Muammo — ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan, lekin bilinishi va hal qilinishi lozim bo’lgan bilim shaklidir. Muammo, odatda,tadqiqotchining biror bilish obektiga oid yangi dalillarni to’plagan, lekin bu dalillarni mavjud bilimlari bilan izohlashi mumkin bo’lmaganda, bu dalillar eski bilimlar tizimiga sig’may, o’zlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tug’iladi. Muammoning tug’ilishi va qoyilishi ilmiy bilish jarayonining eng muhim momentlaridan biridir. Muammoni aniqlash — ilmiy bilishda ishning yarmini hal qilish demakdir.
Kundalik hayotda muammoni, ko’pincha, savol yoki biror masala bilan aralashtirib qo’llashadi. Ilmiy bilishning shakli sifatida, muammo savol va masaladan farq qiiadi. Xususan, savolga javob berish yoki masalani yechish doimo oldingi bilim asosida amalga oshadi. Muammoni esa oldingi hosil qilingan bilimlar doirasida turib hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun yangi dalillar, ma’lumotlar to’plash, ularni yangicha izohlash, shu paytgacha mavjud bo’lgan eski bilim doirasidan chiqish talab qilinadi.
Muammolar ham g’oyalar kabi, haqiqiy va soxta (yolg’on) muammolardan iborat bo’ladi. Haqiqiy muammolar ilmiy dalil va fanlaming qonunlaridan kelib chiqsa, soxta muammolar ilmiy dalillar va fan qonunlariga zid keladi.
Ilmiy bilish jarayonida muammolarni hal qilishda ko’plab gipoteza (faraz)laming paydo bo ‘lishi mumkin.
Gipoteza — tekshirilayotgan predmet yoki hodisa to’g’risida ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy dalil va ma’lumotlarga zid bo’Imagan, lekin haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir.
Ilmiy bilish jarayonida vujudga kelgan gipotezalar bir-birini to’ldiruvchi, bir- biriga zid, bir-biriga qarama-qarshi, bir-birini inkor qiluvchi gipotezalar bo’lishi mumkin. Umuman olganda, ilmiy bilishning rivojlanishi — gipotezalarning paydo bo’lishi, ulaming isbotlanishi yoki rad qilinishi va yana yangi gipotezalarning paydo bo’lishi asosida sodir bo’ladi.
Nazariya — ilmiy bilishning eng yuqori shaklidir.
Nazariya deyilganda haqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror sohasiga oid g’oya!ar, qarashlar, qonunlar va prinsiplarning muayyan tizimi tushuniladi. Nazariya fan sohasiga oid bo’lib, ma’lum bilimlarning umumlashtirilishi asosida paydo bo’ladi. Ilmiy bilishda nazariyaning asosiy vazifasi amaliyot bergan yangi dalillarni izohlash, o’rganilayotgan predmet yoki hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirish, roy beradigan voqea va hodisalarni oldindan ko’ra olishdan iboratdir. Har qanday nazariya ma’lum sohadagi ilmiy bilimlarning so’nggi natijasi, lekin uni hech qachon tugallangan, o’zgarmas, absolut bilim, deb qaramaslik kerak. Chunki, har bir nazariya faqat u yoki bu gipotezaning akti asosidagi isboti boMmay, balki uzluksiz o’rin almashib, chinligi aniqlanib boruvchi juda ko’p va cheksiz gipotezalarning natijasidir. Shu sababli nazariya ham doimo rivojlanib borib, uning mazmuni mutlaq va nisbiy haqiqatlarning birligidan iborat bo’ladi.
Insonning kundalik amaliy faoliyati hamisha ma’lum rejaga, mo’ljalga asoslangani kabi,tadqiqotchining ilmiy izlanish va tadqiqotlari ham doimo ilmiy bashorat bilan bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |