va fuqarolar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar;

  • keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o’tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari;

  • shaharsozlik xujjatlarining barcha turlari;

  • maxsus xuquqiy rejimli ob’ektlar.

Davlat ekologik ekspertizasining asosiy yo’nalishlarini quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:

  1. O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish kuchlari xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanish va joylashishining loyiha oldi materiallarining ekspertizasi. Masalan shaharlarning planirovkasi va imorat qurilishi bo’yicha loyihalari ekspertizasida suvni tozalash, atmosferani muhofazalash va boshqalar bo’yicha normativ talablarga amal qilishga erishish kerak.

  2. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadi dasturlarining loyiha oldi materiallarining, shuningdek yer, suv, biologik resurslar, foydali qazilmalardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarining ekspertizasi. Masalan, aholi yashash manzillari planirovkasi va imorat qurilishida aholi yashash joylari shunday joylashishi kerakki, unda zararli omillarning aholi salomatligi va sanitariya-mahishiy sharoitlarga ta’siri maksimal darajada kamayishi kerak.

  3. Ekologik ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektlar yoki tabiatdan foydalanishga ta’sir ko’rsatadigan ob’ektlar. Aholining ekologik xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yangi texnika, materiallar, moddalarni qonun talablariga ko’ra ishlab chiqarishga ruhsat berilmaydi. SHunga ko’ra sanoat maxsulotlari, mashinalar tabiat muhofazasi normalari va qoidalari talablariga mos kelishini aniqlash uchun ekspertizadan o’tkaziladi.

Davlat ekologik ekspertizasini O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan tuzilgan ekspertlar guruhi yoki komissiyasi o’tkazadi. Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo’yicha ekspertiza xulosasi tuziladi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi rasmiy davlat xujjati bo’lib, unda davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro’yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to’g’risidagi xulosalar bayon qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi quyidagilarni tasdiqlovchi xujjat hisoblanadi: asoslovchi xujjatlarni tayyorlashda ekologik talablarga amal qilinishi; ro’yobga chiqariladigan ob’ektning ekologik sharoitlari kafolatlanganligini; ro’yobga chiqariladigan ob’ektni moliyalashtirish imkoniyatining ochilganligini bildiradi.

Davlat ekologik ekspertizassining davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro’yobga chiqarish mumkin emasligi to’g’risidagi xulosasi bo’lgan taqdirda, xulosada ko’rsatilgan taklifga ko’ra loyiha maromiga yetkazilishini ta’minlash hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etish lozim.

Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini moliyalash va ro’yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir.


Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish