Donishmandlik Bu buddizmning asosiy maqsadi bo`lib, narsalar tabiatini to`g’ri tushunishdan iborat. YUqorida ko`rsatilgan uch amaliyot bosqichini o`tagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, ya`ni nirvana holatiga erishadi.
Nirvana so`zining lug’aviy ma`nosi – «o`chish, so`nish».
Buddizm keng tarqaldi Mil. av. 273-232 yillarda hukmronlik qilgan imperator Ashoka davrida buddizm keng hududlarga jadal tarqaldi. Buddizm tarqaldi Xitoy-I asrda Koreya-IV asrda Yaponiya-VI asrda Tibet-VII asrda Mongoliya-XIII-XVI asrlarda Buryatiya va Tuva-XVII-XVIII asrlarda Amerika va Evropa-XIX-XX asrlarda Buddizm boshqa xudolarga sig’inishni taqiqlamaydi. - Hindistonning buddizmga mansub ilohiyatlari dunyoni yaratuvchi Braxma, chaqmoq va momoqaldiroq xudosi Indra, hunarmandchilar homiysi Xatimanu,
- Tibetda qahramon Baser timsoli,
- Mongoliyada CHingizxon kabi milliy qahramonlar buddizm ilohiyatlari timsoliga aylandi.
Buddizmning O’rta Osiyoda tarqalishi Bir guruh tadqiqotchilar mazkur din O`rta Osiyoga kirib kelishini Kushonlar shohi Kanishka hukmronligi davriga taalluqli deb biladilar (I asrning oxiri-II asrning boshlari). Ikkinchi guruh esa bu jarayonning boshlanishini biroz ertaroq deb hisoblaydilar. Tadqiqotchi B.A. Litvinskiyning fikricha, buddizm SHimoli-G’arbiy Hindiston va Janubiy Afg’oniston (Qandahor) orqali taxminan mil. av. III asrda Baqtriyaga (O`zbekistonning janubiy hududlari) tarqala boshlagan. Hozirgi Termizdagi Qora-tepa, Fayoz-tepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O`rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Buddizm dini manbasi
TRIPITAKA
(yoki Tipitaka –
«uch savat»
ma`nosini anglatadi).
Tripitaka uch qismdan iborat
Budda targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari – Sutra-pitaka
Buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilgan abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitaka
Rohiblik axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari – Vinaya-pitaka
Xulosa - dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan;
- buddaviylik ta’limoti o’z ichiga 4 oliy haqiqatni oladi;
- Buddaviylik dinining muqaddas manbasi “Tripitaka”;
- O’rta Osiyo ahoisining zardushtiylik dinidan so’ng asosiy e’tiqodi bo’lgan, bu haqda hududdan topilgan budda haykallari ham dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |