5-Mavzu: Disksimon tirmalarni ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish.
Disksimon qurollarTuproqqa ishlov berishning zamonaviy texnologiyalarida disksimon rotatsion ishchi qismga ega bo‘lgan tirma, sayoz yumshatkich (lushilnik) va pluglar muhim o‘rin egallaydi.Disksimon tirmalar (71- rasm) har bir diskka tushadigan og‘irlikka qarab botqoqbop (450-600 N), dalabop (180-350 N) va bog‘bop (180-450 N) turlarga bo‘linadi. Dalabop tirmalar serildiz, serkesakli shudgor tuprog‘ini 10 sm chuqurlikkacha maydalab,130yumshatish, ang‘izli yer yuzasini yumshatish, o‘tloq yerlar tuproq qatlamini deyarli ag‘darmasdan yumshatish uchun ishlatiladi.Disksimon qurolning kesaklari maydalab yumshatish qobili- yati boshqa mashinalardan ustun turadi. Shu sababli, disksimon qurollardan g‘alla o‘rimidan keyin yozda haydalgan serkesak yer- larga ishlov berish samarali bo‘ladi. Disksimon ishchi qismlarning ko‘p afzalliklari bo‘lganligi tufayli ular keng tarqalgan. Lemex va kultivator tishlariga nisbatan diskning tig‘i uzunroq bo‘lib, tez yeyilmaydi va chidamlidir. Disk sodda tuzilgan bo‘lib, tuproqqa botish chuqurligini oson sozlash mumkin. Disklar oralig‘i o‘simlik qoldiqlari bilan tiqilib qolmaydi. Disksimon ishchi qismi tuproq bilan tishlashi hisobiga o‘z-o‘zidan aylanma harakatga keladi. Aylanayotgan diskka ilashib yuqoriga ko‘tarilayotgan tuproq zarrachalari har xil tezlikka ega bo‘lishi natijasida turli trayektoriya bo‘ylab harakatlanib, o‘zaro yaxshi aralashadi. Eng muhimi, disklar tuproq tubini zichlamaydi. Ang‘izli va o‘simlik qoldiqlari ko‘p bo‘lgan yerlarga disk bilan ishlov berilsa, ularni kesib maydalab ketish sifatli bo‘ladi.Botqoqbop diskli tirma og‘ir bo‘lganligi tufayli tuproqqa kuchli ta’sir etadi. U shudgorlangan qo‘riq yerlardagi serildiz tuproq palaxsalarini maydalash, ang‘izdagi o‘simlik qoldiqlari hamda sochilgan go‘ngni tuproqqa 20 sm chuqurlikkacha ko‘mish uchun ishlatiladi.Dalabop tirmaning ishchi qismi sferik disk shakliga (diametri 450-510 mm) ega. Botqoqbop tirma sferik diskining (diametri 600 mm) chetida o‘yiqlari bo‘ladi. Bu o‘yiqlar tufayli dala yuzasidagi yo‘g‘on poyalarni disk qisib oladi va to‘la-to‘kis kesib ketadi.Ko‘ndalang kesimi kvadrat shakliga ega bo‘lgan o‘q (5) ga bir nechta disk (6) lar kiydirilib, yagona batareya tuziladi. Disklarni kerakli oraliqda ushlab turish uchun ularning orasiga kergich (7) lar o‘rnatiladi.Batareyalar tirma ramasiga ikki qator qilib o‘rnatiladi. Birinchi qatordagi disklar tuproqni yon tomonga sursa, ikkinchi qatordagilari, aksincha, o‘rtaga suradi. Birinchi va ikkinchi qatordagi disklar alohida-alohida iz qoldiradi. Disk, agregatning harakat yo‘nalishi V ga nisbatan a - hujum burchagi ostida131qo‘yiladi. Hujum burchagini 10°-25° oralig‘ida o‘zgartirib, disklarning yerga botish chuqurligini, tuproqni yon tomonga surish darajasini o‘zgartirish mumkin. Nam va yengil tuproqqa ishlov berishda a kamroq, quruq va og‘ir tuproqda ko‘proq qo‘yiladi.
71-rasm. Disksimon tirmalar:a - disklar batareyalarini joylashtirish; b - bog‘bot tirmani daraxtlar qatoridan chiqarish mexanizmi; d, e -yaxlit va o‘yiqdisklar.
Oldinga sudralayotgan tirmaning disklari, tuproq bilan tish- lashishi hisobiga, aylanma harakatga keladi. Disk tuproq palax- sasini kesib olib, ichki sferik sirti bo‘ylab ko‘taradi. Ko‘tarilgan tuproq muayyan balandlikdan yon tomonga irg‘itiladi. Natijada, tuproq maydalanadi, qisman ag‘dariladi va aralashtiriladi. Hujum burchagi ko‘proq qo‘yilsa, disklar chuqurroq botib, tuproqni kuchliroq maydalaydi. Disklarning tuproqqa botishini ko‘paytirish uchun tirma ramasiga ballast yuk qo‘yish ham mumkin. Shunda, disklar oralig‘iga tishli tirmaga nisbatan, kesak va o‘simlik qoldiqlari kamroq tiqilib qoladi. Yirik va quruq kesaklarni to‘la-132to‘kis maydalaydi, yo‘g‘on ildizlar ustidan dumalab o‘tib, ingichkalarini esa oson kesib ketadi.Bog‘bop disksimon tirma mevali daraxtlar qator oralig‘ini 15 sm chuqurlikkacha yumshatish va begona o‘tlarni qirqib tashlash uchun ishlatiladi. Bog‘bop tirma ramasiga batareyalarni nosimmetrik joylashtirilishi va traktorning o‘ng tomoniga surib tirkalishi bilan dalabop tirmadan farq qiladi.Diksimon sayoz yumshatkichlar (lushchilnik) yerni 4-10 sm chuqurlikda sayoz yumshatish uchun ishlatiladi. Natijada, tuproqdagi namlik saqlanib, ekin qoldiqlari maydalanib tuproqqa ko‘miladi, begona o‘tlarning unib chiqishiga sharoit yaratilib, provokatsiya qilinadi. O‘sib chiqqan begona o‘tlar, keyinchalik yerni plug bilan shudgorlashda to‘liqroq yo‘qotiladi va sayoz yumshatilgan yerni shudgorlashda plugning sudrashga qarshiligi kamayadi.Disksimon qurolning kesaklarni maydalash qobiliyati boshqalarga qaraganda ko'proq bo'lishini unutmaslik kerak.Sayoz yumshatkichlarda disksimon yoki lemexli ishchi qismlar ishlatiladi. Uning disksimon ishchi qismi sifatida diametri 450 mm bo‘lgan sferik disklar, lemexli qism sifatida qamrov kengligi 25 sm bo‘lgan ag‘dargichli plug korpusi ishlatiladi. Sferik disklar 30-35° li hujum burchagi ostida qo‘yilib ishlatiladi. Ildiz poyali begona o‘tlar ko‘p tarqalgan, g‘alladan bo‘shagan dalalarga disksimon sayoz yumshatkich bilan ishlov berish yaxshi natija beradi. Disksimon ishchi qismlar o‘ta keng tarqalgan bo‘lib, ular pluglar, sayoz yumshatkichlar, tirmalar, kultivatorlar, seyalka va boshqa qurollarda ishlatiladi.Oddiy diskka uchragan A poya (o‘simlik qoldig‘i) uning tig‘i bilan yer yuzasi orasida siqilib to‘xtamasa, kesilib maydalanmaydi (72- a rasm). Bu shartni bajarish uchun S burchagini miqdori, д<ф1+ф2 bo‘lishi (bu yerda, ^1 - poyaning disk tig‘i bilan ishqalanish burchagi; ф2 - poyaning yer yuzasi bilan ishqalanish burchagi) kerak. Ammo diskning tuproqqa botish chuqurligi a qancha ko‘p bo‘lsa, 5 burchagi shuncha katta bo‘ladi va ko‘pincha,133д<ф1+ф2 sharti bajarilmay qoladi. Natijada, diskning poyaga ta’sir kuchi R ning yo‘nalishi poyani ilgari tomonga surishga, ya’ni uni kesishni qiyinlashtirishga olib keladi. Disk chetlarining o‘yiq joyidagi tig‘ning P kuchi ta’sirida, A poyasi pastga, tuproqqa qarab suriladi (72-b rasm). Natijada, poya siqilib to‘xtaydi va poyani kesish uchun sharoit tug‘iladi.72-rasm. Disksimon ishchi qism bilan ildizpoyani kesilishi. a-oddiy disk bilan;b - o‘yiq disk bilan.Disklarning asosiy parametrlari. Sferik diskning asosiy parametrlariga uning diametri D, egrilik radiusi r, qalinligi 5 va tig‘ning o‘tkirlanish burchagi i lar kiradi
(73- rasm). Yassi diskning egrilik radiusi r ni cheksiz katta deb qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |