4-topshiriq. Matnni o’qing. Matnga munosabat bildirib so’zlab bering.
Kasbiy nutq maqsad yo‘nalishlari xususida gap borar ekan, uning yana bir muhim jihati e’tiborga loyiq. Ma’lumki, nutq orqali inson oʽzi uchun zarur boʻlgan obroʻ-e’tibor qozonadi, ijtimoiy mavqeini oshiradi. "Odamning qimmati - soʽzida", deya bejiz aytmagan xalqimiz. "...Biz odatda e’tibor qilmagan kishi suHango‘yligi bilan bizni rom etishi mumkin. Aql jismga jon ato etishi bilan barcha, muayyan ma’noda uni yangilaydi ham; bir-birini quvib, almashib kelayotgan tuygʻu va fikrlar yuzni jonlantiradi va unga u yoki bu ifoda beradi; aqlli nutq odamga diqqatni uzoq vaqt bogʻlab qoʻyadi". (Jan Jak Russo).
Rahbar (siyosiy arbob, muassasa yoki korxona rahbari vash.k.) xalq, omma, jamoa diqqat markazida boʻlib, shu makonda hurmat qozonib yetakchilikka erishadi. Rahbarlikni sharaf bilan ado etmoq uchun, kishi oʽzi rahbarlik qiladigan sohani bilishigina emas, balki yana bir qator sifat va fazilatlarga ega boʻlmogʻi kerak. Ular ichida avvalo til va nutq imkoniyatlarini ishga sola bilishni ajratib koʻrsatish darkor.
Demokratik islohotlar yoʻlidan borayotgan Oʻzbekistonda shaxs, shaxs tafakkuri jamiyatning asosiy jihatiga aylanib bormoqda. Qurilajak jamiyatning bu xususiyatlari rahbar ongida ham oʽz aksini topmogʻi lozim. Zamonaviy rahbar qolip vazifasini o‘taydigan namuna emas, balki oʽzgalar tushunishga intilgan shaxs sifatida namoyon boʻladi. Nafaqat uning oʽzi, balki u muloqotga kirishgan odamlarning har biri ham betakror individuallikka, oʽz soʽzi va fikriga ega boʻlgan shaxslardir. Bunday sharoitda avtoritarlik emas, Shaxsiy hurmat-e’tiborgina ish berishi mumkin. Bu borada Kaykovus bergan ogit oʽz ahamiyatini yo‘qotmagan:
"...Soʽzning ikki yuzi bordur. Biri xo‘b va biri zisht. Har soʽzni xaloyiqqa zohir qilsang, yaxshi yuz bila zohir qil, toki maqbul boʻlsin va xaloyiq sening soʽz bila baland martabaga egaligʻingni bilsunlar".
R
"Koʻngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin soʽz bil"
ahbar ommaga, jamoaga oʽz fikrlari, nuqtai nazarini yetkazishga harakat qilar ekan, muhim sinovdan o‘tadi, zero, rahbar hukmu qarori oʽzgalarning taqdiriga ta’sir oʻtkazadi. Shu ma’noda omma (jamoa) muayyan ma’noda rahbarning muxolifi hamdir. Odamlar rahbarning yoʻl qoʻygan xatosiga, noto‘gʻri soʽziga darhol munosabat bildiradilar.
deydi hazrat Navoiy. Nutqda xato qilmaslikning choralaridan biri chin soʽzni aytish. Shunda soʽz tinglovchi qalbi qulfini ochuvchi kalitga aylanadi, odamlarni inontiradi, zero, "Tiling bila ko‘nglungni bir tut, ko‘ngliyu tili bir kishi aytqan soʽzga but".
Do'stlaringiz bilan baham: |